171
-oilalarga tibbiy, ijtimoiy va huquqiy yordam ko’rsatish;
-ayol va bolalarni sog’lomlashtirishda yordam ko’rsatish, oilani rivojlantirish bo’yicha keng
tushuntirish ishlarini olib borish.
2) 1998 yil 1 aprelda Vazirlar Mahkamasining “Ona va bola skiringi dasturini
tasdiqlash to’g’risida”gi farmoyishi chiqdi. Bu dastur homilador ayollarda nogiron
bolalarning tug’ilishini oldini olish uchun tug’ma va boshqa patalogiyasini aniqlashga
qaratilgan. Bu farmoyishga binoan “Ona va bola skiringi” dasturini qo’llab-quvvatlash
mas’uliyati “Sog’lom avlod uchun”, “Mahalla” fondi, O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar
qo’mitasiga yuklatildi.
1998-2001 yillar orasidagi davrda “Sog’lom avlod uchun” fondining “Villak” (Finlandiya)
va Bristol Monteds Skvibb (AQSH) kompaniyalari bilan tuzilgan shartnomalariga muvofiq
skrining markazlari agrotexnika va boshqa texnik jihozlari bilan ta’minlandilar.
3) 1997 yil 31 dekabrda Vazirlar Mahkamasining “SOS-O’zbekiston bolalar
qishloqlari assotsiatsiyasini ta’sis etish to’g’risida”gi farmoyishi chop etildi. Bu
assosatsiatsiya bolalar qishloqlarini tashkil qilish jamiyati- SOS-Kinderford xalqaro jamiyati
(Avstriya) tomonidan ta’sis etildi.
Assosatsiatsiya faoliyatining asosiy maqsad va yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarning jismoniy, aqliy va axloqiy
jihatdan rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishdagi harakatlarini tartibga solish;
-etim bolalarga yordam berishga qaratilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishda
moliyaviy yordam berish;
-falokatga uchragan barcha bolalarga yordam ko’rsatish;
-O’zbekiston Respublikasida SOS-O’zbekiston bolalar qishloqlarini tashkil qilish va
ularni jihozlar bilan ta’minlash;
-SOS-Kinderford interneyshnl bilan
hamkorlik qilish;
-Assotsiatsiya faoliyatiga davlat, jamoat va xususiy xususiyatlarni jalb
qiladimi;
-etim bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini tarqatish va qo’llab-quvvatlash uchun
OAVlari bilan hamkorlik qilish, ko’rgazma, seminarlar o’tkazish, axborot
materiallarini chop etish.
YUqorida keltirilgan hujjatlardan ko’rinib turibdiki, ijtimoiy muammolarga alohida
e’tibor 1996 yildan qaratilgan. Bir yil avval 1995 yil O’zbekistonda shaxsni
shakllantirishning ijtimoiy pedagogik konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uning tuzilishi Kadrlar
tayyorlash
milliy dasturi, ta’lim tizimini to’g’ri isloh qilish bilan izohlanadi.
Konsepsiyaning asosiy qoidalari:
1)
madaniy-axloqiy tarbiyaning ta’limdan ustuvorligi;
2)
insonda ijtimoiy faollik, o’z-o’zini boshqarish ko’nikmalari, muomala va axloq
madaniyati, yuqori intizomga ega demokratik jamiyat fuqarosini tarbiyalash;
3)
ijtimoiy faol shaxsni jamiyat ishlab chiqarishning asosiy sharti sifatida
shakllantirish har bir fuqaro hayotining ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy sohalarida ishtirok etishi;
4)
shaxsni ijtimoiylashtirish vositalari sifatida demokratiyalashtirish, insonparvarlik
tamoyillarini amalga oshirish;
Ta’limni demokratiyalashtirish-faollik va tashabbusni, hamkorlik, birlik vositalarini
rivojlantirishni nazarda tutsa insoniylashtirish-yosh avlodni milliy, ijtimoiy-madaniy
qadriyatlar orqali umuminsoniy ma’naviy qadriyatlarga, inson huquqlarini ta’minlashga
ko’nikishlari demakdir.
Bu konsepsiya boy tarixiy, madaniy, ma’naviy, pedagogik, ijtimoiy an’analar bilan
birgalikda ijtimoiy-pedagogika fanining amaliy faoliyat sohasi sifatidagi rivojida poydevor
bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: