ijtimoiylashuv mexanizmlari, ijtimoiylashuv omillari.
Ijtimoiy pedagogika tushunchasining mohiyati
Sotsiologiya fani jamiyatning o`zini-o`zi anglashida qudratli vositadir. qaysi
jamiyatda sotsiologiya kuchliroq rivojlansa, bu mana shu jamiyatning o`zini to`laroq
anglayotgani alomatidir. Sotsiologiya fani inson xulq-atvorini tushunishning aniq va
favqulodda yorqin istiqbolini ochadi. Sotsioloyani o`rganar ekanmiz, dunyoga o`zimiz
berayotgan talqindan hayotimizni shakllantirayotgan ijtimoiy ta'sirlarga nazar tashlash
uchun yuqoriroq o`qtariladi.
Sotsiologiya fani jamiyat va undagi insonlararo, insonlar va ijtimoiy institutlararo
munosabatlar haqidagi fan sifatida pedagogika faniga juda katta material tayyorlab
beradi.
Jamiyat tarbiyasi bu ijtimoiy tarbiya deganidir. Ijtimoiy tarbiya muammolari bilan
esa ijtimoiy pedagogika (lat. Socium-jamiyat) shug`ullanadi. Sotsiologiya- insonning
ijtimoiy turmushini o`rganish, guruh va jamiyatni o`rganishdir.
173
Ijtimoiy mavjudot bo`lgan odamlarning xulq-atvori- uning predmetidir.
Sotsiologiyaning faoliyat maydoni keng bo`lib, u ko`chada individlarning tasodifiy
to`qnashuvlaridan to global ijtimoiy jarayonlarni tadqiq qilishgacha bo`lgan sohalarni
qamrab oladi.
Sotsiologiya bizga o`zimiz haqimizda, o`zimiz yashayotgan jamiyat haqida,
shuningdek makon va zamonda bizdan uzoq bo`lgan jamiyatlar haqida bilim olish
imkonini beradi.
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi ta’rifi bir qator baxs-munozaralarga sabab
bo’lmoqda. YAxshi ma’lumki, har qanday fan inson bilimi sohasi sifatida nazariya va
amaliyotning birligi sifatida faoliyat yuritadi. Bu ikki soha doimo bir-birini to’ldirib
kelishadi va voqelikning mukammallashuviga o’z ta’sirini ko’rsatishadi. Demak, biz
ijtimoiy pedagogikani ham fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida o’rganishimiz lozim.
Bundan tashqari ijtimoiy pedagogika ko’pgina boshqa fanlar (falsafa, matematika,
biologiya) kabi o’quv fani bo’lib ham xizmat qilishi mumkin.
O’zbekiston qadimiy tarix va pedagogik an’analarga ega davlat bo’lgani uchun
qadimdan ijtimoiy pedagogika fanining SHarq mutafakkirlari va diniy arboblar
asarlarida rivojlanishi asoslari mavjuddir. XIX asrda o’zbek ma’rifatparvarlari, XX
asrdagi novator pedagoglarning ijtimoiy tarbiya sohasidagi faoliyati ijtimoiy bilimlar
uchun boy materialni tashkil qiladi. Biroq ma’lum bir davrda ijtimoiy pedagogikaning
MDH hududidagi tadrijiy rivojlanishi to’xtatib qo’shildi. bu ish avvaliga inqilobgacha
bo’lgan davrda pedagogikadan voz kechish, so’ngra ijtimoiy muammolarni ma’lum
qilmaslik siyosati bilan amalga oshirilgan bo’lsa, ana shu asosdan kelib chiqib, aytish
mumkinki, ijtimoiy pedagogika ilmiy nazariy bilimlar va ijtimoiy –pedagogik faoliyatini
o’rganadi, keyinchalik unga burjuaziya fani sifatida qaralgan. Ijtimoiy pedagogikaning
tiklanishi faqatgina XX asrning 90-yillarida ro’y berdi. Uning qayta “tug’ulishi”
ijtimoiy pedagoglarning zamonaviy sharoitlardagi faoliyatlarida, amaliyotda ijtimoiy
pedagogika fanining yutuqlaridan foydalanish zaruriyati tug’ilgani bilan izohlanadi. Bu
yerda davlat va jamiyatning faoliyat yuritishining yangi tamoyillari-bozor iqtisodiyoti,
raqobat, byudjetdan pul ajratishni kamaytirish, dunyo hamjamiyatiga kirish, iqtisodiy
holatning barqarorligi nazarda tutilmoqda. SHu bilan birga ijtimoiy hayotni
demokratiyalashtirish, jahon hamjamiyatiga kirish aholining kam ta’minlangan
qatlamlariga e’tiborni yanada kuchaytirishni talab qiladi. Biroq bundan avvalgi davrning
nazariya va amaliyotining tizimlashtirilmog’ini bu ikki soha bir-biridan alohida ravishda
rivojlanishiga sabab bo’ldi va ijtimoiy pedagogika fan sifatida shakllanishiga ta’sirini
ko’rsatdi. Natijada bugunda ilmning bu sohasini to’liq qamrab oluvchi ta’rif mavjud
emas.
Masalan, YU.V.Vasilkova bu fanni “alohida shaxs va guruhni tarbiyalash va o’qitish
nazariya va amaliyoti” deb ta’kidlaydi.
A.V.Mudrikning fikricha ijtimoiy pedagogika-“barcha yosh guruhlar va ijtimoiy
toifalarni ijtimoiy tarbiyasini o’rganuvchi pedagogikasi”dir.
V.D.Semenov ijtimoiy pedagogika yoki muhit pedagogikasi fan yutuqlarini
birlashtiruvchi va ularni ijtimoiy-tarbiya amaliyotida amalga oshiradi, deb hisoblaydi.
I.Podlasiyning “Pedagogika” darsligida quyidagicha ta’rif mavjud: “ ijtimoiy
pedagogika-ijtimoiy
muhitning
shaxsni
shakllantirishga
va
ijtimoiy
tarbiya
muammolariga ta’siri qonuniyatlarini o’rnatuvchi fan”.
YU.N.Galaguzova ijtimoiy pedagogikaga uning ob’ekti va predmetini aniqlash orqali
ta’rif bermoqchi bo’lgan.
174
Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatidagi mohiyatini aniqlash uchun “fan”
tushunchasining o’zi inson faoliyatining ob’ektiv bilimlarni tizimlashtirish va ishlab
chiqishga qaratilgan faoliyati ekanligini ta’kidlash lozim. Tushunchaning ilmiy
mazmuniy jihatini o’rganish “ ijtimoiy pedagogika” atamasining o’ziga e’tibor qaratishni
talab qiladi. U ikki sohadan iborat bo’lib, ularni bitta sohaga birlashtirib turadi. Bu
birlashuv tasodifiy emas va fanda tabaqalashuv va ixtisoslashuvning zamonaviy
jarayonlariga bog’liq. Pedagogika fanida tabaqalashuv va ixtisoslashuv jarayoni so’nggi
paytlarda ancha kuchaydi. Ba’zi bir ixtisoslashtirilgan sohalar-maktabgacha pedagogika,
maktab pedagogikasi, maxsus pedagogikasi, kasb-xunar pedagogikasi, tarix pedagogikasi
mustaqil ilmiy sohalarga aylanib bo’lishdi. Ularning qatoriga ijtimoiy pedagogikani ham
kiritsak bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogika pedagogika singari ta’lim-tarbiya jarayoni va hodisalarini
o’rganadii. Biroq ularni muayyan o’ziga xos yo’nalishlarda o’rganadi. Bu fanning o’ziga
xos xususiyati “ ijtimoiy” so’zida mujassamlashtiilgan.
“ Ijtimoiy” (lotinchada sotsialis-umumiy, ijtimoiy) tushunchasi ostida odamlarning
shakllari, ular o’zaro munosabatlarining turli shakllari bilan bog’liq barcha narsa
tushuniladi. Bu degani, agar pedagogika o’sib kelayotgan avlodlarning ta’lim tarbiyasi
haqidagi fan bo’lsa, ijtimoiy pedagogika ta’lim-tarbiya jarayonlarida bolaning
jamiyatdagi hayotga qo’shilishiga bog’liq xodisalarni aloxida ajratadi. Bolaning
jamiyatga “kirish” jarayoni, uning muayyan ijtimoiy tajribani qo’lga kiritishi (bilim,
qadriyat, yurish-turish qoidalari) ijtimoiylashuv deyiladi.
SHunday qilib agar biz ijtimoiy pedagogika mohiyatini bu fanning ob’ekt va
predmetini qiyoslash orqali aniqlamoqchi bo’lsak quyidagi holat kelib chiqadi.
Pedagogikaning ham, ijtimoiy pedagogikaning ham ob’ekti- bu bola, biroq o’rganish
predmetlari turlicha. Pedagogikaning o’rganish predmeti bolani tarbiyalash qonuniyatlari
hisoblanadi, ijtimoiy pedagogikaning predmeti esa bolani ijtimoiylashtirish qonuniyatlari
hisoblanadi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu ikki fanlarning uzoq tarixiy aloqasiga qaramay
natijada ularning o’ziga xos vazifalari tufayli uzoqlashishi ro’y berdi. Umumiy
pedagogikaning spetsifik vazifasi ta’lim-tarbiyadir. Bola va bolalikni himoya qilish
ijtimoiy pedagogning asosiy kasbi hisoblanadi.
SHu sababli ijtimoiy pedagogika jamiyatni va ijtimoiy munosabatlarni o’rganadi,
insonlar bir-birlari bilan qanday muomalaga kirishishlarini ,nimaga bir guruhga
birlashishlarini va jamiyatning boshqa ijtimoiy masalalarini aniqlashga harakat qiladi.
Ijtimoiy pedagogika bu muammolarni biroz boshqacha tarzda, uning ilmiy vazifalariga
mos ravishda o’rganadi. SHu bilan birga o’z rivojlanishida umumiy pedagogikadan
ajralib chiqib, u kompleks xarakterga ega bo’ldi. Hozirda uning nazariy va amaliy
faoliyati sohasiga maktab va maktabdan tashqari muassasalarda tarbiya va qayta tarbiya,
bolalar uylari, qariyalar uylarida yashovchilarga g’amxo’rlik, huquqbuzarlar bilan
ishlash, kabilar kiradi. Ijtimoiy pedagoglar faoliyatning turli sohalari: ekologiya, badiiy
ijod, sog’lomlashtirish sohalarida ixtisoslashishadi.
SHunday qilib ijtimoiy pedagogika ilmiy tadqiqotlarning intizomiy sohasi
hisoblanadi. Uning asosi pedagogika, pedagogika tarixi, pedagogik usullar va vositalar
hisoblanadi. SHu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari ijtimoiyogiya tomonidan
o’rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi ijtimoiyogik nazariya, usul va
vositalardan ham foydalanadi. SHu bilan birga ijtimoiy pedagogika o’zining nazariya,
uslub, vosita va texnologiyalarini ham ishlab chiqadi.
YUqorida bayon etilgan isbot dalillar asosida YU.N.Galaguzovaning ta’rifiga juda
yaqin turuvchi ijtimoiy pedagogikaning eng aniq ta’rifi quyidagicha:
175
Do'stlaringiz bilan baham: |