O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta'limi vazirligi navoiy davlat pеdagogika instituti



Download 5,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet352/409
Sana30.12.2021
Hajmi5,11 Mb.
#92409
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   409
Bog'liq
boshlangich talimda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bakalavriat bosqichi talabalari uchun

Pedagog.  Pedagogik  texnologiyaning  loyihachisi  ham,  uni  amaliyotga  joriy  etuvchi  ham 
pedagog  (6-element)  hisoblanib,  malakali  mutaxassis  tayyorlashdek  muhim  ijtimoiy  (davlat) 
buyurtmasini bajaradi. Xo’sh, pedagogning pedagogik tizimda tutgan o’rni nimadan iborat? 
1.  O’qituvchi  davlat  buyurtmasiga  mos  keladigan  ta`lim-tarbiya  maqsadini  (2-element) 
tashxislanuvchan  holda  aniq  va  ravshan  belgilashi  kerakki,  natijada  ajratilgan  vaqt  ichida  unga 
erishishni ta`minlaydigan didaktik  jarayonni tuzish  va  joriy  etish to’g’risida  xulosa qilish  mumkin 
bo’lsin. 
2.  O’qituvchi  belgilangan  ta`lim  maqsadiga  to’g’ri  keladigan  o’quv-tarbiyaviy  jarayon 
mazmunini  (3-element)  saralashda  fanning  abstraktsiya  pog’onalarini  (b)  va  o’zlashtirish 
darajalariga (a) mosligini inobatga olishi zarur. 
3.  O’qituvchi  pedagogik  tizimning  tarkibiy  elementi  sifatida  didaktik  jarayonni  (4-element) 
tuzish talablari bilan tanish bo’lishi va uning eng maqbul variantini har bir dars mavzusiga bog’liq 
holda  loyihalashi  kerak.  Bu  talablar  jadallashtirish  va  tabiatan  monandlik  printsipidir. 
Jadallashtirish   printsipi  didaktik  masalalarni  ma`lum  vaqt  doirasida  birmuncha  tez  va  yuqori 
saviyada  hal  eta  oladigan  didaktik  jarayonni  qo’llashni  talab  etadi.  Ta`lim  va  tarbiyada 
jadallashtirish  printsipini  aniqlab  beruvchi  omil  o’quvchilarning  ma`lum  faoliyatni  o’zlashtirish 
tezligi  hisoblanadi.  Ikkinchi  printsip  o’quv-tarbiyaviy  jarayonni  shunday  tashkil  etishga 
asoslanadiki, bunda mumkin qadar o’quvchilarning keng doirada tajriba (bilim, ko’nikma va ijodiy 
faoliyat)  egallashiga  imkon  tug’diradigan  va  ularning  aqliy  zakovatini  rivojlantira  oladigan 
mexanizm vujudga kelsin. 
4.  O’qituvchi  didaktik  jarayonni  amalga  oshirishda  o’qitishning  samarali  shakllaridan  (5-
element)  foydalana  olishi  zarur.  Bu  pedagogik  tizimda  elementlarning  ma`lum  qonuniyat  asosida 
bog’liq ekanligini bildiradi. Bu bog’lanishlardan foydalanish va maqbul bo’lgan tashkiliy shakllar 
topish ta`limda rasmiyatchilikni yo’qotishga yo’l ochadi. 
5.  O’qituvchi  pedagogik  tizimning  ishtirokchisi  bo’lgan  o’quvchi  (talaba)ning  (1-element) 
ta`lim  mazmunini  va  tarbiya  ta`sirini  qay  darajada  egallayotganligini  eng  maqbul  usullar  bilan 
nazorat  qilib  borishi  lozim.  Olingan  axborotlar  pedagogik  tizimni  maqsadga  muvofiq  tarzda 
boshqarish  imkoniyatini  beradi  yoki  pedagogik  tizimdagi  qaysi  elementning  mazmunini  tuzatish 
kerak ekanligini belgilab beradi. 
  
   O’qituvchi faoliyatining texnologiyalanuvchanligi 
Bugun  Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturida  belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirish  uchun 
ijodiy pedagogika, ijodkor o’qituvchiga ehtiyoj nihoyatda ortib bormoqda. Ajoyib maktab qurilishi 
mumkin, o’quv xonalari zamonaviy jihozlar bilan bezatilishi mumkin, yangi o’quv darsliklari nashr 
qilinishi mumkin - lekin bularnig hammasi hali etarli emas. Maktabga haqiqiy pedagog, o’qituvchi -
   shaxs  kirib  kelgandagina  ular  jonlanadi,  ijodiy  pedagogikaning  mash`alasi  uchqunlanadi, 
pedagogik  nazariya  va  tizimlar,  ko’rgazmali  qo’llanmalar  harakatga  keladi.  Bugun  ta`lim 
muassasalariga ijodkor o’qituvchilar kerak. Prezidentimiz "zamonaviy bilim berish uchun, avvalo, 
murabbiylarning  o’zi  ana  shunday  bilimga  ega  bo’lishi  kerak"  deganda  fidokor  pedagoglarni 
nazarda tutgan edi. 
Ijodiy  pedagogik  faoliyat  -  bu  inson  shaxsini,  uning  dunyoqarashini,  ishonchini,  ongini, 
xulqini  shakllantirishga  bo’ysindirilgan  cheksiz  masalalarni  echish  jarayonidir.  Psixologik  - 
pedagogik adabiyotlarda pedagogik faoliyat turlari (ta`lim beruvchi, tarbiyalovchi, rivojlantiruvchi, 
safarbarlik,  tadqiqotchilik,  tashkilotchilik,  kommunikativ  va  boshqa)  qator  olimlar  tomonidan 
tadqiq qilingan. SHu bilan birgalikda pedagogik faoliyat muntazam o’zgaruvchan, yangilanuvchan, 
rivojlanuvchanligi bilan ajralib turadi, unga ijtimoiy buyurtma uzluksiz ta`sir ko’rsatadi. 
O’quv-tarbiyaviy  jarayonni  ilg’or  pedagogik  texnologiyalar  bilan  ta`minlash  vazifasi  ham 
bevosita  o’qituvchidan  ijodkor  faoliyatni,  qolaversa,  ishlab  chiqarishga  tegishli  bo’lgan  soha 
bilimlarini  talab  etadi.  Modamiki,  texnologiya  mavjud  ekan,  uni  ta`lim-tarbiyaga  singdirish  shart 
ekan,  bu  jarayon  qaerda  kechishi  mumkin,  degan  savol  tug’ilishi  tabiy.  Javob  aniq:  u,  shaksiz, 
pedagogik  korxonada  -  pedagogik  ishlab  chiqarish  jarayonida  ro’y  beradi.  Taniqli  pedagoglardan 


biri ta`kidlaganidek, "bizning pedagogik ishlab chiqarish hech qachon texnologik mantiq bo’yicha 
qo’rilmagan,  aksincha  har  doim  ahloqiy  va`z  (nasihat)  mantiqi  bo’yicha  qurilgan.  SHu  sababdan 
ta`limda  ishlab  chiqarishning  barcha  muhim  bo’limlari  shunchalik  ishtiroksiz  qolyapti".  Ushbu 
faslning vujudga kelish sabablaridan biri ham ana shu holat. 
Endilikda  pedagogik  atamalar  tarkibiga  "texnologiya",  "operatsiya"(amal),  "ishlash 
qobiliyati", "texnik nazorat", "dopusk" (o’lcham  farqi) kabi qator tushunchalarni kiritish, ularning 
peadgogik talqinini yaratish va bevosita o’qitish jarayonida qo’llash kundalik zaruratga aylanmog’i 
darkor.  Zamonaviy  o’qituvchi  faoliyati  bilimlarni  uzatuvchi  oddiy  metodist  sifatida  emas,  balki 
"o’qituvchi - texnolog" nuqtai nazaridan baholanishi kerak.  
Texnologiya - bu shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonunlarini o’zida jo qiladigan 
va  yakuniy  natijani  ta`minlaydigan  pedagogik  faoliyatdir.   "Texnologiya"  tushunchasi  regulyativ 
(tartibga solib turuvchi) ta`sir etish kuchiga ega bo’lib, erkin ijod qilishga undaydi: 
- samarador o’quv-bilish faoliyatining asoslarini topish; 
-  uni  ekstensiv  (kuch,  vaqt,  resurs  yo’qotishga  olib  keladigan  samarasiz)  asosdan  ko’ra 
intensiv (jadal), mumkin qadar ilmiy asosda qurish; 
- talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlaridan foydalanish; 
- o’qitish daomida tuzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga tayangan holda yo’qotish; 
- ta`lim jarayonini yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy xarakatlarni algoritmlash; 
- texnik vositalarni yaratish, ulardan foydalanish metodikasini o’zlashtirish va boshqa. 
Texnologiya  murakkab  jarayon  sifatida  qator  o’qitish  bosqichlaridan,  o’z  navbatida  bu 
bosqichlarning har biri o’ziga hos amallardan iborat bo’ladi. 
Amal  -  o’qituvchining  sinfda  mavzu  bo’yicha  o’quv  elementlarini  tushuntirish  borasidagi 
bajargan  ishlar  yig’indisi  bo’lib,  o’qitish  jarayonining  shu  bosqichida  tugallangan  qismini  tashkil 
etadi.  Agar  o’quv  predmetining  har  bir  mavzusi  alohida  bosqich  hisoblansa,  shu  mavzu  bo’yicha 
o’quv  elementlarining  har  biri  alohida  amal  sifatida  qaralishi  mumkin.  Amal  texnologiya  asosini 
tashkil  etib  ta`lim  maqsadini  rejalashtirishda  va  amalga  oshirishda  e`tiborga  olinadigan  asosiy 
element  hisoblanadi.  Amallar  bir  qator  usullardan  iborat  bo’lib,  ularning  har  biri  harakatlarga 
bo’linadi.  Boshqacha  qilib  aytganda,  biror  bir  o’quv  elementini  tushuntirish  uchun  o’qituvchi 
samarali  ta`lim  vositalari,  metodlaridan  foydalanish  davomida  u  yoki  bu  algoritmik  harakatni 
maqsadiga mos holda aniq bajaradi. 
Texnik  nazorat  -  o’qituvchi  (laborant)  faoliyatiga  tegishli  funktsiya  bo’lib  texnologiyada 
ishtirok etayotgan vositalarning texnik holatini aniqlash va baholashdir. Binobarin, qo’llanish zarur 
bo’lgan  o’qitishning  texnik  (yoki  ko’rgazmali  qurollar,  trenajerlar  va  boshqa)  vositalarni 
mashg’ulot oldidan tayyorlash yoki ishlatish jarayonida o’zgaradigan  xususiyatlarini belgilab olish 
ta`lim jarayonining bir tekisda, uzluksiz davom etishni, vaqtdan samarali foydalanishni kafolatlaydi. 
Vaqt  o’tishi  bilan  u  yoki  bu  texnik  vosita  ko’rsatkichlari  o’zgarishi,  pasportida  ko’rsatilgan 
miqdordan  farqlanishi  mumkin.  SHu  boisdan  "dopusk"   tushunchasi  texnologiyada  qo’llaniladi.  
Dopusk - eng katta va eng kichik chekli o’lchamlar orasidagi farq, o’lchamdir. Didaktik jarayonda 
foydalanilayotgan  har  bir  texnik  vosita  uchun  dopusk  maydoni  -  ishlatish  chegarasi  bo’ladi.  Agar 
shu chegara buzilsa pedagogik texnologiya bosqichlri sifatiga putr etadi yoki ko’zlangan maqsadga 
erishib bo’lmaydi. Demak, o’qitishning texnik vositasini yaroqli holga keltirish choralari ko’riladi.  
Dopusk tushunchasiga, shuningdek, reyting tizimida ham duch kelishimiz mumkin.  O’quvchi 
(talaba) bilimini baholashda chekli ballar miqdori keltiriladi: "o’rta" - 55-64,9 ; "yuqori" - 65-85,9 ; 
"juda yuqori" - 86-100. Demak, o’quvchi bilimini   "o’rta" baholashda dopusk qiymati - 64,9-55 q 
9,9  va hakoza. 
O’qituvchi  faoliyati  tavsifnomasida  "texnologiyalanuvchanlik"  o’ziga  xos  yangi  tushuncha 
sifatida  o’z  o’rnini  topishi  kerak.  U  ta`lim  jarayonining  samaradorligini,  maqbulligini,  ilmiyligini 
yangi  sifat  darajasiga  ko’tarilganligini  belgilab  beradi.  YOxud  texnologiyalanuvchanlik  -  bu 
pedagogik  jarayonnig  texnikaviy  qurollanganligini  yoki  instrumentallik  darajasini  belgilovchi  tik 
ko’rsatkichdir.  
Texnologiyada oldindan  belgilangan  maqsadga to’liq  mos keladigan  natijalarni ta`minlovchi 
predmetli  sohaning  ob`ektiv  qonunlari  o’z  ifodasini  topadi.  Biroq  pedagogik  faoliyatning 


texnologik  jihatlari  (texnikaviy  yoki  boshqa  materialli  faoliyatdan  farqlanuvchi)  shaxs  sifat 
ko’rsatkichlaridan, uning  mag’zi esa  - hayajonli-axloqiy tajriba elementlaridan ayri  holda  bo’lishi 
mumkin emas. 
Pedagogik texnologiya  inson ongi, tafakkuri  bilan  bog’liq  bilimlar sohasi sifatida  murakkab 
va hammaga ham tushuntirish mumkin bo’lmagan pedagogik jarayonni ifoda etadi.  Uning o’ziga 
xos  jihati  -  tarbiya  muammosini  ham  qamrab  olishidir.  Demak,  texnologiya  samaradorligi  inson 
o’zining  ko’pqirrali  tomonlari  bilan  unda  qanchalik  to’liq  namoyon  bo’lyapti,  uning  psixologik-
kasbiy  jihatlari,  ularni   kelajakda  rivojlanishi  (yoki  pasayishi)  qanday  hisobga  oliniyapti,  degan 
savollarning  echimiga  bog’liq  ekan.  SHu  jihatdan  olganda  texnologiya  shaxsning  rivojlanish 
bosqichlarini  loyihalashtirish,  tashxislash  kabi  imkoniyatlarga  ham  ega  bo’ladi.  Bu  esa 
o’qituvchining texnologik jarayon bilan ishlash qobiliyatiga bog’liq. 
O’qituvchining  belgilangan  ta`lim  (tarbiya)  vazifalarini  me`yoriy  hujjatlarda  ko’rsatilgan 
talablar  asosida  yo’l  qo’yiladigan  chegaraviy  ko’rsatkichlar  doirasida  bajarish  holati  ishlash 
qobiliyati  deb  atalishi  mumkin.  Binobarin,  u  yoki  bu  fan  o’qituvchisining  mahoratini  aniqlashda 
uning faoliyati davlat ta`lim standartlari talablariga va pedagogik shartlarga nechog’lik mos kelishi 
nazarda tutiladi.  
Pedagogik  nashrlarda  o’qituvchi  faoliyatini  baholash  uchun  qator  ko’rsatkichlar  tavsiya 
etiladi, shu jumladan: 
1)  pedagogik  natijaviylik  -  o’qituvchi  o’qitgan  guruhida  fan  bo’yicha  o’zlashtirishininig 
o’rtacha qiymati; 
2)  o’qitishning  ilmiylik  darajasi  -  o’qituvchining   o’quv  elementlarini   fan  abstraktsiyasi 
pog’onalari bo’yicha tushuntirishi; 
3)  ta`lim  mazmunini  metodik  tayyorlash  -  umumiyligi,  izchilligi,  harakatdaligi,  ortiqcha 
emasligi kabi talablarni e`tiborga olinishi; 
4) ta`limda u yoki bu natijani qo’lga kiritish yo’llaridan samarali foydalanish - ekstensiv yoki 
intensiv sharoitda va hakoza. 
Aslida ijodkor o’qituvchi uchun asosiy kasbiy-me`yoriy ko’rsatgich - bu birinchi navbatda o’z 
holatini pedagogik  jarayonda  bunyodkor sifatida  his etishi  va anglab etishdir. O’qituvchi o’zining 
pedagogik faoliyatiga xususiy kasbiy yaroqligini, pedagogik voqelikdagi o’z o’rnini baholay olmas 
ekan, undan hech qachon ijodkorlikni talab qilib bo’lmaydi. Pedagogik faoliyatga kirib kelayotgan 
har  bir  inson  o’zining  unga  moslanuvchanligini,  qolaversa  "inson-inson"  ko’rinishdagi  kasblar 
tizimiga - pedagogik mehnat ana shunday tizim  -  layoqati, qiziqishi borligini to’liq tasavvur etishi 
kerak.  Bu  sifatni  aniqlash  yo’llari  hilma-hil.  Misol  tariqasida  quyidagi  tayyor  testni  tavsiya  etish 
mumkin (Klimov E.A.): 
1. Boshqalar sizni muloqatda xafa qilib qo’yadigan, ozor beradigan shaxs deb hisoblaydimi? 
2.  Sizning  dilingizda  muloqat  natijasida  turli  ehtiroslardan  hosil  bo’lgan  xafgarchilik  yoki 
xursandchiliklar uzoq saqlanib turadimi? 
3. Kayfiyatingizda ko’tarilish va tushish hollari tez-tez bo’lib turadimi? 
4. O’z nomingizga qilingan tanqiddan og’ir va uzoq aziyat chekasizmi? 
5. Sizni shovqin, quvnoq kompaniya charchatadimi? 
6.  YAngi  odamlar  bilan  tanishganingizda  o’zingizda  sezilarli  darajada  qiynalish,  uyalish 
holatlari kechadimi? 
7. U yoki bu haqda o’zga odamlardan so’ragandan ko’ra kitoblar yordamida bilib olishingiz 
engil va yoqimlimi? 
8. O’zingizda yolg’iz dam olish, jimjitlikda bo’lish istagi tez-tez sezilib turadimi? 
9. Siz gaplashish to’g’ri kelganda kerakli so’zlarni uzoq qidirasizmi? 
10.  Siz  keng  davrada  yangi  tanishuvdan  ko’ra  doimiy  tanish  bo’lgan  kichik  guruhni 
xohlaysizmi? 
Agar  javoblar  ko’pchilik  savollarga  "ha"  tarzda  bo’lsa,  ochig’i  pedagogik  faoliyat  oson 
kechmaydi. O’qituvchi o’z-o’zini kasbiy-shaxsiy tarbiya ishlari sohasida ko’p mehnat qilishi kerak 
bo’ladi.  eng  muhimi,  xususiy  pedagogik  faoliyat  mohiyatini,  ahamiyatini  va  maqsadini  tushunib 
etish,  doimiy  ravishda  joriy  o’qitish  vazifalarini  istiqbollilari  bilan  birga  olib  borishni  uddalashi 


kerak.  Agar  shu  qobiliyat  o’qituvchida  yo’q  bo’lsa,  u  yaxshigina  "bajaruvchi"  bo’lishi  mumkin, 
lekin hech qachon ijodkorlik pog’onasiga ko’tarila olmaydi. 
Pedagogik  texnologiya  esa  har  doim  ta`lim  maqsadini  aniq  o’rnatishdan  boshlab  to  uning 
natijalarini baholashgacha bo’lgan bosqichlarning har biri uchun ijodiy faoliyatni talab etadi. Xo’sh, 
o’qituvchi  faoliyatining  texnologiyalanuvchanlik  darajasi  qanday  mezonlar  bilan  o’lchanadi? 
Fikrimizcha, bunday mezonlar sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko’rsatish mumkin: 
- tashxislanuvchan o’rnatilgan maqsad - o’quvchi(talaba) tomonidan didaktik jarayon mahsuli 
sifatida o’zlashtirilgan aniq o’lchamli tushunchalar, amallar, faoliyat turlari; 
- ta`lim mazmunini o’quv elementlari yordamida bayon qilishda abstraktsiya pog’onalarining 
va axborotlarni o’zlashtirish darajasining hisobga olinishi; 
-  o’quv  materiallarni  o’zlashtirish  bosqichlarining  etarlicha  mantiqiy  qat`iyanligi  -  didaktik 
jarayon  tuzilmasiga mosligi; 
- o’quv jarayoniga yangi vositalar va axborotlashtirish usullarining joriy etilishi; 
-  o’qituvchining  qoidabop  (algoritmli)  va  erkin,  ijodiy  faoliyatidagi  mumkin  bo’lgan  chetga 
chiqish chegarasining ko’rsatilishi; 
-  o’quvchi(talaba)  va  o’qituvchi  faoliyatida  shaxsiy  motivlashganlikning  ta`minlanishi 
(erkinlik, ijodiyot, kurashuvchanlik, hayotiy va kasbiy mohiyat va boshqalar); 
-  o’qitish  jarayonining  har  bir  bosqichida  kommunikativ  munosabatlarning,  axborot 
texnikalari bilan muomala qilishning maqsadga muvofiqligi. 
O’ylaymizki,  bu  ko’rsatgichlar  loyihalangan  o’quv  jarayonining  texnologik  darajasini  to’liq 
ifodalaydi, amalda joriy etilishi esa o’qituvchini yuqori malakali mutaxassisga aylantiradi, o’quvchi 
(talaba)ning  nufuzini  ham  birmuncha  oshiradi  va  ijodiy  faoliyatni   rivojlantirishning  yangi 
qirralarini ochadi. SHu bilan birgalikda taklif etilganlar "haqiqatning oxirigi bekati" degan fikrdan 
uzoqmiz,  chunki  pedagogik  texnologiyani  loiyhalash  shunchalik  murakkab  jarayonki,  u  har  bir 
ta`lim turi, qolaversa, har bir fan uchun o’ziga hos ijodkorlikni talab etadi.       
   Innovatsiya  (inglizcha  “innovation”)  –  yangilik  kiritish,  yangilik  degan  ma`nolorni 
anglatadi. Bu termin hozirgi zamon faniga yangi kirib kelgan. Yangilikni joriy qilish esa birmuncha 
mushkul  vazifa  hisoblanadi.  Bu  borada  bizga  innovator  o’qituvchilar,  ya`ni  yangilik  kiritishga 
mas`ul o’qituvchilarimiz katta yordam  beradi. Demak,  innovator o’qituvchi  deganda  fanning turli 
sohalariga  yangilik  olib  kiruvchi  insonlarni  tushunamiz.  Bunday  o’qituvchilirimiz  ilm-fanning 
rivojlanishiga o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shadilar. Ular joriy qilayotgan yangilik fanning shu 
sohasini rivojlanishida juda katta foyda beradi.  
Innovator  o’qituvchi  zimmasiga  hm  bir  necha  mas`uliyatlar  yuklanadi,  ya`ni  joriy 
qilinayotgan  yangilik  nechog’lik  samara  beradi  yoki  bu  yangilikni  olib  kirib  qanday  yutuqqa 
erishish  mumkin.  SHu  kabi  savollarga  yangilikdan  olingan  natija  ijobiy  javob  berishi  mumkin. 
SHundagina  o’qituvchi  o’zi  ko’zlagan  maqsadga  erishadi.  Bu  esa  innovator  o’qituvchining  ish 
faoliyatini rivojlanishigi kata yordam beradi. 
Innovatsionlik  pedagogik  jarayonni  ifodalab,  nafaqat  uning  didaktik  qurilmasiga,  balki 
o’qituvchining ijtimoiy, mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. 
Innovatsion ochiqlik-boshqalar fikrini tan olinishini bildiradi. 
O’qituvchining  innovatsion  faoliyati  turli  xildagi  qarashlarning  to’qnashuvi  va  o’zaro 
boyitilishi dinamikasida amalga oshishini ko’zda tutadi. 
O’qituvchining  innovatsion  faoliyatini  samarali  amalga  oshirish  bir  qator  shart-sharoitlarga 
bog’liq. Unga o’qituvchining muloqoti, qarama-qarshi fikrlarga nisbatan beg’araz munosabati, turli 
holatlarda  ratsional  vaziyatning  tan  olinishini  uqtirishga  tayyorligi  kiradi.  Buning  natijasida 
o’qituvchi  o’z  bilim  va  ilmiy  faoliyatini  ta`minlaydigan  keng  qamrovli  mavzu  (motiv)  ga  ega 
bo’ladi. 
O’qituvchi  faoliyatida  o’z-o’zini  faollashtirish,  o’z  ijodkorligi,  o’z-o’zini  bilishi  va 
yaratuvchanligi mavzulari muhim ahamiyat kasb etadi. 
YAngilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug’dirishdir. Muloqotning 
yangi vaziyati-bu o’qituvchining o’z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik Fan, o’ziga bo’lgan 
yangi  munosabatni  yarata  olish  qobiliyatidar.  O’qituvchi  o’z  nuqtai-nazarlariga  o’ralashib 


qolmaydi, u pedagogik tajribalarning bosh shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday 
vaziyatda o’qituvchining  fikrlash usullari  ham, aqliy  madaniyati o’zgarib  boradi,  hissiy tuyg’ulari 
rivojlanadi. 
Keyingi  sharti  bu  o’qituvchining  madaniyat  va  muloqotga  shayligi.  O’qituvchi  va  talaba 
o’rtasidagi muloqot namunasini o’zgarishi innovatsion faoliyat shartlaridan biridir. 
YAngi munosabatlar an`analarida bo’lganidek, qistovlar, hukmga bo’ysunish kabi unsurlardan 
holi bo’lish lozim. Ular hamkorligi, o’zaro boshqarilishi, o’zaro yordam shaklida qurilgan bo’lishi 
darkor.  Ular  munosabatidagi  eng  muhim  xususiyat  bu  o’qituvchi  va  talabaning  ijoddagi 
hamkorligidir. 
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi: 
1.Kasbiy faoliyatning ongli tahlili. 
2.Ma`yorlarga eisbatan tanqidiy yondoshuv. 
3.Kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik. 
4.Dunyoga ijodiy yaratuvchanlik munosabatida bo’lish. 
5.O’z imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish, o’z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatida 
mujassam qilish. 
Demak, o’qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, kontseptsiyalarning muallifi, 
ishlab chiqaruvchisi, tatqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ’ibotchisi sifatida namoyon bo’ladi. 
Hozirgi  jamiyat,  madaniyat  va  ta`lim  taraqqiyoti  sharoitida  innovatsion  faoliyatga  bo’lgan 
zaruriyat quyidagilar Bilan o’lchanadi: 
1.Ijtimoiy  –  iqtisodiy  yangilanish  ta`lim  tizimi,  metodologiya  va  o’quv  darayoni 
texnologiyasini  tubdan  yangilashni  talab  qiladi.  Bunday  sharoitda  o’qituvchining  innovatsion 
faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish,o’zlashtirish va foydalanishdan iborat bo’ladi. 
2.Ta`lim  mazmunini  insonparvarlashtirish  doimo  o’qitishning  YAngi  tashkiliy  shakllarini, 
texnologiyalarini qidirishni taqozo etadi. 
3.Pedagogik  yangilikni  o’zlashtirish  va  uni  tatbiq  etishga  nisbatan  o’qituvchining 
munosabatining xarakteriva o’zgarish. 
O’qituvchi  innovatsion  faoliyatining  tahlili  yangilik  kiritishning  samaradorligini  belgilovchi 
muayyan me`yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me`yorlarga-yangilik, maqbullik, yuqori 
natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo’llash imkoniyatlari kiradi. 
YAngilik,  pedagogik  yangilik  me`yori  sifatida,  o’zida  taklif  qilinadigan  yangilikni,  yangilik 
darajasi  mohiyatini  aks  ettiradi.  Pedagog  olimlar  yangilkning  qo’llanish  mashhurligi  darajasi  va 
sohasiga  ko’ra  farqlanadigan  mutloq,  chegaralangan  mutloq,  shartli,  sub`ektiv  darajalarini 
farqlaydilar. 
Maqbullik  me`yori  o’qituvchi  va  talabaning  natijaga  erishish  uchun  sarflaydigan  kuch  va 
vositalarini bildiradi. 
Natijalilik o’qituvchi faoliyatidagi muayyan muhim ijobiy natijalarni bildiradi. 
Pedagogik yangilik o’z mohiyatiga ko’ra ommaviy tajribalar mulki bo’lib qolishi lozim. 
Hozirgi zamon o’qituvchisi deganda ko’z o’ngimizda salobatli, yuksak bilim va tajribaga ega, 
shu  bilan  birga  komp’yuter  texnologiyasidan  bemalol  foydalana  oldaigan  inson  gavdalanadi. 
Haqiqatdan ham, zamonaviy o’qituvchi hozirgi zamon talablariga to’la javob berishi lozim. Buning 
uchun  avvalo,  oliy  o’quv  yurtlarida  kadrlar  tayyorlashga  katta  e`tibor  berilishi  lozim.  Fanga  kirib 
kelayotgan  har  bir  yangilik  o’qituvchi  e`tiboridan  chetda  qolmasligi  lozim.  Hozirgi  zamon 
o’qituvchisining ma`naviy qiyofasi esa juda yuksak bo’lishi kerak.Buning  uchun chuqur bilim va 
tafakkur  talab  qilinadi.  Zamonaviy  texnika  bilan  ishlash,  darda  ilg’or  pedagogik  usullardan 
foydalanish  hozirgi  davrning  dolzarb  vazifasi  hisoblanadi.  Prezidentimiz  I.A.    Karimov 
aytganlaridek,  zamonaviy  qadrlar  tayyorlashning  eng  muhim  omili  –  bu  zamonaviy  o’qituvchini 
shakllantirishdiri.Darhaqiqat,  har  tomonlama  etuk  mutaxassis  bo’lish  uchun  hozir  imkoniyat  va 
sharoit  etarli.  Gap  faqat  shu  imkoniyatdan  qanday  foydalana  bilishdagina,  xolos.  SHunday 
imkoniyatlardan unumli foydalanish esa bizning burchimiz hisoblanadi.  
Innovatsiya  –  lotincha  so’z  bo’lib  «yangilikni  kiritaman,  tadbiq  etaman,  o’zgartiraman  »  
degan ma`nolarni bildiradi. 


Innavitsion usullar: 
1.Modellashtirish. (treynirovka) 
2.Namoyish qilish. 
3.Kichik guruhlarda ishlash. 
4.Aqliy hujum. 
5. Tanqidiy tafakkur. 
6.Debatlar. 
7.Nuqtai nazaring bo’lsin. 
8.Har kim har kimga o’rgatadi. 
9.Roli o’yinlar. 
10. 
 Muayyan holatni (vaziyatni) 
11. 
 Modifikatsiyalangan ma`ruza. 
12. 
 O’yinlar. 
13. 
 Bingo. 
14. 
 Axborot texnologiyalari  (komp’yuter) yordamida. 
1.Modellashtirish. 
O’qitishning  bu  usuli  o’z  ichiga  real  hayotni  qayta tiklash  uchun  ishlab  chiqilgan  moslama, 
asbob yoki vaziyatni o’z ichiga oladi. 
  Qo’llanilishi: 
- Turli vaziyatlarda kerak bo’ladigan  ko’nikmalarni qo’llashda; 
- Oddiy va murakkab mexanik  va elektrik asboblar yasashda,     
   operativ ko’nikmalar va qaror qabul qilishni amalga       
    oshirishda. 
-  Havfli va kechiktirib bo’lmaydigan vaziyatlarda,  boshqarish    
    ko’nikmalarini mustahkamlashda; 
-  Ilgari o’rnatilgan printsiplarni real hayotiy vaziyatlarda  
    qo’llashda. 
Afzalligi: 
- O’quvchilar faolligi va jalb qilishning mustahkamlaydi; 
-Eslab qolishni kuchaytiradi. 
II. Namoyish qilish.  
Demonstratsiya- «ko’rsataman, isbotlayman» degan ma`noni anglatadi. 
Bu  o’qitishning  usulida  o’qituvchi  topshiriqni  bajarib,    o’quvchilarga  bu  topshiriqni  qanday 
bajarish  kerakligini  ko’rsatadi.  Bu  o’qitishning  usulidan  sung  o’quvchilarga    topshiriqni  bajarib 
ko’rish imkonini berish kerak. 
Qo’llanilishi: 
-Topshiriqni qanday bajarishni ko’rsatish uchun; 
- Muammolarni hal qilishga urgatishda; 
- Texnik vositalar va asboblar bilan ishlashni o’rgatishda. 
Afzalligi: 
  -O’quvchi o’z ko’zi bilan ko’radi; 
  -Tushunish va eslab qolishga yordam beradi; 
  -Qiziqishni oshiradi; 
  -O’qitishning juda faol shakli ekanligi. 
III. Rolli o’yinlar. 
O’qitishning  bu  usulida  o’quvchilar  «real  hayot»  holatlarini  qayta  jonlantiradilar.  Bu  ularga 
o’z amaliy  ish faoliyatlarida qo’llash mumkin bo’lgan yangi turdagi faoliyatlarni sinab ko’rish va 
tekshirish imkonini beradi. 
  qo’llanilishi: 
  -  Yangi turdagi faoliyatni sinash imkonini ko’rsatishda; 
  -  O’quvchilarni nazariyani amaliyotda qo’llab ko’rishga   
        o’rgatishda; 


  -  O’quvchilar faolligini yanada oshirishda. 
Afzalligi: 
  -  «real hayot» ning qayta tiklanishi; 
  -    o’quvchilarning  mavzuga chuqurroq jalb qilinishi; 
  -  O’quvchilarning muammoga  boshqacha yondashuvini ko’rish     
imkonini berish. 
Guruh munozarasi: 
O’qitishning    bu  usuli  o’quvchilarning  o’zaro  muloqoti  va  fikr  almashinuviga    asoslangan. 
Bunda guruhda tahlil  qilish,  baholash  va tekshirish asosida  muayyan  mavzu  yoki  muammo  ishlab 
chiqiladi. 
  Qo’llanilishi. 
  -Qiziqishni kuchaytirish va o’ylash, fikr yuritishga chorlashda; 
  -Ma`ruza, o’qish va boshqa usullarni mustahkamlashda; 
  -Mashg’ulot mazmunining asosiy qismini ishlab chiqishda; 
  -Muammoning ko’zda tutilgan qarorini ishlab chiqishda; 
  -Yakun yasash yoki tekshirishni amalga oshirishda; 
  -Mavzu tushunarliligini baholashda; 
  -O’quvchilarni kelgusi darsga tayyorlashda. 
Afzalligi: 
  -O’quvchilarda qiziqishni  orttiradi va darsga jalb    
      qilinishini mustahkamlaydi; 
  -O’quvchilar fikr va tajriba almashish imkoniyatiga ega    
      bo’ladilar. 
V. Modifikatsiyalangan shakli o’zgartirilgan ma`ruza. 
Bu o’qitish usulida o’qituvchi mavzu mazmunini og’zaki nutq orqali o’quvchilarga etkazadi, 
formulalar  chiqarishda  o’quvchilar  bilan  muloqot  olib  boradi.  Ammo  an`anaviy  ma`ruzadan  farqi 
o’qituvchi va o’quvchi orasida muloqot ketadi. 
  Qo’llanilishi: 
  -O’quvchilarga umumiy axborot berish uchun; 
  -Fanga kirish va asosiy materiallarni berish uchun; 
  -Qaysidir turdagi faoliyatni boshlashdan oldin, namoyish   
      qilish, roli o’yin va boshqa turdagi usullarni qo’llashdan  
      oldin; 
  -Ta`rif, qoida, formulalarni masala yoki labaratoriya  
      ishlarida qo’llashni namoyish qilish uchun. 
Afzalligi: 
  -Tezkorlik bilan amalga oshrilishi; 
  -Katta guruhlarda samaraliligi; 
  -Kam resurslarni talab qilishi; 
  -Boshka usullar bilan birgalikda qo’llash mumkinligi; 
  -Vaktni engil boshqara olishi; 
  Guruhni birgalikda  ushlash imkonini beradi. 
  VI. Muayyan holatni  (vaziyatni) o’rganish. 
 
Bu  o’qitish  usuli  real  hayotdagi  vaziyatni  batafsil  muhokama  qilishdan  iboratdir.  Bu  usul 
kichik  guruhlarda  o’tkazilib,  o’qish,  o’rganish,  tahlil  qilish,  muhokama  va  erkin  fikr  almashish 
hamda qaror qabul qilish va bu qarorni boshqalarga etkazishni taqozo etadi. 
  Qo’llanilishi: 
  -Dars mazmuni haqida har tomonlama o’ylab so’zlashga  
      o’rgatishda; 
   -Muammoni hal qilish qobiliyatini,  tanqidiy fikrlash va   
      fikr yuritishni shakllantirishda; 


  -Boshqaruv tamoyillarini namoyon qilishda. 
Afzalligi: 
  -O’quvchilarning faolligi va jalb qilinishini  
      mustahkamlaydi. 
  - Ta`lim olish tugagandan so’ng  taqozo kilinadigan ijroni   
       modellashtirishga imkon beradi; 
  -O’qitishni kuzatish mumkinligini. 
VIII. Tanqidiy tafakkur. 
Tanqidiy  tafakkur  uslubi  o’qituvchi  qo’ygan  masala  yoki  muammoni  o’quvchi  o’z  fikrini 
bayon qilish, o’zgalar fikrini tanqidiy qayta idrok etish, o’z nuqtai nazarini asoslab berish va  saqlab 
qolish orqali  echish yoki hal qilish imkoniyatiga ega bo’lishiga asoslangandir. 
  Qo’llanilishi: 
  -O’quvchiga o’z nuktai nazari, fikrini ishlab chiqish uchun     
      imkoniyat va fursat berilishida; 
  -O’qituvchi o’quvchilar bilan birgalikda turli nuqtai nazarni  
      muhokama qilish jarayonida; 
  Afzalligi: 
  -O’quvchi o’z fikrini asoslaydi; 
  -Ta`lim oluvchilarga erkin so’zlash imkonini beradi. 
VIII. Aqliy hujum. 
Aqliy  hujum  –  sinfdagi  har  bir  o’quvchi  oldiga  o’qituvchi  qo’ygan  savol  yoki  muammo 
yuzasidan  o’z  fikrini  bayon  etishga  imkon  beruvchi  o’quv  uslubidir.  Uslub  mohiyati  «Bir  kalla 
yaxshi, yigirma bittasi undan yaxshi» prinsipi bo’yicha o’qituvchi tomonidan belgilangan muammo 
yoki  savol  yuzasidan  ehtimol  tutiladigan  hamma  fikrlar  variantini  bir  erga  jamlay  olishda  bo’lib, 
istisno  tariqasida  ta`lim  oluvchilarning  barcha  fikrlari,  shu  jumladan,  aytarli  to’g’ri  bo’lmaganlari 
ham inobatga olinadi. Bu narsa bayon etilgan fikrlarning keyingi tahlilida o’quvchilarning qo’yilgan 
savol yoki muammoni to’g’ri tushunishlariga imkon beradi. 
  Qo’llanilishi: 
  - Savol, topshiriq yoki muammoni hal qilishda fikrlarni    
   erkin aytishda; 
  - Muammoni hal qilish qobiliyatini oshirishda; 
  - Fanga kirish va asosiy mavzu mazmunini bilib olishda; 
Afzalligi: 
  -Aytilgan fikrlar tanqid yoki muhokama qilinmasligi yoki  
 baholanmasligi o’quvchilarning mazmunining ilmiyligiga  
 chuqurroq jalb qilinishi; 
  -Belgilangan vakt doirasida barcha hohlovchilarga o’z  
 fikrlarini bayon etish imkoniyatining berilishi. 
IX. Har kim har kimga o’rgatadi. 
«Har  kim  har  kimga  o’rgatadi»  uslubi  o’quvchilarga  o’rgatuvchiga  aylanish,  ma`lum 
bilimlarni  o’zlashtirgich,  o’rtoqlari  bilan  baxam  ko’rish  imkonini  beruvchi  o’qitish  uslubidir.  Bu 
uslubning  maqsadi  o’quvchilarga  o’qitish  jarayonida  zarur  bo’lgan  axborot  maksimumini  berish, 
ayni  paytda  o’quvchida  axborot  olish  va  berishga  qiziqish  uyg’otishdir.  Shuningdek,  axborot 
xajmini olgan o’quvchi ma`lum vakt davomida uni iloji boricha ko’proq o’rtoqlariga etkazadi. 
  Qo’llanilishi: 
  -O’quvchilada axborot olish va berishga qiziqish uyg’otish  
  uchun;   
  - Axborotni diqqat bilan eshitish va eslab qolish uchun; 
  Sherigining axborotini tinglab, boshqa sherik axtarish uchun. 
Afzalligi.  
  -O’z fikrini lo’nda bayon etishi; 
  -Tinglash va eslab qolish darajasini rivojlantirish; 


  -Fanga yoki mavzuga bo’lgan qiziqishni uyg’otish. 
X. Debatlar. 
Debatlar  –  o’z  nuqtai  nazarini  asoslashda sinfdagi  barcha o’quvchilarning  bahslashuvda  faol 
ishtirok  etishini  ta`minlovchi  o’qitish  uslubidir.  Bu  uslubdagi  foydalanish  tanqidiy  tafakkurni 
rivojlantiradi. O’quvchi o’z nuqtai nazarini rad etishi kerak. Bahs haqiqatni yuzaga keltirgani bois 
o’qituvchi sinfni ikki guruhga bo’lgan holda munozarani atayin avj oldiradi.  (guruhlarga bir-biriga 
zid  nuqtai-nazarlarni  aytadi,  bahsli  topshiriqlar  beradi).  Bu  usul  yozma  holda  olib  borilsa,  yozma 
debatlar bo’ladi. 
  Qo’llanilishi.  
  -Bahsda o’quvchilarning faol ishtiroki ta`minlanganda; 
  -Muammoni hal qilishda mohirlikka o’rgatishda; 
  -Fikrni aniq va qisqa ifodalashga imkon berilganda. 
Afzalligi: 
  -O’quvchilarni bahslashishga o’rgatadi; 
  -Munozara madaniyatiga o’rgatadi; 
  -Asoslab berish malakasini oshiradi. 
Demak,  yuqoridagilarni  tajribada  qo’llab,  o’rganib,  o’quvchilarning  ko’nikma,  malaka 
me`yorini quyidagicha belgilash mumkin: 
1.Nimani o’qidim?     (o’qiganda)      10 % 
2.Nimani eshitdim?   (eshitganda)   20 % 
3.Nimani ko’rdim?      (ko’rganda)      30 % 
4.Nimani eshitdim va ko’rdim?50 % 
5.Muhokama, baxs-munozara.     70 % 
6.Shaxsan o’zim bajardim.80 % 
7.Ustoz bilan birga bajardim. 90 % 
 
 
 

Download 5,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   348   349   350   351   352   353   354   355   ...   409




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish