O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti


Islomdagi  ma’naviy-axloqiy o’gitlarining ijtimoiy mazmuni



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/332
Sana31.12.2021
Hajmi3,66 Mb.
#263688
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   332
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Islomdagi  ma’naviy-axloqiy o’gitlarining ijtimoiy mazmuni. 
So’ngi paytlard respublikamiz olimlari  xalq pedagogikasining manbalari doirasini 
kengaytirishni  taklif  qilishmoqda.  “Evropa  pedagogikasida  tarbiya  uchun  zarur  bo’lgan 
umuminsoniy  xislatlarning  mavjudligini  tan  olgan  holda.  YAn  Amos  Komenskiy, 
Ushinskiy,  Makarenkolarning  ilmiy  merosiy  ahamiyatini  e’tibordan  chetda  qoldirmay, 
bizda  ham  boshqa  xalqlarda  bo’lgani  kabi  Beruniy,  Forobiy,  Imom  al-Buxoriy,  At-
Termiziy,  Navoiy,Avloniy,  Behbudiy,  Munavvarqori  kabi  mashhur  mutaffakkirlar  
borligini  unutmasligimiz  lozim.  Bizning  yoshlar  ko’p  yillar  mobaynida  ulardan,  buyuk 
merosdan bebahra bo’lishganligi esa achinarli holdir.”. 
SHuni ham nazarda tutish kerakki, bu sanab o’tilgan shaxslarning barchasi Beruniy, 
Farobiy  va  Navoiylardan  tashqari  bevosita  islomga  aloqador  bo’lishgan.  Imom  Buhoriy 


 
152 
(810-870) islom olamida mashhur hadisshunoslik olim hisoblanadi. 600000 hadis ichidan 
7400 sahih hadisni tanlab olib, u “Al-Jome’ Sahih”  kitobini yozgan, bu asar Qur’ondan 
keyingi o’rinda turuvchi  muqaddas kitob hisoblanadi.  
At-Termiziy-  eng  yirik  musulmon  olimlaridan  biri,  80  tadan  ko’p  islom  tarixi, 
ta’limoti,  so’fiylik  nazariyasiga  bag’ishlangan  asarlar  yozgan.  Uning  “SHamoyili 
Muhammadiya”  (Muhammad  hayoti)  asari  barcha  diniy  o’quv  yurtlarida  darslik 
hisoblanadi.  Bu  yerda  gap  diniy  manbalar-avvalambor  hadislarni  xalq  boyligiga 
aylantirish haqida ketmoqda. Gap shundaki, aksariyat real hodisa  va  voqealar islomning 
paydo  bo’lish  davriga  tegishli,  biroq  ularning  katta  qismi  islomning  keyingi  rivojiga 
bog’liq.  Hadislarning  obro’si  bilan  islomda  shakllanayotgan  yangi  tamoyillar,  diniy, 
huquqiy,  maishiy  va  ma’muriy  amaliyotning  barcha  sohalari  yoritilgan.  Hadis  shaklida 
islomga madaniy va g’oyaviy merosning ko’pgina turlari kirdi. Biroq hadislar Qur’on va 
islomdan tashqarida mavjud bo’lmaydi.  
Islom  monoteistik  din,  ya’ni  uning  mazmuni  yagona  xudo-Allohga  iymon 
keltirishdir. Bu dinning asoschisi Muhammad (sav) hisoblanib (570-632) u ushbu dinning  
payg’ambari  hisoblanadi.  Musulmonlar  o’limdan  keyingi  hayotga  ishonishadi.  Ularning 
muqaddas kitobi Qur’ondir.  
Qur’on  matni  VII  asrda  yozilgan.  Xalifa  Usmon  davrida  Qur’on  yagona  kitob 
shakliga keltirilgan va uning boshqa barcha matnlari yo’q qilingan. Qur’on 114 suradan 
iborat.  Oddiy  musulmon  Qur’onning  murakkab  suralarini  faqatgina  tafsirlar  orqali 
tushunishi  mumkin.  Eng  mashhur    tafsirlar  At-Tabariy,  Zamahshariy,  Baydoviy, 
Fahriddin,  ar-Roziy,  al-Qurtubiyga  tegishli.  Natijada  sunna-Qur’onni  mazmunini 
tushunishini  boshqarish  yaratilgan.  Sunna  oila  a’zolari,  qabila  a’zolari  orasidagi 
munosabatlarini  tartibga  keltirgan,  yozilmagan  axloqiy  qoidalar  sifatida  ham 
qo’llanilgan. Sunna hadis shakliga ega. Hadislarni yig’ish, ularni ajratishga ko’p olimlar 
o’z  umrlarini  bag’ishlaganlar.  Islomga  muvofiq  Qur’on  barcha  musulmonlar 
bo’ysunishlari lozim bo’lgan muqaddas kitobdir. 
Muhammad  (sav)  va  sahobalarning  hayotidagi  hatto  ahamiyatsiz  oilaviy  sunnalar 
ham  ilohiylashtirilgan  va  insonlarning  eng  katta  xohishi  payg’ambarga  o’xshashga 
harakat  qilish  bulgan.  Bu  o’xshashlik  nafaqat  milliy  tamoyillarni  qabul  qilish  balki 
marosimlar,  odatlarni  ham  qamrab  olgan.  Qur’on  aslida  ijtimoiy-huquqiy  qoidalar 
yig’indisi  hisoblanadi.  Qur’on  nafaqat  SHarqda  balki  yevropada  ham  nihoyatda 
e’zozlanadi.  
VII  asrning  o’zidayoq  islom  inson  hayotining  barcha  jabhalarini  qamrab  oluvchi 
insonning ijtimoiy huquq va erkinliklarini e’lon qildi. 
SHariatning  huquqiy  qadriyatlari  ijtimoiy  xarakterga  ega  va  quyidagi  tamoyillarga 
asoslangan odil jamiyatni ifodalaydi: 

 
jamiyatning barcha a’zolarini irqi, tili va diniy mansubligidan qat’iy nazar tengligi; 

 
jamiyat  barcha  a’zolarining  teng  mas’uliyatga  egaliklari,  chunki  ular  bitta 
manbadan kelib chiqishadi; 

  Inson hayoti va erkinligi tengligi; 

 
Oila jamiyatning asosidir: jamiyat oilani o’z himoyasiga oladi va unga g’amxo’rlik 
qiladi; 

  Boshqaruvchi va boshqariluvchilarining tengligi; 

  YAgona  Alloh barcha narsaning egasi  va u tomonidan yaratilganlar uning barcha 
yaratishlariga hadyasidir. Har bir inson bu hadyadan o’z bo’lagini olishga haqli. 

  Xalq va jamiyatga tegishli barcha siyosiy, ijtimoiy va boshqa masalalar xalq bilan 
maslahatlashib hal qilinishi lozim. 


 
153 

  O’zining  dunyoviy  ishlari  uchun  har  kishi  jamiyat  oldida  javob  beradi.  Inson  va 
ma’naviy hayotga tegishli ishlari uchun esa-faqatgina Alloh oldida; 

  Jamiyatning bir bo’lagi bo’lmish inson, ma’n e’tilganlarni sodir etayotgan shaxsga 
qarshi da’vo qilishi mumkin va sh.k. 
Islom  hadislarda  bayon  etilgan  eng  muhim  inson  huquqlari  sifatida  quyidagilarni 
kafolatlaydi. 
 
YAshash huquqi, o’limdan so’ng esa janoza o’qilishiga “Agar birortangiz birodarini 
kafanlasa,  uni  hurmat  va  mehr  bilan  qiling”,  “o’liklarni  urishmang,  ular  o’tmishlarini 
tugatishdi”. 
 
Erkinlik huquqi 
“siz qachon odamlarni qulga aylantirdingiz. Axir ular ozod tug’ilishgan edi-ku?” 
 
Tenglik  huquqi.  “arab  boshqalardan,  boshqalar  esa  arabdan  ustun  emaslar,  qora 
sariqdan, sariq esa qoradan ustun emas. Ustunlikka sazovor bo’lgan inson ustundur” 
 
Adolat huquqi 
Islom dini besh asosga tayanadi: 

 
Iymon-Allohdan boshqa iloh yo’q va Muhammad (sav) uning rasuli. 

 
Solat-musulmon kunida besh mahal bajaradigan ibodat (namoz). 

 
Zakot-rahmdillik.  Beruvchi  insonning  munosabati,  u  berayotgan  miqdordan 
muhimroqdir. 

 
Ro’za,  ramazon  musulmonlar  uchun  muqaddas  oy,  chunki  aynan  shu  oyda 
Muhammad (sav) payg’ambar bo’lgan. 

 
Haj-har bir imkoni bor musulmon Makkaga haj safari uyushtirishi lozim.  
Tarbiyaviy    vositaga  ega  bo’lgan  Qur’on  oyatlari  muhim  ahamiyatga  ega.    Ularda 
ota-ona  va  farzand  o’rtasidagi  munosabat  haqida  bolalarni  tarbiyalayotgan  ota-ona 
nimaga intilishi haqida, shuningdek ular yetmoqchi bo’lgan maqsadlar ham aniq belgilab 
qo’yilgan.  
Qur’on  musulmonlar  hayotining  mazmuni  va  maqsadi  haqidagi  qarashlariga  katta 
ta’sir  ko’rsatgan  va  uning  g’oyalari  musulmon  halqlarining  madaniyatidan  chuqur  joy 
olganlar hamda xalq pedagogikasi manbalari-maqol, rivoyat, ertaklar va boshqalarga har 
tomonlama ta’sir ko’rsatgan. 
O’sib  kelayotgan  avlodning  tarbiyasi  va  ijtimoiy  jarayonlarga  moslashuvida  bilim, 
unga  munosabat  masalasi  doimiy  muammo  hisoblanadi.  Bu  muammo  zamonaviy 
sharoitda  yanada  keskin  ko’rinish  kasb  etmoqda.  Bir  tomondan  iqtisodiy  hayotda  ro’y 
berayotgan jarayonlar shunga olib keldiki, bilimsiz odamlar katta pul topadigan bo’lishdi. 
Ularning  topganlari  bilan  ziyolilarning  maoshini  tenglashtirib  bo’lmaydi.  Buning 
hammasi  yoshlarda  bilim  olishga  qiziqish  pasayishiga  sabab  bo’ldi.  Ularga  bilim  olish 
moddiy  va  ma’naviy  muvaffaqiyat  garovi  bo’lib  tuyulmayapti.  Boshqa  tomondan  esa 
bozor  munosabatlari  va  unga  bog’liq  bo’lgan  texnikaning  doimiy  yangilanishi, 
korxonalar  orasidagi  raqobat,  ishsizlik  yoshlardan  faqat  chuqur  bilimlar  balki  ularning 
doimiy yangilanishini ham talab qiladi. 
YOshlarning  bilim  olishida  Qur’on  suyang’ich  bo’lishi  mumkin.  Ma’lumki, 
Qur’onda  “ilm”  so’zi  750  marta  uchraydi.  Agar  Qur’on  780000  so’zdan  iboratligini 
inobatga  olsak,  “ilm”  so’zi  muqaddas  kitobning  1/104  qismini  tashkil  qilishi  ma’lum 
bo’ladi.  
Qur’on  inson  bilimlarini  ikkiga  ajratadi-  diniy  va  dunyoviy.  Diniy  bilimlar-dunyo 
asoslarini, dunyo yaratilishini bilish. Bilimning bu turi inson yetishishi mumkin bo’lgan 
eng oliy cho’qqidir. Bu masalaga qisqa to’xtalib o’tsak. 


 
154 
Qur’onda  bir  inson  ega  bo’lgan  dunyoviy  bilim  haqidagi  oyatlarni  uchratamiz.  U 
badanning uch a’zosi-ko’z, quloq va yurak bilan qo’lga kiritildi.  
Endi  esa  Qur’on  qoidalari  hadislarida  o’z  rivojini  topishini  ko’rib  chiqamiz. 
F.Rouzental  to’liq  hajmda  Imom  Buxoriyning  “as-Sahih”  asarini  tahlil  qilib  chiqqan  va 
ularda bilimlarga tegishli quyidagi g’oyalarni topgan: 
-  bilim talab qilish jannatga yo’l ochadi; 
-  bilim faqatgina o’qish orqali qo’lga kiritiladi; 
-  inson rahbar bo’lishidan oldin bilimli bo’lishi kerak; 
-  ayollarni o’qitishga ruhsat berilgan; 
-  ilm va olimlarning yo’qolishi dunyoning oxiriga yetganini bildiradi.  
Boshqa mashhur hadis to’plamlari ham islom uchun bilim va fanlar naqadar qadrli 
ekanligini bildiruvchi g’oyalar uchraydi: 

 
olimlar mo’minlardan shunchalik ustunlarki, to’liq oy qancha yulduzlardan ustun. 

 
olimlar o’zlaridan keyin pul emas, bilim qoldiruvchi vorislardir. 
Har bir alohida shaxsning ijtimoiylashtirish munosabati bilan Qur’onning hayot va 
inson  mehnatiga  nisbatan  bo’lgan  munosabati  haqidagi  g’oyalarining  aloqasi  bor.  Uzoq 
yillar  davomida  daxriylar  adabiyotlari  Qur’on  va  shariat  “mehnat  ahamiyatini  keskin 
kamsitishadi  va  jamiyatni  isloh  qilishga  qaratilgan  faol  va  bunyodkor  faoliyatni  inkor 
etishadi”  “islomning  hayotga  nisbatan  tashvish  sifatidagi,  mehnatni  Alloh  qarg’ishida 
qolganga  nisbatan  bo’lgan  munosabati,  shuningdek  esa  ruhoniylarning  yaqinda  qismat 
kuni kelishi nihoyatda reaksion diniy yo’nalishlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ldi deb 
ta’kidlashardi. 
Islomshunoslarning  tadqiqotlari  esa  islomning  inson  hayoti  va  mehnatiga  nisbatan 
umuman  o’zgacha  munosabati  dalolat  bermoqda.  Qur’on  boyliklarni  qoralaydi,  biroq  u 
barcha  boylikni  emas,  balki  Xudo  qismatni  musulmonning  farzlarini  unutishga 
chorlovchi boylikni qoralaydi. Agar boylik din nuqtai nazaridan halol topilgan bo’lsa va 
zakoti  berilsa  uni  islom  qonuniy  hisoblaydi.  Qur’on  harakatsizlikni  ham  qoralaydi.  U 
ham dunyoviy ham diniy ishlardagi faol kishilarni yoqlab chiqadi. 
SHuningdek esa Qur’onning quyidagi suralarida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega: 
4 sura-Niso 
9 sura-Tavba 
55 sura-Raxmon 
58 sura-Mujodala 
64-Tag’ovun 
76-Inson 
107-Moun 
109-Qodirun 
114-Nos 
Bu  borada  tarbiya  tizimiga  hadislarni  qo’shish    nihoyatda  maqbul  hisoblanadi. 
CHunki  ularda  payg’ambarning  hayoti  va  faoliyatidan  turli  hikoyalar  va  uning  axloqiy 
pandlari  mavjud.  Hadislarda  islom  asoslarining  sharhlari  berilgan,  mehribonlik, 
muqaddas  dargoh,  tozalik,  halol-harom,  ayyorlik  kabi  tushunchalar  ko’rib  chiqiladi. 
SHuningdek, yaxshilik, yomonlik, axloq to’g’risida o’gitlar berilgan.  
Hadislarning  pedagogik  taxlili  bu  manbaning  ta’lim-tarbiyaviy  ahamiyatga  ega 
bo’lgan eng muhim mazmuniy yo’nalishlarini aniqlash imkonini berdi: 
-“go’zal xulq sohibi-u insonlarning bir-biriga ishonchini tug’diradi; 
-o’z xatolarining tan olinishi xalqning buyukligidan dalolat beradi; 


 
155 
-o’z  fikrini  bildirishdagi  josuslik-inson  kuchining  ifodasidir.  O’z  fikrini  bildirmaslik  esa 
shariat va sog’lom fikrlashga nisbatan norozilik alomati; 
-o’z  farzini  tushunish  va  uni  majburiysiz  bajarish  insonda  yaxshi  hislatlar  paydo 
bo’lishiga  olib  keladi;  insonning  o’z  Vatani,  do’stlari,  xalqi  oldida  majburiyatini 
bajarishi-inson tarbiyalanganligining ko’rsatgichi; 
-hayotda vaqtni qadriga yetish-insonning va jamiyatning rivojlanishining asosiy shartidir; 
-sabr  qilish  baxtsizlik,  ehtiyoj,  kasalliklarni  yengishga  yordam  beruvchi  hislatlar. 
Muvaffaqiyatga erishish uchun aqldan tashqari sabr ham talab qilinadi; 
-o’ziga  ishonch-rivojlanish  perspektivasidir.  Agar  o’sib  kelayotgan  avlod  bu  xislatdan 
mahrum bo’lsa, millat falokatga giriftor bo’ladi; 
-insonni  farishta  darajasiga  ko’taruvchi  hislatdir.  Undan  maxrum  bo’lgan  kishida  asl 
sevgi  bo’lishi  mumkin  emas.  Ichkilikbozlik,  faxsh,  zino-buning  hammasi  irodasizlikdir. 
Bunaqa insonlar atrofdagilarga, o’z xalqiga zarar keltiradi; 
-chuqur fikr yuritish-insonning aqliy voyaga yetganlik alomatidir; 
-kim o’z o’tmishini yo’qotsa-uning  kelajagi yo’qdir. Qariyalarning hikmatlarini unutgan 
yosh avlod iymonni ham unutadi va shunda yovuzlik yaxshilik ustidan g’alaba qozonadi. 
 
        O’rta Osiyo qomusiy olimlarining ijtimoiy pedagogik g’oyalari. 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish