Iqlim va rekreatsion resurslar
1. Tabiiy iqlim resurslari, antropogen omillar ta’siri ostida keskin o`zgarishlar xavfi bor. Tartibga solishni talab qiladi. 2. Umumiy ekologok balans resurslari yo'qolishga yaqin. Geomuhitni qaytarib bo’lmas o`zgarishlar xavfi bor. Diqqatga sazovor va tezda tartibga solishni talab qiladi. 3. Rekreatsion resurslar yuqolish tez bormoqda. Ifloslanish kuchaymoqda.
Zamon va makon resurslari
Hududiy, suv, kosmik makon resurslari. Iqtisodiyotga zidlik, natijasizlik, ifloslantirish faktlari kuzatilmoqda, aholisi zich. Chiqindilar to`planishi. Diqqatga sazovor va tartibga solishni talab qiladi.
2. Zamon va makon resurslari. Eng noyob resurslardan biri. Insoniyat tizimli ravishda resurs haqida fikrlashga o`tgani yo’q. Ekologlar alam bilan hazil qiladilar: «Insoniyat hamma global muammolami yechishi mumkin.»
20 asr o`rtalariga kelib, FTI o`sishi munosabati bilan sanoat ishlab chiqarishi dunyo bo`yicha tezlashdi. Barcha mamlakatlar hududlarini o`rganish va o`zlashtirish rivojlanib ketdi. Bu esa insonlar oldiga bir qancha muammolarni kundalang qilib, turli qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda. Bunday muammolarni bartaraf qilishda jahon mamlakatlari olimlari ko`p bosh qotirishmoqda. Keyingi 30 yil ichida dunyo mamlakatlarida sarflangan xomashyo, mineral resurslarning salmog`i va sifatiga putur yetib kelmoqda. Hozirda dunyo mamlakatlarida resurslardan rejali foydalanish konsepsiyalari ishlab chiqilmoqda, kelajak avlodning ulushini saqlab qolishga harakat qilinmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar hududlaridan har yili tabiiy va mineral boyliklar rejasiz ravishda o`zlashtirilmay tashib ketilmoqda. Bu holni sobiq Ittifoq misolida ko`rishimiz ham mumkin. Ekologiyani buzmaslik uchun ko`p ishlar qilishimiz kerak. Ayrim davlatlar tabiatni, biosferani, dunyo okeanlari suvlarini ifloslanishiga sababchi bo`lmo`da. Bizga ma’lumki dunyo aholisi soni uzluksiz ravishda o`sib bormoqda, aholining talab va ehtiyojlarini qondirish muammosi mavjud.
Jahon mamlakatlari hududlarida tabiiy resurslar notekis joylashgan. Ayrim regionlarda tabiiy resurslar yetarli bo`lgani bilan foydalanish qiyin. Ular o`ta baland tog` yoki o`ta sovuq yerlarda joylashgan. Tabiatda tugaydigan, tugamaydigan va qayta tiklanadigan boyliklar mavjud. Tugaydigan tabiiy resurslarga qazilma boyliklar va biologik ko`rinishlar kiradi. Qisman tiklanadigan resurslarga tuproq, o`rmon, o`simlik va hayvonot dunyosi, tugamaydiganga esa havo, quyosh, suv misol bo`lishi mumkin. Qazilma boyliklar mavjudligi mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o`ynaydi. Ularsiz energetika, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlarni rivojlantirib bo`lmaydi. Qazilma boyliklar qattiq, suyuq va gaz holda olinadi. Mineral resurslardan foydalanish yildan yilga ortib bormoqda. 1980 yil aholi jon boshiga 20 tonna qazilma boylik olingan bo`lsa, shu kunlarda bu ko`rsatgich 5-7% ga oshib ketdi. Yirik qazilma boyliklar Kembriy davrigacha bo`lgan yotqiziqlarda ko`p uchraydi. Ekvatorning janubiy qismi Afrikada turli qazilma boyliklar mavjudligi ma’lum. Neft va gaz Fors ko`rfazi, Meksika qo`ltig`i, Shimoliy dengizda borligi aniqlangan. Mineral resurslar rivojlanayotgan davlatlar hududlaridan ko`plab topilmoqda. Jumladan qalayning 90%, olmosning 78%, neftning 73% shu hududlarda joylashgan. Qazilma boyliklarning narxi oshib bormoqda, ayrimlarining yuqolib ketish xavfi bor. Jumlagan, simob 15 yilda, qalay 20 yilda, neft va mis 35 yilda tugashi bashorat qilinmoqda. Hozir dengiz va okean tubidan foydalanish dasturi ilgari surilmoqda. 1980 yildan neft va gazning ¼ qismi dengiz shelflaridan olinmoqda. Buyuk Britaniya, Kanada, Yaponiya ko`mirning 10%, Indoneziya qalayni shu tariqa qazib chiqarmoqda. Ular dengiz tubidan 300-400 metr chuqurlikdan olinmoqda. Okean tublarida olmos, oltin, uran, temir, mis kabi qazilma boyliklar zahirasi borligi aniqlangan. Ularni olish yo`li topilsa, insoniyat bir necha yuz yillirgacha xomashyoga ega bo`lardi.
Do'stlaringiz bilan baham: |