Haqiqiylik. O‟quv maqsadida ko‟zda tutilgan natijanigina baholashga
qaratilgan topshiriq yoki test haqiqiy hisoblanadi. U baholanishi lozim bo‟lgan
bilim va ko‟nikmalar sohasidagi natijalarga qaratilgan bo‟lishi lozim.
Ta‟lim oluvchining erishgan natijalari to‟g‟risida asoslangan va ishonchli
axborotlar berish kerak. O‟lchanishi talab etiladigan narsalargina o‟lchanishi
kerak. Ta‟lim oluvchi egallagan bilim, malaka va ko‟nikmalar xamda shaxsiy
fazilatlarni o‟lchash imkonini beradigan metodlardan foydalanish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |