Iqtisodiy rivojlanish darajasiga ko’ra dunyo mamlakatlarini guruhlarga ajratish. Turlashtirish ko’rsatkichlari. Davlatlarni turlarga ajratish tarixiy xususiyatlarning vujudga kelish va rivojlanishiga asoslanib amalga oshiriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy ko`rsatkichlar asosi maksimum keng bo’lishi lozim, chunki bu turlarga bo`lishda muhim Xalqaro taqqosda eng birinchi va muhim talab ko`rsatkichlar bo`yicha davlatlarning bir diapazonda lokalizatsiyasi. Albatta kapitalizm bosqichini erta bosib o`tgan AQSH va Angliyani Qatar yoki Saudiya Arabistoni bilan taqqoslab bo`lmaydi, hatto ularning YaIM ko`rsatkichlari bir xil bo`lsa ham bu davlatlarda kapitalizm paydo bo`lishi har xil.
Davlatlarni turlarga ajratishda uzoq statistik yo`lni bo`sib otishga tog`ri keladi.
Tanlangan davlat ko`rsatkichlari oddiy bo`lishiga qaramay, tushuntirishlarni talab qiladi. Chunki, hech bir ko`rsatkichni olib tashlash yoki o`zgartirish mumkin emas. Наг bir davlatning tavsifi uning hududi va aholisidan boshlanadi. Hudud davlatning tabiiy-уег, mineral, o’rmon, suv resurslari bilan korrelyatsiyalanadi. Albatta, davlat maydoni - muhim harbiy strategik ko`rsatkich. Aholi soni esa ichki bozor hajmi, mehnat resurslari o’lchovi hisoblanadi. Hozirgi kunda hech bir davlat 50 mln. aholisiz «buyuk davlat» maqomiga ega bo’la olmaydi. Iqtisodiy faol aholi (IFA) va YalM ko`rsatkichlari bilan katta ehtiyotlik bilan muomala qilish kerak. Yodda tutish kerakki, IFA va YalM hamma ko`rsatkichlarni o`zida jamlay olmaydi. Shartli ravishda ishsizlar, ya`ni davlat hisobiga yashayotganlar hisobdan chiqariladi. Keyin shaxsiy kichik biznes (ko`chadagi savdogar, mashina yuvish) kishilari hisobidan o’chiriladi. Bu IFA hamma ko`rsatkichlari tarmoqsiz sektor degani. Qonuiyat bo’yicha aholi bandligi kapitalsiz rivojlangan davlatlarga qishloq xo’jaligi ishchilari evaziga to`ldirib boradi. Ammo shunday industriyalizatsiya tugaganidan keyin ishlab chiqarish kuchayadi. Masalan AQSHda ishlab chiqarish shunaqa pasayganki, hatto Portugaliya, Ispaniya, hatto Italiya ko`rsatkichlaridan ham past, lekin bu ular AQSH- dan ustun degani emas. Bu holatda davlat bandlik tuzilmasi taqqoslashga asos bo`ladi. Bugungi kunda davlat energetika bilan ta’minlanganligi muhim ahamiyatga ega. Eng keng qo`llaniladigan ko`rsatkichlardan biri energetikaning jon boshiga iste’molidir. Bunday ko`rsatkichlar kichkina davlatlarda rekordlarni qayd etmoqda. Lekin ular davlat rivoji emas, balki neft zaxiralari ko’pligini ko’rsatadi. Ayrim davlatlarda yoqilg’i yuqori darajada (Shvetsiya, Yaponiya), ayrim davlatlarda esa umuman past (Uganda, Botsvana).
Davlat turini aniqlashda qishloq xo`jaligida kapitalizmni rivojlanish darajasi muhimdir. Bu holatda ikki bir-biriga mos keluvchi ko’rsatkichlar - mehnat unumdorligi va yer unumdorligi e’tiborga olinadi. Agar bu ko`rsatkichlar alohida olinsa «ishlamaydi», ammo birgalikda ular har tomonlama natija beradi. Kapitalizm rivojlangan davlatlarda bu ikki ko`rsatkich yuqori darajada. Ko’rsatkichlar tizimida davlat turini aniqlashda shu davlatning boshqa davlatlar bilan xalqaro munosabatlari alohida ahamiyatga ega. Bu, eng avvalo, rivojlangan davlatlar uchun kapital eksporti, rivojlanayotgan davlatlar uchun kapital
Xulosa o`rnida, aytib o`tish lozimki, o`zlashtirish uchun qo`llaniladigan bu ko`rsat- kichlarning to’liq mosligini izlash shart emas. Chunki, har bir davlatning o’ziga xos xususiyatlari bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |