O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Download 3,66 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/332
Sana31.12.2021
Hajmi3,66 Mb.
#263688
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   332
Bog'liq
ijtimoiy pedagogika

Savollar 
1. 
Rеspublikamizda amalga oshirilgan islohotlarning ijtimoiy hayotga ta'siri 
qanday bo`ldi? 
2. 
Hozirgi  vaqtda  ijtimoiy  pеdagogika    faniga  zaruriyat  tug`ilganligini 
nimalarda ko`rish mumkin? 
3. 
Rahmdillik  va  xayr-sahovatnin  o`rni  tariximizda  va  bugungi  kunda 
qanday? 
4. 
 Ijtimoiy    pedagogikaning    maqsadi,    vazifalari,    ob'ekti    va  predmeti 
nimalardan iborat? 


 
144 
5. 
Ijtimoiy    pedagogika  qaysi      fanlar    bilan    aloqada  rivojlanadi?  Misollar 
keltiring.   
 
 
 
2-Mavzu: 
XORIJDA VA O`ZBЕKISTONDA IJTIMOIY PЕDAGOGIKANING 
RIVOJLANISH TARIXI. O`ZBЕK XALQ PЕDAGOGIKASI VA ISLOM 
TA'LIMOTIDA IJTIMOIY-PЕDAGOGIK G`OYALAR. 
 
Tayanch  tushunchalar:  Antik  davrda  ijtimoiy  pеdagogikaning  rivojlanishi, 
ijtimoiy-pеdagogik  g`oyalarning  rivojlanishi.            «Avеsto»  va  adabiy  manbalarda 
ijtimoiy-pеdagogik  g`oyalar.    O`rta  asrlarda O`rta  Osiyo  qomusiy  olimlarining  ijtimoiy-
pеdagogik g`oyalari. XVIII-XIX asr ma'rifatparvarlarining ijtimoiy-pеdagogik qarashlari. 
XX  asr  boshlarida  ijtimoiy-pеdagogik  faoliyat.  II  jahon  urushi  yillarida    ijtimoiy-
pеdagogik  faoliyat.  O`zbеk  xalq  pеdagogikasida  ta'lim-tarbiya  masalasining  ijtimoiy 
xaraktеri. Sharq mutafakkirlari, ijtimoiy pedagogik fikr, jamiyat va shaxs. 
REJA: 
 
1. 
Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan. 
2. 
O’zbekistonda  ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi tarixi 
a)«Avesto»  da  ijtimoiy-pedagogik  g`oyalar.  Islomdagi    ma’naviy-axloqiy  o’gitlarining 
ijtimoiy mazmuni.  Al-Buxoriy  va at-Termiziy asarlarining jamiyat  va shaxs tarbiyasiga 
oid g`oyalari.  
b)XI-XIX asr ma’rifatparvar shoirlari va olimlarining  ijtimoiy pedagogik qarashlari 
s)1917-1990 yillardagi  ijtimoiy pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari 
d) O’zbek xalq pedagogikasining zamonaviy ijtimoiy g’oyalari. 
3.  O’zbekistonda  zamonaviy  bosqichda    ijtimoiy  pedagogika  rivojlanishining  ijtimoiy-
siyosiy va huquqiy asoslari 
 
        Xorijda ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanish tarixidan. 
Ijtimoiy  pedagogikaning  fan  sifatida  rivojlanishi  ancha  qadimiylikka  borib 
tutashadi.  Uning  qadimiyligibuyuk  mutafakkirlarning  ilmiy  qarashlarida    o’z  tasdig’ini 
topgan. 
Ijtimoiy  pedagogikaning  fan  sifatida  rivojlanishining  Birinchi  bosqichi-  qadimgi 
davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, 
tarbiya  tajribasining  anglanishi,  pedagogik  va  ijtimoiy  nazariyalarning  shakllanishi  ro’y 
bergan.    Ijtimoiy  pedagogikaning  bu  rivojlanish  bosqichi  tarbiyani  ijtimoiy  hodisa 
sifatida  asta-sekin  tan  olinishi  bilan  xarakterlanadi.    Buning  natijasida  turli  tarbiya 
nazariyalari paydo bo’lgan. 
Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi avvalambor, insoniyat tarixining 
ilk  bosqichlarida  ham  ijtimoiylashtirish  muammosining  mavjud  bo’lganligi  bilan 
izohlanadi.  CHunki  ibtidoiy  jamoada  to’plangan  boy  tarbiyaga  oid    ijtimoiy  pedagogik 
g’oyalar  haqida  gapirishga  imkon  beradi.  Tarbiya  ijtimoiy  hodisa  sifatida  insonning 
hayvonot  olamidan  ajralishi  bilan  paydo  bo’lgan..  Dastlab  tarbiya    faoliyat  turi  sifatida 
yuzaga  kelgan  bo’lsa,  keyinchalik  esa  o’ziga  o’ziga  xos  faoliyat  turiga  aylangan  va  bu 
bilan  shug’ullanuvchi  odamlar-tarbiyachilar  paydo  bo’lgan.  Vaqt  o’tgani  sari  tarbiya 


 
145 
jarayoni ham  murakkablashib borgan,  yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, 
uning  axloqiy  jihatlariga  e’tibor  qaratila  boshlagan.  Juft  oilalarning  oilaviy  tarbiya  ham 
ommalasha  boshlagan.  Bundan  tashqari,  arxeologik  ma’lumotlar  ibtidoiy  jamoada  kasal 
va  yaradorlarga  yordam  ko’rsatilganligini  bolaligida  olingan  jarohatlar  tufayli  vafot 
etganlarning  skeletlari  asosida  to’la  tasdiqlaydi.    Bu  kabi  qarashlar  etnografik 
ma’lumotlarda  paydo  bo’lish  bilan  ham  o’z  tasdig’ini  topgan.  Ibtidoiy  jamoa  tuzumida 
yashagan barcha  elatlarida mehnatning jins  va yoshga qarab ajratish  an’anasi bo’lgan. 
Mavjud  yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-xunarlarga o’rgatishgan.  
Bularning hamasi  ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning  ilk ko’rinishlari  
mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi. 
Agar  ibtidoiy  davrni  ijtimoiy    pedagogik  amaliyotning  vujudga  kelishiga  zamin 
yarangan  bo’lsa,  qadimgi  dunyoning  ilk  sivilizatsiyalarining  paydo  bo’lishi  ijtimoiy-
pedagogik  fikrning  shakllanishiga  kuchli  ta’sir  ijtimoiy-pedagogik  fikrning  shakllanishi  
yozuv  hamda  pedagogik  g’oyalarning  yozma  manbalarda  ko’rsatilgan  saqlanib  qolish 
hodisasi bilan bog’liqdir.  
SHarqning quldorlik davlatlarida  ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta   mualliflar 
tomonidan  shakllantirilgan  va  odatda  muqaddas  kitoblar  shaklida  butun  xalq  mulkiga 
aylangan  (Xitoyda-SHukit,  Hindistonda-Vedalar,  Misrda-Tot  xudosi  kitoblari,  O’rta 
Osiyoda-Avesto va boshqa). 
Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida  ijtimoiy 
pedogogik g’oyalarni yaratuvchilarining nomlari ma’lum bo’la boshlaydi. 
SHubhasiz, ijtimoiypedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) 
faylasuflari  katta  hissa  qo’shishgan.  Xususan,  Suqrot  (mil.  avv.  469-399  y)    “O’z 
o’zingni  angla” degan shiorni ilgari surgan  va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni 
yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan. 
Demokrit  (mil.  avv.  460-370  y)  o’z  ta’limotida  tarbiyada  bola  tabiatini  hisobga 
olish  tamoyilini  asoslab  bergan.  Bundan  tashqari  uning  fikricha,  bola  tarbiyasini 
yoshligidan boshlamoq kerak. 
Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o’zaro munosabati 
g’oyasini ilgari surgan. Uningcha tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo’lgan.  
Arastu  (mil.avv.  384-322  y)  faylasuf,  qomusiy  olim.  U  antik  duyoda  tarbiyaning 
eng  to’liq  nazariyasini  ishlab  chiqqan.  Aflotundan  farqli  o’laroq  u  inson  tarbiyasida 
asosiy urg’uni davlatga to’liq bo’ysundirishga emas, balki insonning o’zini manfaatlariga 
qaratadi.  SHaxsning  jamoat  bilan  uyg’un  rivojlanishi  to’g’risidagi  g’oya  ham  unga 
tegishlidir. 

Download 3,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   332




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish