Mark Fabiy Kvintilian (mil. avv. 42-118 y) notiqlik san’atining qadimgi yunon
nazariyotchisi, pedagog. Ilk pedagogik asar bo’lmish “Notiqning tarbiyasi haqida” unga
tegishli bo’lib, unda tarbiyaning muhim g’oyalari, ta’lim metodikasi bayon
etilgan.Kvintilianning asosiy g’oyalari –o’z “men”nini saqlab qolish, “o’z ustidan”
hukmronlikka erishish kabilarni tashkil etadi.
Feodalizm davri tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari asketizm, dunyo dinlari
qoidalariga qattiq amal qilish bo’lgan. O’sha davrning (VI-XII asrlar) ijtimoiy-pedagogik
g’oyasini yaratuvchilari o’sib kelayotgan avlodga singdirmoqchi bo’lgan axloqiy
qadriyatlar orasida hamdardlik, yaqinlarga yordam, xususan kasallar va nochorlarga
yordam kabilar paydo bo’ldi.
XV-XVI asrda avval Italiyada, so’ngra yevropaning boshqa davlatlarida
kapitalistik munosabatlar rivojlana boshladi. Paydo bo’layotgan yangi toifa vakillariga,
aksariyat ziyolilarga asketizmning tamoyillari begona edi. YAngi burjua madaniyati
146
shakllana boshlaydi va uni xarakterlashtirish uchun odatda insoniylashtirish va qayta
tiklash tushunchalar qo’llanilgan. Gumanizm (insoniylik) tushunchasi yangi madaniyat
markazida ilohiylik emas, inson turishi guvohlik berardi. Uning o’zi ham qalban, ham
jisman go’zal bo’lishi lozim. Faqatgina inson ongi, kuchi, muvaffaqiyatiga ishonchi,
faolligi, irodasi tufayli barcha qadriyatlar va o’z baxtining yaratuvchisiga aylana oladi.
Asketizm(yunoncha)- tuyg’u va istaklarnicheklash yokibostirish, azob tortish, hayot
ne’matlaridan voz kechish. Bu yerda gap uning shaxsiy hislatlari, shaxsiyati,
mashhurligida emasligi hisobga olingan.. SHu bilan birga gumanistlar cherkovga qarshi
ochiq qarshi chiqmaganlar. Ular xudoni, olamni harakatga keltirgan va o’shandan beri
unga aralashmagan yaratuvchi deb bilishgan.
XIV-XVI asrlar gumanistlarining aksariyati yoki o’zlari pedagog bo’lishgan yoki
pedagogik nazariyaga murojaat qilishgan. Gumanizm g’oyasi pedagogikada xuddi ana
shu davrlardan boshlab o’rnasha boshlagan.
Asl tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra doim go’zallik haqida, uning kelajagi haqidagi
g’amxo’rlikni bildirgan. Uyg’onish davrida ijtimoiy gumanizm g’oyalarini amalga
oshirila boshlanishi mashhur italiyalik pedagog-gumanist Vittorino de Genotre (1378-
1446) tomonidan ilk marta “Quvonch uyi” nomli internat maktabning yaratilishi bilan
bog’liq. SHuni ta’kidlash joizki, ta’riflanayotgan davrda din, pedagogika va ijtimoiy-
pedagogika bir-biriga uzviy ravishda rivojlangan.
Diniy qarashlarda asosiy e’tibor umuminsoniy qadriyatlarga qaratilgan. Diniy
rivoyatlarda, muqaddas kitoblarda oyatlarda axloqiy o’gitlar, insonlararo munosabatla,
qavm-qarindoshlarga,, bolalarga g’amxo’rlik haqida ko’p gapirilgan. Bu asosda ko’pgina
avlodlar tarbiya topishgan va bu borada yevropada cherkov uzoq vaqt mobaynida
“nogiron bolalar” rahnamosi bo’lgan. Unga nafaqat ruhiy yordam so’rab, balki tibbiy,
moddiy yordam so’rab, adolatsizlikdan himoya so’rab murojaat qilishgan. Butun
dunyoda diniy tashkilotlarning boy ana’nalari mavjud. Masalan, yevropada antik
davrlardan buyon ota-onasiz qolgan bolalarni ibodatxonalar eshigi oldiga qo’yib
ketishgan. Manbalarga ko’ra ota-onasiz qolgan bolalar uchun ilk tarbiya uylari IV asrda
Kesariya (Kichik Osiyo) shahrida yepiskop Vasiliy Kesariyning tashabbusi bilan paydo
bo’lgan. 787 yilda bunday muassasa Milandagi soborda ham paydo bo’lgan. Uzoq vaqt u
yevropada yagona bo’lib tashkilot qolaverdi va faqat XIV asrga kelib tarbiya uylari soni
30 tagacha ko’paydi. Qizig’i, endi unda faqat tarbiya bilan shug’ullanishmagan, ularda
amaliy ishlar ham olib borilgan: onalarga yordam berilgan, bolalarni oilalarga berishgan,
ularning tarbiyasini nazorat qilishgan. Keyinchalik ham bolalar uylari ruhoniylar
tomonidan boshqarilgan. Parijda 1640 yil ruhoniy Vinsentom Depolen tomonidan asos
solingan tarbiya uyi juda mashhur bo’lgan. U uyni qirol Lyudovik XIV tomonidan
moliyalashtirishga erishgan. Mehribonlik bilan shug’ullanuvchi organlar- yirik cherkov
tashkilotlari ham tuzila boshlagan.
Ijtimoiy pedagogika rivojining ikkinchi davri- XVII-XIX asrlar- ijtimoiy-
pedagogika eng ilg’or g’oyalar va ilmiy konsepslar bilan boyitilgan davr bo’ldi desak,
xato bo’lmaydi.
XVIII-XIX asrlar (burjua-demokratik inqiloblar davri) olimlarining (pedagog,
faylasuf, sotsiolog, psixologlar) davlat va jamoat institutlari bilan biri ijtimoiy-pedagogik
muammolarni hal qilish g’oyalarining paydo bo’lishi davridir. Tarbiya masalalari jamiyat
islohotlari, inson huquqlari tengligi bilan bog’lana boshlandi. Aynan shu davrda ijtimoiy-
pedagogikaning asosiy yo’nalishlarining aniq faoliyatda amalga oshishi sodir bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogik g’oyalarning rivojlanishiga fransuz faylasufi, yozuvchi,
ma’rifatparvar J.J.Russo (1712-1778 y) ulkan hissa qo’shgan. U tabiiy huquq, din va
147
tabiiy rivojlanish asosiga qurilgan tabiatan shakllangan tarbiya g’oyalarini ilgari suradi.
Rus qomusiy olimi va pedagog M.V.Lomonosov (1711-1765 y) o’z “reglamentlari”da
tarbiyaning xalqparvar g’oyalarini, insonga faol shaxsga bo’lganidek yondashuvni, bolani
axloqiy sifatlarini shakllantirish muhimligini bayon etgan.
YAngi ijtimoiy pedagogik g’oyalar fransuz faylasufi va ma’rifatparvari Klod
Do'stlaringiz bilan baham: |