Bugungi kunda O‟zbekistonda kadrlar tayyorlashga katta e‟tibor
berilmoqda. Bu borada O‟zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida
tasdiqlangan “Ta‟lim to‟g‟risida”gi Qonun hamda O‟zbekiston Respublikasi
Prezidentining “2004-2009 yillarda maktab ta‟limini rivojlantirish dasturini
tayyorlash chora-tadbirlari to‟g‟risida”gi farmoyishi muhim ahamiyatga ega
bo‟ldi. Milliy dasturda zamon talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash va
o‟quv muassasalarining moddiy ba‟zasini mustahkamlash kabi masalalarga katta
e‟tibor berilgan.
Prezidentimiz I.A.Karimov “Barkamol avlod – O‟zbekiston taraqiyotining
poydevori” ma‟ruzasida quyidagicha ta‟kidladi:”Tarbiyachilarning o‟zlariga
zamonaviy bilim berish, ularning ma‟lumotini, malakasini oshirish kabi paysalga
solib bo‟lmaydigan dolzarb masalaga duch kelmoqdamiz, ta‟lim- tarbiya tizimidagi
o‟zlashtirishdagi asosiy muammo ham mana shu yerda. O‟qituvchi bolalarimizga
zamonaviy bilim bersin deb talab qilamiz. Ammo zamonaviy bilim berishi uchun,
avvalo, murabbiyning o‟zi ana shunday bilimlarga ega bo‟lishi kerak.”
Bu fikrlar mustaqillik sharoitida jamiyatda ta‟lim tizimini va o‟qituvchi
shaxsi va kasbining ijtimoiy mohiyatini keskin oshirib, pedagogika fani oldiga
kasbiy-pedagogik
mahoratni,
baxolash
texnalogiyasini,
boshqarishning
takomillashtirishning ilmiy asoslarini ishlab chiqishni muhim qilib qo‟yadi.
O‟qituvchi nafaqat ilg‟or pedagogik maxoratga, baholash mezonlarini
ham yaxshi o‟zlashtirgan bo‟lishi darkor.
O‟qitivchi adolatli nazorati orqali bilim oluvchilarning ta‟lim olishga
bo‟lgan qiziqishlarini yanada oshirishi mumkin.
Shu asnoda ta‟lim oluvchilarning bilim olishlariga bo‟lgan ishtiyoq
ularga bo‟lgan nazoratni kuchaytiradi. Baholash va bilimlari tekshirish o‟quvchida
o‟zlashtirish saviyasi necha foiz ekanligini ko‟rsatib beradi. Baholash nafaqat
o‟zlashtirilganlik saviyasini , balki ta‟lim oluvchilar ichida iqtidorli va qobiliyatli
o‟quvchilarni aniqlashda ham katta yordam beradi. Bu esa o‟quvchilarni xar xil
olimpiada va ko‟rik tanlovlarda qatnashib o‟rin egallashlariga turtki bo‟ladi.
Boshlang‟ich sinfdan boshlab o‟quvchidagi bor imkoniyatlarini
ro‟yobga chiqarish ustida muntazam ishlansa , bolaning intellektual
imkoniyatlarini ro‟yobga chiqarishga asos solinadi. O‟quvchilar tafakkurini
rivojlantirishning eng samarali usuli o‟quvchilarda ongli bilim , mustahkam
ko‟nikma va malakalarni shakllanish jarayonini ularning tarbiyasi bilan birga
tashkil etishdir. Buning uchun o‟qituvchi tinimsiz izlanishi , o‟qitishning yangi
texnalogiyalaridan samarali foydalanishi lozim.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi asosida ishlab chiqilgan davlat ta‟lim
standartlarida ta‟limning har bir bosqichida o‟quvchilar egallashi lozim bo‟lgan
bilim , ko‟nikma va malakalarning minimal darajasi belgilab berilgan. Lekin bu
bilim , ko‟nikma va malakalarni shakllantirish jarayoni bolaning intellektual
imkoniyatlarini hisobga olib tashkil etilsa , yuqori samaradorlik ta‟minlanadi.
Ma‟nayiv- intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda
aniqlash tarbiya jarayoniga samarali o‟zgartirishlar kiritadi. O‟quvchi yoshlarning ,
talabalarning ma‟naviy – intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va
kamchiliklarni rag‟batlantirish , tuzatish tarbiya mazmuni usullari va tashkiliy
shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim bo‟ladi.
Mutahasis tayyorlashda maktabdan boshlab oliy o‟quv yurtlarini bitirib
chiqqunlarigacha nazorat shaklining to‟liq bo‟lmasligi ta‟lim tarbiya jarayonining
asosiy muammolarini tashkil etadi. Masalaning muhim tomoni shundaki
mutahasislar ommaviy tusda tayyorlangan tarbiyachilarning har bir talaba bilan
yetarli darajada yakkama-yakka muloqot qilishga vaqt yetmaydi.Muloqot tezkor
savol-javob tarzida o‟tsa , tabiatan bunday muloqot talabani ham tarbiyachini ham
qanoatlantirmaydi. O‟quvchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash o‟quv
yili davomida har doim muntazam amalga oshirilishi uchun reyting tizimi joriy
qilinib , u ba‟zan o‟tkaziladigan tasodifiy tekshirishlarni oldini oladi va tartibli
doimiy baholash uchun imkoniyatlar ochib beradi.
Kurs ishi maqsadi:O‟quvchilarning bilim,ko‟nikma va malakalarini baholash
tizimini nazariy tahlil qilish va shu asosida baholash texnologiyalarini ishlab
chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |