O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Ijtimoiy  pedagogikaning  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/332
Sana31.12.2021
Hajmi3,66 Mb.
#263688
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   332
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Ijtimoiy  pedagogikaning  boshqa  fanlar  bilan  aloqasi.   
Rivojlangan  davlatlarda  ijtimoiy  tarbiyani  amaliy  tashkil  etish  maxsus  kasb 
darajasiga ko`tarilgan. Janubda bu kasb “Ijtimoiy faoliyat” deb yuritiladi. Bizning 
yurtimizda  aholining,  umuman  jamiyat  a'zolarini  ijtimoiy  muqofazalashga  doir 


 
142 
qator  ishlar  amalga  oshirilishidan  qat'i  nazar,  u  bilan  shug`ullanuvchi  maxsus  fan 
yo`nalishi to`liq shakllanmagan.  
       Ijtimoiy  ish  jamiyat  a'zolarining  bir-biriga  insoniy  munosabatda  bo`lishini 
taqozo  etadi.  qadim  zamonlarda  bu  faoliyatning  diniy  mas'ullik,  saqiylik, 
xayrixohlik singari qirralari namoyon bo`lgan. 
“Ijtimoiy    pedagogika”  ning   
paydo        bo`lishi          jamiyatning    iqtisodiy,  siyosiy  va  ijtimoiy  qayotidagi 
o`zgarishlar 
bilan 
boqliq. 
Chunki 
bu 
o`zgarishlar 
tarbiya 
jarayonini 
murakkablashtirib, yoshlar  tarbiyasida yangi  muammolarni vujudga keltirib, yosh 
avlodning  ijtimoiy  shakllanish  jaraynini  ilmiy  o`rganishni  talab  etmoqda. 
An'anaviy  pedagogika  fani  ta'lim  muassasalari  qobiqida  cheklanib  qolib,  ijtimoiy 
muhit  omilining  tarbiyaga  bo`lgan  ta'siriga  yetarlicha  e'tibor  bermadi.  Ayniqsa, 
ijtimoiy  tarbiyaning  umumiy  xarakterini  chetga  surib  qo`ydi.  Ijtimoiy  pedagogika 
Rossiyada  o`tgan  asrning  80-yillarida  aloqida  fan  sifatida  shakllandi.  Mustaqil 
yurtimizda  esa  uning  ma'lum  qirralari  yoritilgan  bo`lishiga  qaramasdan  bu 
yo`nalish  bo`yicha  hali  aloqida  tadqiqot  ishlari  yuzaga  chiqqanicha  yo`q.  Bu  fan 
qar  bir  jamiyatning,  har  bir  mamlakatning,  qar  bir  millatning  ijtimoiy  qayoti  va 
milliy  psixologiyasi  bilan  bevosita  boqliq.  Shu  nuqtai  nazardan  mazkur  fanni 
turmush pedagogikasi, deyish ham mumkin. 
 
Turmush -shaxsning jamiyatda o`z o`rnini topishini taqozo qiladi. Biz ta'lim 
tarbiya  muassasalari  va  ulardan tashqari,  ya'ni  har kungi  ijtimoiy  hayotimiz orqali 
tarbiyaviy  ta'sir  ko`rsatish  asosida  barkamol,  komil  insonni  voyaga  yetkazishimiz 
kerakki,  toki  biz  tarbiyalagan  shaxs  jamiyatga  “kirishib  keta  olsin”.  Ular 
jamiyatdan  chetda  qolishi  mumkin    emas.  Ma'lum  sabablarga  ko`ra  “jamiyat  tan 
olmagan”,  “sotsiumga  kirisha  olmagan”  shaxslarning  o`z  yo`lini  topib  ketishi 
uchun ijtimoiy faoliyat talab etiladi. Ushbu muammo dolzarb kasb etib, Rossiyada 
1960-1970  yillardayoq  shunday  ijtimoiy-pedagogik  faoliyatga  yo`naltirilgan 
mutaxassislarni tayyorlash bo`yicha ishlar olib boriladi.  
     
Jumladan, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi, uy-
joy  kommunal  xizmati  tashkilotchisi,  maktabdan  tashqari  muassasalar  xodimlari, 
yotoqxona,  maktab  klublari  xodimlari  singari  kadrlar  faoliyat  olib  borishdi,  qator 
chet  mamlakatlarda  esa  1970-1980  yillarda  ijtimoiy  talab-bu  muammoni  hal 
etishning yangi darajalarini vujudga keltirdi. 
      
Amaliyotda ijtimoiy pedagogik va yoshlarning yashash komplekslarida, turli 
yoshdagi  xodimlardan  iborat  birlashmalarda  ijtimoiy  pedagogik  tajribalarni 
to`plash  ishlari  shakllantirilgach,  maktablarning  ijtimoiy  institutlar  bilan 
qamkorligi  o`zgardi.  Shu  asosda  ijtimoiy    muqitni  pedagoglashtirish  jarayoni 
intensiv  tarzda  rivojlanib  bordi.  Lekin  bu  boradagi  kadrlar  masalasi  muammo 
bo`lib  qolaverdi.  Buning  ustiga  tarbiya  ishlari  bilan  faqat  maktab,  boqcha  kabi 
ta'lim-tarbiya maskanlari shuqullanadi,-degan fikr jamiyat a'zolari ongida o`rnashib 
qolgan.  Demak,  ta'lim  tarbiya  bilan  shuqullanuvchi  fanlar  va  o`quv 
muassasalaridan  farqli  o`laroq  ijtimoiy  pedagogika  ijtimoiy  hayotimizning  barcha 
jabqalari  bilan  boqliqdir.  Shuning  uchun  ham  u  juda  ko`plab  fanlar  bilan  uzviy 
bog`liq.  
Ularning asosiylari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.. 
                                                    Pedagogika-Psixologiya-Sotsiologiya 


 
143 
  IJTIMOIY                         
  PEDAGOGIKA                        Tibbiyot-Biologiya-Geneologiya 
                                                    Filosofiya-Mantiq-Iqtisod 
                                                    Tarix-Etnografiya-huquq      
          Ijtimoiy    pedagogika      ijtimoiy    fan  sifatida    barcha    ijtimoiy    fanlar  bilan 
uzviy  bog`langan.  Barcha  ijtimoiy  fanlar inson  xulq-atvorining turli  tomolarini 
o`rganadi.   
         Ijtimoiy    pedagogika    ijtimoiy    psixologiya,    sotsiologiya,  antropoligiya,  
tarix,  iqtisod,  siyosatshunoslik  fanlari  bilan  hamkorlikda    boyib  va  rivojlanib 
boradi.  
     
Ijtimoiy    psixologiya  jamiyatimizda    shaxslararo  munosabatlarning    tabiati  
va  qonuniyatlarini    o`rganuvchi    fan    sifatida  o`zining    nazariy    tamoyillarini 
amaliyotga    tadbiq  etadi  va    shu  orqali  yangicha  mazmundagi    demokratik  
munosabatlarning    jamiyatning  har    bir    jamoasida,  oilasida    va  fuqarosida    qaror 
topishiga,  yoshlarda    yangicha  fikrlashni    va  dunyoqarashni  shakllantirish  
jarayoniga  ko`maklashadi.  
    
Sotsiologiya insonning ijtimoiy  turmushini,  guruh  va jamiyatni  o`rganadi.  
Ijtimoiy  mavjudot  bo`lgan odamlarning xulq-atvori  uning  predmetidir. 
  
 Antropologiya-    odamning  kelib    chiqishi  va  evolyutsiyasi,  odamzot  
irqlarining 
paydo 
bo`lishi, 
odamning 
tana 
tuzilishidagi 
farq-tafovut,  
o`zgaruvchanlik  haqidagi  fan.   
  
Antropoligiyaning  muhim  sohasi-    odam  organizmining    tuzilishi    va 
rivojlanishiga    ta'sir  qiladigan    fiziologik.    Biokimyoviy    va  genetik    omillarini  
o`rganadigan    bo`limi-  «Odam    biologiyasi»  degan  umumiy  nom    bilan  XX  asr  
o`rtalaridan boshlab  rivojlandi.   
   
 Siyosatshunoslik    jamiyatning    siyosiy  hayoti  va  siyosiy    munosabatlarida  
ro`y  beradigan    voqea-hodisalar,  o`zgarishlarni  ilmiy-nazariy  jihatdan  asoslab 
beradi.  Uning    siyosiy    fan  sifatidagi  roli    va  ahamiyati  uning    siyosiy  mohiyatga 
ega bo`lgan voqea-hodisalarni alohida olingan  bir mamalkat  doirasida emas, balki  
jahonning  turli  
mamlakatlarida    siyosiy    muammolarni  hal  qilishida    erishilgan    natijalar  bilan  
belgilanadi. 
Iqtisod  fanlari esa  ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari,  jamiyatning  
iqtisodiy  turmushini  o`rganishga  yordam beradi. 
 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish