Muammoli ta’lim. O’quv materialini o’quvchilar ongida ilmiy izlanishga
o’xshash bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o’rganishga
tushuniladi. O’quvchilarning
fikrlash faoliyatida mantiqiy to’g’ri, ilmiy
xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar
vujudga keladi.Har qanday ta’lim o’quvchi uchun muammolidir. O’quvchi ongida
muammoli vaziyatni vujudga keltirish, o’quvchining faol fikrlash faoliyati o’quv
materialini puxta o’zlashtirib olishlari haqida sharq pedagoglari qimmatli fikrlar
aytib o’tganlar.
Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida
o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda
mulohazalar yuritishni, o’quvchining zerikmasligini, zo’riqmasligini ta’kidlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |