O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Ijtimoiy  pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida.  Ijtimoiy pedagogika va



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/332
Sana31.12.2021
Hajmi3,66 Mb.
#263688
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   332
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy  pedagogika amaliy faoliyat sohasi sifatida.  Ijtimoiy pedagogika va  
ijtimoiy ish 
XIX  asrda  yevropa  va  SHimoliy  Amerikada  bo’lib  o’tgan  ijtimoiy-madaniy 
jarayonlar  nafaqat    ijtimoiy  pedagogika  balki  “  ijtimoiy  ish”  deb  nomlangan    ijtimoiy 
faoliyat sohasining paydo bo’lishini ta’minladi. 
G`arbiy  yevropa  davlatlarida  ayniqsa  Germaniyada  XX  asr  davomida    ijtimoiy 
pedagogika bilan bir qatorda  ijtimoiy ish ham amaliy faoliyat sohasi sifatida rivojlanadi, 
biroq    ijtimoiy  pedagoglar  va  ijtimoiy  ishchilarning  kasbiy  faoliyatlarida  ko’p  umumiy 
jihatlar  bor.  Ular  bir  kasbni  anglatuvchi  sinonim  so’zlardir.  Bu  mutaxassislar  jamiyatda 


 
178 
tarbiyaviy,  axborot,  hamkorlik,  tashkiliy,  himoya,  qo’llab-quvvatlovchi  vazifalarni 
bajarishadi. 
Ishchilarning bu toifalarini paydo bo’lishi aholining himoyalanmagan qatlamlariga 
ijtimoiy yordam bera oladigan mutaxassislarda ehtiyoj tug’ilgani bilan bog’liq. 
 Ijtimoiy pedagogika va  ijtimoiy ishning rivojlanish tarixi juda yaqin. Avvalambor 
ularni insonlarga munosabatning tarixiy-madaniy an’analari birlashtiradi. “Mehribonlik”, 
“hayriya”,  “yordam”  tushunchalarining  ham    ijtimoiy  pedagogik  ham    ijtimoiy  ishda 
qo’llanishi tasodif emas. 
 Ijtimoiy  pedagogika  va    ijtimoiy  ish  amaliy  faoliyatining  yaqinligi,  bu  ikki 
ishchilar toifasining kengaytirish, ularning maqsadlarining yaqinlashuviga va bir-birlarini 
to’ldirishlariga  olib  keldi.  Turli  davlat  va  nodavlat    ta’lim  muassasalarida-masalan, 
bolalar bog’chalari, maktablarda hozirda ham   ijtimoiy ishchilar  va  ijtimoiy pedagoglar 
birgalikda ishlashlari mumkin. Biroq ulardan har biri o’z majburiyatlariga ega. 
Ularning  farqlari  quyidagilarda  namoyon  bo’ladi.  Ular  bilim  sohasi  sifatida  turli 
fanlardan  kelib  chiqishgan:    ijtimoiy  pedagogika-pedagogikadan,    ijtimoiy  ish  esa  
ijtimoiyogiyadan. 
Amaliy faoliyatda ularning farqlari  ijtimoiy pedagoglar o’z faoliyatlarida pedagog 
faoliyatining nazariy va metodik asoslariga suyanganlarida,  ijtimoiy ishchilar esa asosan  
ijtimoiy  nazariya  va  texnologiyalardan  foydalanishlarida  namoyon  bo’ladi.  Bu  ikki 
mutaxassisliklar shuningdek, faoliyat ob’ekti bo’yicha ham farqlanadilar. 
 Ijtimoiy  ish  ob’ekti  insonning  me’yorida  faoliyat  yuritishiga  xalaqit  beruvchi 
muammolarga ega shaxsdir. Muammolar har  bir insonda butun hayoti davomida yuzaga 
keladi.  Ular  psixologik,  tibbiy,  huquqiy,  moddiy  bo’lishi  mumkin.  Ular  ham  insonga 
bog’liq bo’lmagan tashqi omillar(kasallik va boshqa)ga bog’liq bo’lishi ham mumkin. Bu 
holatda  ijtimoiy ish ob’ekti o’z muammolarini mustaqil hal qilishga kuchi yetmaydigan 
va kasbiy yordamga muhtoj bo’lgan inson bo’ladi. 
SHunday qilib  ijtimoiy ish ob’ekti   hayoti davomida ijtimoiy yordamga muhtoj 
bo’lgan  insondir.    Ijtimoiy  pedagogika  ob’ekti  esa  bolaning  ijtimoiy  sub’ektga 
aylanishiga kerak bo’ladigan yordamdir. 
 Ijtimoiy  ishchi  yordam  ko’rsatayotgan  inson  mijoz  deyiladi,    ijtimoiy 
pedagogikada odatda “go’dak” so’zi ishlatiladi. 
“Ijtimoiy  ish”  insonning  insonga  insoniy  munosabatini  namoyon  bo’lishini 
bildiruvchi ibora. U hali qadim zamonlardayoq insonning diniy burchi, ehtiyojmandlarga 
insoniy xizmatlar tizimi sifatida paydo bo’lgan. Biroq faqatgina bizning asrimizga kelib  
ijtimoiy  ish  butun  dunyoda  maxsus  tayyorgarlikni  talab  qiluvchi  kasb  sifatida  tan 
olinayapti. 
 Ijtimoiy  faoliyat-insonning  jamiyatga  muvoffaqiyatli  moslashuvini  osonlashtirish 
qaratilgan  tizimli  chora-tadbirlardir.  U  mehribonlik  va  shuncha  o’xshash  faoliyat 
doirasidan  nafaqat  kundalik  muammolarni  hal  qilishga  yordam  berish,  balki  ehtiyojlarni 
qondirishga  to’siq  bo’ladigan  muammolarni  hal  qilishga  yordam  berish  bilan  ajralib 
turadi. 
Davlat  va  jamoatchilik  qo’llab-quvvatlaydigan  tashkilotlar  (tijorat  va  notijorat) 
ko’rsatadigan  yordam  eng  samaralidir.    Ijtimoiy  yordam  ko’rsatma  berish  jamiyatning 
yuqori  madaniyati  va  taraqqiy  etganligidan  dalolat  beradi.  U  butun  aholining 
hamdardligiga sabab bo’ladi. SHuning uchun ancha obro’ e’tiborga ega. Biroq   ijtimoiy 
ishchilarning  maoshi  yuqori  emas  va    ijtimoiy  tashkilotlarga  ishga  kiruvchilar  soni  ham 
ko’p emas. 


 
179 
 Ijtimoiy pedagog ishini ham ahloqiy burch ham kasb  desak bo’ladi. Savol paydo 
bo’ladi: ijtimoiy pedagog o’zi nima bilan shug’ullanadi? 
 Ijtimoiy ishning o’ziga xosligini tushunishda asosiy omil 1917 yilda Meri Richmandning 
“  Ijtimoiy suhbat”  kitobining chop etilishi bo’ldi. Bu mumtoz asarda “YAxshi  ijtimoiy 
ishchi  odamlarni  kambag’allikdan  halos  etish  bilan  shug’ullanmaydi,  u  kambag’allikni 
umuman bartaraf etish  uchunnima qilish haqida o’ylaydi”,-deb yozilgan. Richmonddan 
keyin izlanish, tashhis, davolash parofigmasi  ijtimoiy ishda asosiy bo’ldi. 
 Ijtimoiy  ishni  metodologik  asoslashga  bag’ishlangan  ilk  yirik  asarlardan  birida 
I.Karpf  (1931  yil)  o’z  rivojlanishida  tayanish  lozim  bo’lgan  fanlarni  sanab  o’tgan: 
biologiya,  iqtisod,  tibbiyot,  psixiatriya,  sotsiologiya,  statistika,  antropologiya, 
pedagogika,  ijtimoiy psixologiya. O’shandan buyon bu ro’yxat deyarli o’zgarmadi. 
Amaliy    ijtimoiy  ishchi  atamasi  1970  dan  buyon  qo’llanilmoqda  Avvallari  bu 
ishga  turli  ta’riflar  berilgan:  metodologiya  nuqtai  nazaridan-mijoz,  guruh  bilan  ishlash, 
yerning  yo’naltirilganligi  nuqtai  nazaridan-bolalarni  ijtimoiy  ta’minlash,  oilaviy 
xizmatlar,  tibbiy    ijtimoiy  ish,  axloq  tuzatish  muassasalarida  psixiatrik  ishlari, 
kambag’allar,  nogironlar,  aqliy  ojizlar,  aroqxo’rlar  bilan  ishlash.  Bunaqa  tor 
ixtisoslashgan yondashuvlar bilan birga yanada kengroq yondashuvlar ham shakllandi. 
 Ijtimoiy  ishchilar  keng  doiradagi  muammolar  bilan  to’qnash  kelishadi.  Bu  
muammolarga  aroqxo’rlik,  mulkchilik  huquqlarining  buzilishi,  bolalarga  yomon 
munosabat,  oiladagi  nizolar  ruhiy  va  jismoniy  kasalliklar,  bezorilik,  jamiyatdan  ajralib 
qolish, kabilarni kiritish mumkin. Muammolarni bunday tasniflash  mutaxassisga  ularni 
yanada chuqurroq o’rganish imkonini berdi. 
Hozirda amaliy ish sohalari quyidagilar hisoblanadi: oila, bolalarga yordam berish, 
sog’liqni  saqlash,    turli  kasb  egalari  bilan    ijtimoiy  ish  olib  borish,  qariyalar,  ta’lim  va 
axloq tuzatish muassasalari. Bu ixtisoslashuvga eng keng ta’rifdir. U ishchi o’z sohasida 
unga  yordam  so’rab  murojaat  qilgan  aholi  toifalari  haqida  zaruriy  bilimlarga  ega 
bo’lishini talab qiladi. 
XX  asrning  70-yillarida  tizimli  yoki  bir  butun  yondashuv  yetakchi  yondoshuvga 
aylandi.  Unga  muvofiq    ijtimoiy  ishchilardan  bir  sohaga  ixtisoslashuv  mos,  universallik 
turli  usullarni  uyg’unlashtira  olish  talab  qilina  boshladi.  Pedagogik,    ijtimoiyogik,  
nazariyalarning ahamiyati oshdi. Birlashishga ehtiyoj  ijtimoiy ish tarkibida ham muhim 
o’zgarishlar  ro’y  berardi:  metodik  madaniyat,    ijtimoiy  ishlarning  aniq  texnologiyasiga 
ehtiyoj tug’ildi. Tizimli yondashuv yordamida  ijtimoiy ishchilar bir vaqtning o’zida bir 
qancha inson muammolarini hal qilishdi. 
Butun dunyoda  ijtimoiy xizmatlar ishchilari  jiddiy o’qitilmoqda. U milliy ta’lim 
tizimlarining o’ziga xos xususiyatlari aks etadi. U turli davlatlarda-Fransiya, Germaniya, 
Italiya, Belgiya, Norvegiya, Daniya, SHvetsariya va YAponiyada katta farqlarga ega. 
Zamonaviy    ijtimoiy  pedagogika  jiddiy  ilmiy  asosga  asoslanadi.    Ijtimoiy  ishda 
bilimlar  zahirasiga  oid  sohada  ishlangan  va  boshqa  sohalardan  o’zlashtirishganlarning 
qo’shiluvidan  iborat.    Ijtimoiy  ish  falsafa,  etika,  huquqshunoslik,  sotsiologiya, 
psixologiyadan  ko’p  narsa  olgan.  SHaxs,    ijtimoiy  guruhlarning  yurish-turishi,  oila 
muammolari,  hokimiyat,  qo’shnichilik  va  ijtimoiy  hayot,  ijtimoiylashtirish, 
submadaniyat,  stratifikatsiya  va  ijtimoiy  qatlamlashish,  murakkab  tuzilmalar  va  turli 
madaniy  tizimlarning  turlarini    ijtimoiy  ishchilar  psixologiya  va    ijtimoiyogiyadan 
o’zlashtirishdi.  Biroq  mizojlar  va  guruhlar  bilan  amaliy  ish  olib  borish  metodikasi  xal 
qiluvchi darajada pedagogika, psixologiya va tibbiyot ta’siri ostida shakllanadi. 
Bugungi  kunda    ijtimoiy  ish  ilmiy  asoslangan  bo’lishi  lozimligini  tushunish 
kengayib bormoqda. Bu kasb bo’yicha o’tkazilayotgan ilmiy tadqiqotlarning nufuzi oshib 


 
180 
bormoqda, maxsus  konferensiyalar o’tkazilmoqda va ularda nazariyani amaliyotda yana 
samarali  qo’llash  masalasi  muhokama  qilinmoqda.  Xalqaro  darajada  ilg’or  yutuqlar 
almashuvi  ijtimoiy pedagogikaning dinamik rivojlanishini ta’minlashi mumkin. 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish