faravon hayot asosini qurish deganidir”
1
.
Shu
jihatdan
olganda,
mamlakatimizda sog’lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani, «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh
etilayotgani ham ana shu ulug’vor vazifani amalga oshirish yo’lidagi muhim
qadamdir.
Huquqiy demokratik davlatimiz, ochik fuqarolik jamiyatining eng ustuvor
yo’nalishlaridan biri sanalmish ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning
asosiy maqsadi - bu jarayonning sifati va samaradorligini oshirishga qaratilgan
tadbirlar majmuasidan iborat. Shu boisdan, mamlakatimiz mustaqilligidan so’ng
yosh avlodga o’tmish merosimizni xolisona baholashga keng imkoniyatlar
yaratildi.
Istiqlolning dastlabki yillarida prezidentimiz davlatchilik tariximiz tub
burilish pallasiga kirgan bir paytda o’zimizning zamon va makondagi o’rnimizni
aniq belgilab olishimiz, nasl-nasabimiz, kimligimizni bilishimiz keraligini uqtirgan
edilar. Bu yo’lda barcha akademik olimlarni, adib va tarixchilarga shunday
mas’uliyatli vazifa topshirgan edilar.
6
Bugun istiqlolimiz sharofati bilan yurtimiz
rivojlanish va taraqqiyot davrini boshidan kechirayotgan bir davrda milliy
madaniyatimizni, tariximiz va xalqimiz urf-odatlari, an’analarini jahonda
bilmaydigan yoki tanimaydigan odam bo’lmasa kerak.
Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy merosini o’rganish,
shuningdek, asarlarida keltirilgan ilmiy qarashlar yosh avlodni barkamol va
jismoniy baquvvat qilib tarbiyalashda , uning ichki dunyosini rivojlantirishda,
binobarin, yangi ijtimoiy munosabatlarni barpo qilishda imkoniyat beradi. Pirovard
natijada bu yangi ilmiy-madaniy, hamda ijtimoiy-siyosiy muhit, milliy
mafkuraning ajralmas qismi sifatida milliy ongni shakllantirishni ta’minlaydi. Bu
esa jamiyatimizda har tomonlama barkamol, sog’lom, dunyoqarashi teran
shaxslarning shakllanish jarayonini tezlashtiradi.
1
Karimov I.A. “O’zbekiston buyuk kelajak sari”. Toshkent: “O’zbekiston”, 1998. 56-bet.
6
Karimov I.A. “Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q”. Toshkent: ”Sharq” 1998, 5-bet
5
Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’lim -
tarbiyaga oid boy merosini yaratib, takomillashtirib, insoniyatning yuzlab
avlodlarini insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr - oqibat, mehnatsevarlik, do’stlik,
saxiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida tarbiyalab kelgan. Xalqimiz yaratgan
ma’rifiy fikr sarchashmalari qadim - qadimlarga borib taqaladi. Lekin
mustaqillikka erishgunimizga qadar biz bu meroslarning baridan bebahra edik.
Istiqlolimiz sharofati bilan milliy - madaniy merosimiz, qadriyatlarimiz,
ma’naviyatimizni o’rganish va uni yanada yuksaltirish uchun imkoniyatlar yuzaga
keldi.
Yurtboshimiz I.A.Karimov O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX
sessiyasida so’zlagan nutqlarida ta’kidlaganlaridek:
Do'stlaringiz bilan baham: |