O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


bob MUSIQA MASHG`ULOTLARIDA MUSIQANI IDROK ETISHNI



Download 0,64 Mb.
bet4/4
Sana09.01.2020
Hajmi0,64 Mb.
#32759
1   2   3   4
Bog'liq
musiqa mashgulotlarida musiqani idrok etishni orgatish uslublari

bob MUSIQA MASHG`ULOTLARIDA MUSIQANI IDROK ETISHNI O`RGATISH USLUBLARI

2.1. Umiumiy o`rta ta’lim maktablarida musiqa idroki mashg`ulotlarini tashkil etish


Musiqiy idrokning to`laqonliligi, musiqiy ifoda vositalarini tushunish imkoniyati, intensivlik va musiqiy kechinma turlari har bir odamda har xil bo`lib, o`z xususiyati hamda sabablariga ega. Nima uchun musiqani hamma eshitadiyu, lekin hamma ham idrok eta olmaydi? Nima uchun ba’zi yevropalik tinglovchi Sharq musiqasini, ba’zi Sharq tinglovchisi esa Yevropa musiqasini har doim ham to`la tushunavermaydi? Idrok narsalar yoki hodisalarning sezgi a’zolariga bevosita ta’siri orqali ongimizda aks etishidir. Psixologiyada idrok predmetlilik, yaxlitlik, strukturalilik, barqarorlik kabi o`ziga xos sifatlarga ajratiladi.

Musiqa tarixidan ma’lumki, XX asrning boshlarida O`xzbekistonda yashab ijod etgan musiqachi va etnograf Avgust Eyxgorn o`zbek musiqasini, o`zbek qo`shiqlarini tushuna olmagan va uzoq vaqt eshitishga sabri chidamagan. Boshqa bir mashhur musiqashunos olim, pedagog va kompozitor X.S.Kushnaryov esa o`zbek musiqasining milliy usullarini maqtab, doira va nog`ora usullari haqida shunday deydi: ”Har bir usul nafaqat ma’lum biro hang, balki o`ziga xos intonatsiyasi bilan ham tavsiflanadi(balandlikka ko`ra harakati bilan). Usul-ritm tomoni oldingi o`ringa olib chiqilgan va yetakchi, intonatsion hamda muayyan tus berib turuvchi kuy”3.





  1. X.S.Kushnaryovning 1943 yil O`zbekiston san’atshunoslik institutida qilga ma’ruzasi. M.., Sov.muzika. 4-sion,-1969y. 66-68 betlar.

29

Sezgida predmetning alohida qismlari, idrokda esa predmetning barcha tarkibiy qismlari bir butunlikda his etiladi. Masalan, biror musiqiy asarni eshitganimizda biz uning kuyi, ritmi, garmoniyasi, tembrini alohida qabul qilmaymiz, aksincha, biz bu musiqiy asarni obrazli, umumlashgan holda, yaxlitligicha anglab, idrok etamiz.



Quyida Yevropa musiqasining Sharq tinglovchisi tomonidan tushunilishi va idrok etilishiga mashhur o`zbek shoiri Furqatning musiqiy idroki e’tiborga molik. U 1980 yilda Toshkentdagi rus musiqa jamiyati konsertida qatnasjgan va bu haqda o`zining tassurotlari bitilgan “Nag`ma va nag`magar va aning cholg`usi va ul nag`ma ta’siri xususida” she’rini yozadi. Bu she`rida u fortepiano cholg`usi hamda ijrosi haqida shunday yozadi:
O`zimga tushdi bir kun bu ahvol,
Bor ekan nag`ma oning oti rayol,
Eshittim bir qiz anda bahri najot,
Qilur nag`ma tili bilan munojot.
Hazin ovoz bilan yig`lab xudog`a,
Karam qilar der men bag`ri adog`a.
Maqominio qilur har nav’ bunyod,
Gahi qattiq fig`on, gah narmi faryod.
Menga ul nag`ma andog` qildi ta’sir,
Jigardin o`tdi go`yo te par tiyr.
O`shal dam bo`ldi holatim digar dun,
To`lub toshdi yurak monandi Jayxun4.



  1. Furqat. Tanlangan asarlar. Ikki jildlik, 2-jild, T.., 1958y. 9-10 betlar.

30

Yuqorida keltirilgan misollardan ko`rishimiz mumkinki, tinglovchilarning musiqani qabul qilishlarida tafovutlar mavjud bo`ladi. Bir tomondan musiqani tushunmaslik, qabul qilmaslik, boshqa tomondan esa, musiqaiy idrokning teranligi va nozikligi ko`rinib turibdi. Musiqani qabul qilishdagi bu tafovutlar hayot, turmush, tarbiya, musiqiy qobiliyatlarning rivojlanganlik darajasi, musiqiy eshitish qobiliyati, musiqa san’atini tushunishga tayyorlik va bunga bo`lgan hohish bilan bog`liq bo`lgan bir qator ob’yektiv hamda sub’yektiv sabablarga ega. Ushbu tushunchalarni tahlil etish uchun ilmiy rahbarim bo`lmish Navoiy davlat pedagogika instituti Musiqa kafedrasi katta o`qituvchisi Sh. I. Jalilov bilan maslahatlashgan holda, insonning voqea-hodisalarni idrok etishi, musiqiy idrokning o`ziga xos xususiyatlari haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib, ularni tahlil qilib chiqdim.


Umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi “Musiqa madaniyati” darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati darslarining tuzilishi va darsning tarkibiy qismlari bilan chambarchas bog`liqdir. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarining tuzilishi ovoz sozlash, xor bo’lib kuylash, musiqa savodi, musiqa tinglash, musiqaga mos harakatlarni bajarish kabi faoliyat turlaridan iborat bo`lib, bu faoliyat turlarining har birida musiqa idroki yetakchi vazifani bajaradi.

  • Darsning ovoz sozlash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarni idrok etish orqali musiqay tovushlarning aniq balandligini, cho`zimini his qilishni, idrok etishni hamda sof ovoz hosil qilishni o`rganishadi.

31


  • Darsning jamoa bo’lib kuylash qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy mavzuni idrok etish orqali sof ovozda ifodali kuylashni o`rganishadi.

  • Darsning musiqa savodini o`rganish qismida o`quvchilar musiqani, musiqiy tovushlarning tuzilishini, nazariy jihatdan idrok etish orqali musiqiy asarlarning strukturasini idrok etishni o`rganishadi.

  • Darsning musiqa tinglash qismi musiqani idrok etishni o`rganishda alohida ahmiyatga ega bo`lib, bunda o`quvchilar musiqiy asarlarni tinglab tahlil qilish orqali ularning tuzilishi, registri, tembri, tempi, dinamikasi, tovushlarning past-balandligi, diapazoni hamda alohida berilgan musiqiy asarning asosiy mazmunini aynan

tinglash orqali idrok etish malakalariga ega bo`lishadi.


  • Darsning musiqaga mos harakatlarni bajarish qismida o`quvchilar asosan musiqaning tempini, tembrini, dinamikasini, shaklini hamda xarakterini his qilishni, idrok etishni o`rganishadi.

Bu o`rinda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini shakllantiruvchi, rivojlantiruvchi usullardan har bir darsda uning oldindan tuzilgan rejasiga ko`ra turlicha vaziyatlarda foydalanishi mumkin. O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi Musiqa madaniyati darslarida musiqani idrok etishni tashkil etish musiqa madaniyati o`qituvchisining yuqorida ko`rsatilgan darsning tarkibiy qismlaridagi imkoniyatlardan har bir alohida olingan darsda qay darajada foydalanishuga bog`liq.
32

2.2. Sinfdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish.


Umumiy o`rta ta’lim maktablarida bolalarning musiqani idrok etish qobiliyatlarini rivojlantirishda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqa mashg`ulotlarining ahamiyati ham juda muhim. Nazmiy asar mazmuni musiqiy ohanglar bilan uyg`unlashgach, oddiy matnga nisbatan bir necha bor ko`proq ta’sir kuchiga ega bo`lishi ko`plab ilmiy-amaliy va pedagogik tajribalarda isbotlangan. Inson (darsda o`quvchi yoki talaba) biror mazmundagi mavzuni so`z orqali eshitganda ma’lum darajada idrok etgani holda, o`sha mavzuni kuy jo`rligida, qo`shiq tarzida eshitganda uni yanada chuqurroq anglaydi, tasavvur etadi his qiladi va idrok etadi. Xuddi o`sha qo`shiqni kishining o`zi ijro etganda esa unda oldingilaridan yanada farq qiluvchi hissiyot paydo bo`ladiki, bunda u asar mazmunini idrok etibgina qolmasdan, balki uni yurakdan his qila boshlaydi. Uning uchun sof tuyg`ularga, nafosatga, barkamollikka intilish xislati tabiiy ehtiyojga aylanib boraveradi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumatimiz tomonidan Respublikamizda musiqa madaniyatini rivojlantirish, uni jahon standartlari darajasiga ko`tarish uchun ko`plab qarorlar qabul qilindi va farmonlar chiqarildi. Bu qaror va farmonlarning ijro etilishi natijasida hozirgi davrda yosh avlodga o`z qobiliyatini, iqtidorini namoyon etish,rivojlantirish va o`z mahoratini o`stirish uchun barcha tashkiliy va moddiy shart-sharoitlar yaratib berildi. O`qituvchi o`quvchilar tinglayotgan yoki ijro etayotgan kuy yoxud qo`shiqni
33

tahlil qilib, ularda to`g`ri yo`naltirilgan tasavvur hosil qilishga erishar ekan, asarning mazmunidan kelib chiqqan holda uning ma’naviy mohiyatini ochib berishda yanada ko`proq imkoniyatga ega bo`ladi.

Davlatimiz tomonidan muntazam ravishda tashkil etilayotgan “ O`zbekiston-Vatanim manim”, “ Nihol”, Respublika”Fol`klor jamoalari ko`rik-tanlovi” hamda o`quvchi va talaba yoshlar orasida o`tkazilayotgan boshqa ko`plab ko`rik-tanlovlar iqtidorli yoshlarni izlab topib, ularni rag`batlantirishga va xalq orasida musiqa madaniyatining turli qirralarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

Bugungi kunda o`quvchilarning darsdan tashqari va maktabdan tashqari bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazishlari uchun shahar va qishloqlarimizda turli yo`nalishdagi ko`plab fan va kasb-hunar to`garaklari bilan bir qatorda musiqaga yo`naltirilgan to`garaklar hamda musiqiy havaskorlik jamoalari faoliyat ko`rsatmoqda. Jumladan, bunday faoliyat bilan shug`ullanuvchi tshkilotlarga misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan har bir tumanda tashkil etilgan “Kamolot” bolalar markazlarini, bolalar ijodiyot uylarini, viloyat va shaharlardagi madaniyat saroylarini, qishloq va shaharlardagi ko`plab madaniyat uylarini, mahallalardagi turli to`garaklarni aytib o`tishimiz mumkin.


Bundan tashqari o`quvchilar darsda olgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar. Maktablardagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari madaniy-ma’rifiy muassasalarda tashkil etilgan
34

musiqa to`garaklari, o`quvchilar xori, orkestr, raqs va vokal ansambllarining serqirra faoliyatlari bunga misol bo`la oladi.

Maktabdan tashqari va sinfdan tashqari tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchilar an’anaviy ijro, turli cholg`u asboblarida chalish, musiqani tinglab, tahlil qila olish, ansambl va orkestr jamoalarida ijro etish, turli raqs usullarini o`rganish, milliy va jahon xalqlari raqslarini o`rganish, elektron asboblarda chalish kabi amaliy ko`nikmalarga ega bo`lishlari mumkin. Bolalar musiqiy idrokini shakllantirish hamda rivojlantirishda turli musiqiy to`garaklar bilan bir qatorda har bir shahar va tumanlarda tashkil etilgan bolalar musiqa maktablarining ham o`z orni bor. Bolalar musiqa maktablariga 1-sinfdan 7-sinfgacha bo`lgan maktab o`quvchilari qabul qilinadi. Musiqa maktablarida o`qish uchun hujjat topshirgan bolalarning musiqiy qobiliyati bilan bir qatorda ularning dastlabki musiqiy idroki, ya’ni musiqani idrok eta olish qobiliyati ham tekshiriladi.
Agar bola tabiatan musiqiy qobiliyatga ega bo`lmasa yoki musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmasa u bola musiqachi bo`la olmaydi. Musiqani yetarli darajada idrok etish qobiliyatiga ega bo`lmaslik, deganda bolaning eshitgan musiqani umuman eslab qola olmasligi, ritmni butunlay his etmasligi, tovushlarning baland yoki past ekanligini qoniqarli darajada farqlay olmasligi tushuniladi. Bunday bolalarga o`zlarining qiziqishi hamda qobiliyatiga mos bo`lgan boshqa biror mashg`ulot bilan shug`ullanish, ya’ni boshqa sohadagi to`garaklarga qatnashish tavsiya etiladi.

Musiqani idrok etishni shakllantirishda asosiy cholg`u asbobida ijro etishni o`rganish jarayoni salmoqli imkoniyatlarga boy. Musiqachi


35

asosiy cholg`u asbobida ijro etish jarayonida berilgan musiqiy asarning mohiyatini faqat eshitish orqaligina emas, balki o`z ijrosi orqali eshitib, his etish orqali idrok etadi. Bu o`rinda o`quvchi musiqani eshitish orqali, notalarni ko`rish orqali hamda ichki sezgi (yurakdan his etish) orqali idrok eta boshlaydi.

Ma’lumki, bolalar musiqa maktablarining o`quvchilari biror cholg`u asbobini o`rganish uchun musiqa maktabida 5 yil o`qishlari lozim. Faqatgina fortepiano cholg`usi bo`yicha o`qiyotgan o`quvchilargina musiqa maktablarida 5 yil o`rniga 7 yil o`qishadi. Bolalar musiqa maktablarida bolalar o`z mutaxassisligi bo`yicha biror cholg`u asbobini chalishni o`rganish bilan bir vaqtda musiqa nazariyasi, solfedjio kabi darslarga ham qatnashishlari shart. Bundan tashqari ular musiqa maktablarida tashkil etilgan xor jamoalariga, turli xalq cholg`ulari ansambllariga hamda orkestrlarga qatnashish imkoniyatiga ega.

Bolalar musiqa maktablarida yakka tartibdagi darslarda o`qituvchi o`quvchilarning musiqani idrok etishlarini to`g`ri tashkil etish uchun musiqiy asarni idrok etishni o`rgatish jarayonida soddadan murakkabga tomon intilish tamoyiliga amal qilishi zarur. O`quvchiga ijro etish uchun asar tanlashda uning yoshi, fiziologiyasi, xarakteri, alohida qiziqishi, musiqiy bilimlarni o`zlashtirganlik darajasi, notaga qarab chala olish malakasi va boshqa jihatlari e’tiborga olinishi muhim ahamiyatga ega. Agar ushbu tamoyillarga amal qilinmasa, o`quvchilarning musiqani idrok etishini shakllantirishni tashkil etish ishlari kutilgan natijani bermaydi.


36

Yakka tartibdagi darslarda musiqa idrokini tashkil etish boshqa mashg`ulot turlar5iga qaraganda bir qancha qulayliklarga ega. Birinchi navbatda bu o`qituvchi bilan no`quvchining yakka tartibdagi yuzma-yuz muloqoti bilan bog`liq. Bunda o`qituvchi o`quvchiga musiqani idrok etishning har bir nyuansini alohida tushuntirish, o`quvchining ijrosini alohida eshitib, tahlil etish, uning yutuq va kamchiliklarini o`z vaqtida individual tartibda tushuntirish va boshqa shu kabi imkoniyatlarga ega bo`ladi. Bolalar musiqa maktablarida tashkil etilgan bolalar xor jamolari, xalq cholg`u ansambllari va orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bo`yicha qo`shimcha imkoniyatlarga ega bo`ladilar:




  • Bolalar xor kollektivlarida ishtirok etgan o`quvchilar xorda kuylanayotgan asarlarning mazmunini, musiqiy mavzularini tahlil qilish bilan bir vaqtda, bu asarlarni o`zlari ijro etishlari orqali uning ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vatda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishadi.

  • Bolalar musiqa maktablarida milliy cholg`u asboblarini o`rganish bo`yicha tahsil olayotgan o`quvchilar qo`shimcha cholg`u asbobini o`rganish bo`yicha fortepiano kursiga ham qatnashishlari mimkin. Asosiy cholg`u asbobi ko`p ovozli bo`lmagan milliy cholg`u asbobi bo`lgan o`quvchi fortepianoda ijro etishni o`rganish jarayonida fortepiano cholg`usidan chiqayotgan ko`p ovozli garmoniyani idrok etishni o`rganadi. Shuningdek bunday darslarda o`quvchi fortepianoda o`zbek milliy kuylaridan tashqari jahon

37

mumtoz klassikasiga xos bo`lgan kuylarni ham ijro etish orqali jahon hamda qardosh xalqlar professional musiqasi bilan ham tanishib boradi va shu barobarida uning musiqani idrok etish malakasi ham kengroq doirada rivojlanib boraveradi.



  • Xalq cholg`ulari ansambllariga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ichki tuzilishi, ohangi, tembri, registry hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari ansamblda o`zlari chalayotgan cholg`u asbobining tembri hamda uning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilgan holda idrok etishni ham o`rganadi.

  • Musiqa maktablarida tashkil etilishi mumkin bo`lgan orkestrlarga qatnashgan o`quvchilar ijro etilayotgan asarlarning musiqiy mavzularining ohangi, tembri, registri hamda garmoniyasi bilan birgalikda, bir vaqtda idrok etish malakasini o`zlashtirib olishdan tashqari orkestrda chalinayotgan barcha cholg`u asboblarining tembri hamda ularning ansamblda tutgan o`ziga xos o`rnini, vazifasini his qilishni o`rganadi va shu bilan bir vaqtda turli tembrga va diapazonga ega bo`lgan asboblarning ujrosidan hosil bo`lgan

kuyning o`ziga xos boy, rang-barang garmoniyasini his etib, idrok etishni o`rganadi.

Maktabdan tashqari musiqa to`garaklari turli madaniyat saroylari, madaniyat uylari, “Kamolot” markazlari, bolalar ijodiyot uylari va


38

mahallalarda tashkil etilgan bo`lib, Bunday to`garaklarga qatnashgan o`quvchilar musiqani idrok etish malakasini o`zlashtirish bobida shunday to`garaklarga qatnashmayotgan boshqa tengdoshlariga qaraganda bir qancha afzal imkoniyatlarga ega bo`ladilar.

Maktabdan tashqari musiqa to`garaklariga qatnashgan o`quvchilar musiqani o`zlari ijro etgan holda idrok etadilar.


  • Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida xor jamoasiga yoki an’anaviy qo`shiqchilik ansmbllariga qatnashayotgan o`quvchilar milliy o`zbek qoshiqlari bilan chet el qo`shiqlarining o`zaro o`xshash hamda farqli jihatlarini ajrata bilish malakasiga ega bo`lishadi va shu orqali ular boshqa xalqlarning milliy qo`shiqlarini ham boshqa tengdoshlariga nisbatan teranroq, aniqroq idrok eta oladilar.

  • Maktabdan tashqari to`garaklarda raqs bilan shug`ullanuvchi o`quvchilarda ritmni his etish qobiliyati juda kuchayib ketadi. Ular eshitayotgan kuylarini ichki ritm his-tuyg`usi bilan idrok etish qobiliyatni o`zlashtirib oladilar.

  • Maktabdan tashqari musiqa to`garaklarida yakka xonandalik yoki yakka sozandalik bilan shug`ullanuvchi o`quvchilar musiqani yakka tartib o`zlashtirishning barcha ustunliklaridan foydalangan holda musiqani professional darajada idrok etishning sir-asrorlarini individual ravishda o`zlashtirib, o`rganib

boradilar.
Musiqaiy idrok kishilarni tabiiy nafosatga, go`zallikka intilishga undaydi. Musiqani to`g`ri idrok eta olgan kishilar keng dunyoqarashga, tabiiy ichki madaniyatga ega bo`ldilar va ular
39

kishilarga hech qachon yomonlik qila olmaydilar.Mutaxassislarning fikriga ko`ra, inson hayotiy tajribasining musiqiy idrokda o`z o`rni bo`lgani kabi, musiqiy idrokning ham inson hayotida, uning dunyoqarashining, individual xarakterining shakllanishida o`z o`rni bor. Shuning uchun yoshligidan musiqa bilan shig`ullangan kishilarning xarakteri boshqalarnikidan farq qilib turadi.

Kelajak poydevori bo`lgan yosh avlodni har jihatdan oqil, vijdonli, madaniyatli, ma’naviyatli qilib, milliy vatanparvarlik ruhida, tarbiyalashda ularning musiqani idrok etish qobiliyatini shakllantirish va to`g`ri yo`nalishda rivojlantirishni tashkil etish masalasi eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

40

XULOSA VA TAVSIYALAR


Respublikamizdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida, umumiy o`rta ta'lim maktablarida, maktabdan tashqari va sinfdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini shakllantirish, rivojlantirish hamda to`g`ri yo`nalishda yo`naltirish muammosi yoshlarni ma’naviy jihatdan yetuk, fidoiy vatanparvar insonlar qilib tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi. Muhtaram Prezidentimiz o`zining

  • Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch » asarida : « Insonning ruhiy kamoloti haqida gapirar ekanmiz, albatta bu maqsadga musiqa san’atisiz erishib bo`lmaydi »,- deb yozganlarida aynan mana shu haqiqatni nazarda tutganlar.

Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat olib borayotgan musiqa rahbarlarining, musiqa o'qituvchilarining asosiy vazifasi - o'quvchilarni estetik, badiiy va axloqiy tarbiyalash, ularda musiqa madaniyatini

tarkib toptirish orqali ularning shaxsini ma'naviy shakllantirishdan iborat. Shuning uchun ham musiqa tarbiyasi yosh avlodni uyg'unlikda kamol toptirishning muhim omili



sifatida namoyon

bo'ladi. Xususan, musiqa

bilan

shug'ullanish

badiiy

anglash

faoliyati bo'lib, u bir

qator

omillarni o'z

ichiga

oladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy

ta'lim

maktablarida, sinfdan tashqari

va

maktabdan tashqari

musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlarining va musiqa o'qituvchilarining murakkab kasbi bir


41

necha musiqa

ixtisosliklarini

o'z ichiga

oladi,

lekin

ularning

shunchaki

yig'indisidan

iborat

emas.






















Musiqiy

hamda

pedagogik




nazariyani,

tajribalarni

anglamay turib, zamonaviy

o'qituvchi tayyorlashdagi




mavjud

amaliyotni

tahlil

qilmay va

umumlashtirmay

turib,

bu

soha

o'qituvchisining

qiyofasini

tasavvur

qilish




qiyin. Musiqa

tarbiyasi

san'atni

idrok

etish,

his

qilish




va

tushunish

qobiliyatlarini

rivojlantiradi,

estetik

va

musiqiy




didni

o'stiradi,




aqliy kamolotni,

ijodiy

faollikni,

tafakkurni,

o'quvchilardagi

o'ziga

xos

xususiyatlarni kuchaytiradi,




zarur

musiqiy




bilim,

ko'nikma

va

malakalarni




hosil







qiladi,

shuningdek,

bo'sh

vaqt muammosini

hal

qilishda ham

yordam

beradi, deb o`ylayman.





































Maktab o`quvchilari




musiqani




tushunishi

uchun




musiqa

tilining

ma'naviy

va




shakl

yasash xususiyatlarini

bilishlari,

muayyan




darajada

rivojlangan

musiqiy (tovush balandligi,

tembiri,

musiqaning

garmonik,

dinamik




xususiyatlarini

anglash,

lad

va

ritmni

his qilish,

musiqani

eslab

qolish)

qobiliyatga




musiqani

idrok etish va

ijro

etish

malakalariga ega

bo'lishlari




zarur. Albatta,

musiqa

tarbiyasi g'oyaviy

e’tiqodni

shakllantiradi,

axloqiy




jihatdan

tarbiyalaydi,

shaxsdagi

qiziqishlarning




psixologik

maqsadi

va

yo'nalishlarini

belgilaydi, ijtimoiy

kayfiyatni

vujudga

keltiradi, tashkil

etadi

va birlashtiradi,

ijtimoiy

faollikni

tarbiyalaydi.
















Hozirgi

davrning

dolzarb muammolaridan

biri




bo`lgan

“ommaviy madaniyat”ning yurtimizga aynan musiqa vositalaridan


42

foydalangan holda kirib kelishi ham fikrimizning dalilidir. Musiqa tarbiyasini amalga oshirishda musiqani idrok etishni tashkil etish masalasi eng muhim omillardan biri bo`lib xizmat qiladi. Bolalar musiqani to`g`ri idrok eta olmasalar hech qachon uni to`g`ri tushuna olmaydilar va natijada musiqa ular uchun shunchaki musiqiy tovushlar yig`indisiga aylanib qoladi.

O`rta asrlardayoq Sharqning buyuk mutafakkirlari musiqiy psixologiyani, musiqaning qalbga, kayfiyatga va inson organizmiga ta’siri masalalarini o`rganishgan. Forobiyning “Musiqa haqida katta kitob” asari va boshqa asarlari, Ibn Sinoning “Kitob ash-shifo”, “Kiton an-najot”, “Donishnoma” kabi asarlarining musiqa haqidagi bo`limlari, Abdurahmon Jomiyning “Risolai musiqa” kitobi va boshqa shu kabi ilmiy asarlar musiqaning inson ongiga qanday ta’sir etishini mo`rganishga, musiqa idokini o`rganishga bag`ishlangan.

Buyuk qomusiy olim, musiqiy cholg`ularning mohir ijrochisi bo`lgan Abu Nasr Forobiy o`z ijrosi bilan kishilarni quvontirish yoki qayg`uga solish, xursand qilish, hayratga solish va hatto uxlatib qo`yishning uddasidan chiqa olganligi haqidagi rivoyat va hikoyatlar bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bu va boshqa shu kabi faktlardan musiqaning inson ongiga va tarbiyasiga, xarakterining shakllanishiga va hatto ijtimoiy ongning shakllanishiga ham qanchalik kuchli ta’sir o`tkaza olishi yaqqol ko`rinib turibdi.

Buyuk mutafakkirlar musiqaning inson ongiga, shaxsiga, umuman, jamiyat rivojiga ham ulkan ta’sirini ta’kidlab o`tishgan.
43

Masalan, Aflotun: ”Davlatning qudrati unda qanday musiqa, qaysi lad va qay ritmda yangrayotganligiga to`g`ridan-to`g`ri bog`liq”5, - deb yozgan. Bitiruv malakaviy ishi bo`yicha topshiriqlarni bajarish mobaynida Navoiy Madaniyat va san’at kolleji, Navoiy shahridagi umumiy o`rta ta’lim maktablaridagi, Navoiy davlat pedagogika instituti ARMlaridagi hamda Farhod madaniyat saroyi bibliotekasining o`quv zallaridagi tegishli adabiyotlardan va boshqa manbalardan foydalangan holda, ilmiy rahbarim Sh.I.Jalilov va boshqa mutaxassis ustoz-murabbiylarning maslahatlariga tayangan holda pedagogik amaliyot davrida quyidagi tadqiqotlarni amalga oshirishga muvaffaq bo`ldim:




  • Musiqa idrokining bizgacha tadqiq etilgan alohida va umumiy jihatlarini tegishli adabiyotlardan foydalangan holda o`rganish va tahlil qilish.

  • Musiqa idrokining bolalar tarbiyasidagi muhim ahamiyatini tadqiq etish.

  • Musiqa idrokini tashkil etish muammolarining paydo bo`lishi, shakllanishi va rivojlanishi jarayonlarini o`rganib chiqish.

  • Musiqa idrokining inson ongiga, xarakterining shakllanishiga badiiy didining shakllanishiga qanchalik ta’sir ko`rsatishini tadqiq etish.

 Xalq og`zaki ijodida shakllanib, rivojlanib kelgan o`zbek
folklor musiqasidan musiqiy idrokning tarbiyaviy vositasi sifatida foydalanish tamoyillarini o`rganib chiqish va tavsiya etish.


  1. Qodirov R.G. Musiqa psixologiyasi. “Musiqa”nashriyoti, T.., 2005y. 4-bet.

44

  • Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etish.

  • O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa madaniyati darslarida musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etish.

  • Maktabdan va sinfdan tashqari musiqa ta’limi mashg`ulotlaridaa

musiqa idrokining tashkil etilishi masalasini o`rganib, tahlil qilish va tadqiq etishga erishish.

Ushbu bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida faoliyat yurituvchi musiqa rahbarlari hamda o`qituvchilarining ish tajribalarini o`rganib, ularning bu boradagi qilayotgan ijodiy izlanishlarini faoliyatlarini tahlil qilish natijasida bolalarning musiqa idrokini shakllantirish va rivojlantirishni tashkil etish yuzasidan quyidagi tavsiyalarni ishlab chiqdim:


  • Bolalarning musiqiy idrokini shakllantirishni tashkil etishda ularning yoshiga doir fiziologiyasini inobatga olish.

  • Bolalarning musiqiy idrokini shakllantirishni tashkil etishda ularning har birining individual xususiyatlarini, o`ziga xos xarakterini hisobga olgan holda har biriga individual munosabatda bo`lishga erishish.

  • Maktabgacha ta’lim muassasalarida, o`rta umumiy ta'lim maktablarida, sinfdan tashqari va maktabdan tashqari musiqiy ta’lim mashg`ulotlarida bolalarning musiqiy idrokini

45

shakllantirish va to`g`ri yo`naltirishga doimiy ravishda alohida e’tibor qaratish.



  • Musiqa idrokining ijtimoiy ta’sirini ham hisobga olgan holda, ommaviy tadbirlarda, bayramlar, ko`rik-tanlovlar, festivallar va boshqa ommaviy yig`inlarda ishlatiladigan musiqiy asarlarning xarakteriga, tarbiyaviy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratish va bundan maqsadli ravishda, ommaviy tarbiya vositasi sifatida foydalanish.

  • Musiqa mashg`ulotlarida va ommaviy musiqiy tadbirlarda, musiqiy kechalarda, ijodiy uchrashuvlarda darsning yoki tadbirning mavzusidan kelib chiqqan holda unda tinglanadigan, ijro etiladigan musiqiy asarlar rejasini oldindan tuzib chiqish va bunda musiqa idrokining to`g`ri tashkil etilishiga alohida e’tibor

qaratishga erishish.
Quyidagi ilovalarda yuqorida keltirilgan fikrlarni tahlil qilish maqsadida bir necha kuylar hamda ba’zi kuylardan parchalar keltitilgan :

46

Musiqani tinglab, idrok etish uchun mo`ljallangan


asarlardan namunalar (ilovalar):
1-ilova:

47

2-ilova:





48


3-ilova:



49


4-ilova:



50


5-ilova:



51


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI



  1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch.-T., “Ma’naviyat”, 2009.




  1. b.




  1. Karimov I.A. Buyuk maqsad yo`lidan og`ishmaylik.-T., “O`zbekiston” 1993.




  1. b.




  1. Karimov I.A. Istiqlol va ma’naviyat.-T., “O`zbekiston”, 1994. 157 b.




  1. Karimov I.A. O`zbekiston mustaqil taraqqiyot yo`lida.-T., “O`zbekiston”, 1994. 78 b.




  1. Karimov I.A. Vatan sajdagoh kabi muqaddasdir.-T., “O`zbekiston”, 1996.




  1. b.




  1. Karimov I.A. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori . O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so`zlagan nutqi,1997-yil, 29- avgust. Barkamol avlod – O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. -T., 1997.-B.4-19.




  1. Karimov I.A. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisidagi ma’ruzasi,2010-yil, 27- yanvar. “O`zbekiston oviozi” gazetasi. -T., 2010-yil, 28-yanvardagi nashri.1-3 betlar.




  1. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir. O`zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi,2010-yil, 28- yanvar. “O`zbekiston oviozi” gazetasi. -T., 2010-yil, 30-yanvardagi nashri.1-3 betlar.




  1. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. ”Barkamol avlod yili” Davlat dasturi to`g`risida.2010-yil, 27- yanvar. “O`zbekiston oviozi” gazetasi. - T., 2010-yil, 28-yanvardagi nashri.1- bet.




  1. O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, 1997-yil,29-avgust. -T., 1997.-B.20-29.

52


  1. O`zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. -T., 1997.-B.31-63.




  1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolotlari.-T., “O`zbekiston”, 1997. 328-b.




  1. Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-T., “O`zbekiston”, 1999. 73-b.




  1. Barkamol avlod orzusi. –T., “Sharq”, 1999. 228 b.




  1. Qodirov R.G. Musiqa psixologiyasi. “Musiqa” nashriyoti, T.., 2005y. 4-bet..




  1. Ibragimov X.I., Abdullayeva Sh.A. Pedagogika –T., “Fan va texnologiya” 2007.




  1. Yo`ldoshev J.G`. Usmonov S.A. Pedagogik texnologiya asoslari. –T., “O`qituvchi”, 2004. 104 b.




  1. ”Ta’lim samaradorligini oshirish yo`llari” mavzusidagi seminar-trening materiallari. –T., 2002 y.




  1. Yo`ldoshev J.G`. O`zbekiston Respublikasi ta’limi – taraqqiyot yo`lida.-T., “O`qituvchi” 1994 y.




  1. Ta’limda yangicha pedagogik texnologiyalar: muammolar, yechimlar. Ilmiy

– amaliy konferensiya materiallari. –T., O`z. PFITI, 1999 y.




  1. Farberman B.L.Ilg`or pedagogik texnologiyalar. – T., “Fan” 2000 y.




  1. O`zbek pedagogikasi antologiyasi.( 1-jild). –T., “Oqituvchi” 1995 y.




  1. Umumiy o`rta ta’limning davlat ta’limstandarti va o`quv dasturi. Musiqa. Tasviriy san’at. Jismoniy tarbiya. 6-maxsus son. “Sharq” nashriyot-matbaa konserni, – T., 1999 y.




  1. Sharipova G.H. Musiqa o`qitish metodikasi.”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi”, – T., 2006 y.




  1. Soliyev N.S.Musiqa savodi alifbosi. .”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa uyi”, – T., 2003y.




  1. Rahimov H.R. O`zbekiston – Vatanim manim. “Mehnat”, -T., 1997 y.




  1. Fayziyev O.O., Fayziyev Ot.O. Musiqa va tarbiya. “Fan”, -T., 2003 y.

53

28.Fayziyev O.O. Qashqar rubobi uchun p`esalar. “A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti”, -T., 2004 y.


29.To`rayev F., Do`stov S., Fayziyev O. O`zbek cholg`u asboblari uchun milliy kuylar. “Musiqa” –T., 2009 y.
30.Matyoqubov O. Maqomot. “Musiqa” –T., 2004 y.
31.Do`stov S. Bo`ronov F. Maktabda rubob chalish havaskorlik to`garagini tashkil etish. “Respublika metodika va axborot markazi” –T., 2006 y.


  1. Nurmatov N. Norxo`jaev N. Musiqa, 3-sinf uchun darslik. ”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, – T., 2004 y.




  1. Nurmatov N. Norxo`jaev N. Musiqa umumiy o`rta talim maktablarining 2-sinfi uchun darslik. ”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, – T., 2008 y.

  2. Nurmatov N. Norxo`jaev N. Musiqa alifbosi 1-sinf uchun darslik. ”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, – T., 2004 y.




  1. Ibroximov O. Ibroximov J. Botirov Y. Musiqa, 4-sinf uchun darslik, ”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, – T., 2005 y.




  1. Begmatov S. Mamirov Q. Mansurov A. Karimova D.Ro`ziyev I. Musiqa, 4-sinf uchun darslik, ”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, – T., 2001 y.

  2. Ibrohimov O. Sadirov J. Musiqa. 7-sinf uchun darslik.”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, – T., 2004 y.




  1. Yanov-Yanovskaya N.S. Mutal Burxanov. Vremya, jizn, tvorchestvo. “Muzika” T.., - 1999y. 39.Авлиякулов Н.Х. Педагогическая технология. –Т., 2009 г.

  1. Zunnunov A. Mahkamov U. Didaktika. “Sharq” –T.,2006 y.




  1. Ташбаева Д. Методика преподования музыки и школьный репертуар. «Fan va texnologiya» -T., 2007 г.




  1. Xalq ta’limi jurnali –T., 2008 y. 1-soni. 18-, 116-119 betlar.




  1. Xalq ta’limi jurnali –T., 2001 y. 2-soni. 47-, 77-86 betlar.

54

44.Tursunov R. Ashula va raqs ansambli bilan ishlash uslubiyoti. .”G`afur G`ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi”, – T., 2002 y.


45.Fayzulla M.Karomatli. Ozbek xalqi cholg`u musiqasi. “A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti”, -T., 2004 y.
46.Ermatov M. An’anaviy xonandalik. “A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti”, -T., 2003 y.
47.Qo`chqorov G`. Milliy cholg`ularni o`rganish. “A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti”, -T., 2002 y.
48.Nurmatov H.Qashqar rubobi taronalari. .”G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti”, – T., 1989 y.
49.Rajabiy Yu. Shashmaqom. “Toshkent” –T., 1965 y.
50.Ergashev G`. Afg`on rubobi darsligi. “Bilim”, -T., 2004 y.-248 b.
51.Yusupova N. Musiqa savodi, metodikasi va ritmika. “Musiqa” nashriyoti, – T., 2010 y.


  1. Quvvatov R. Musiqa o`qitish metodikasi. “Musiqa” nashriyoti, –T., 2009 y.




  1. Safarov.O. va boshqalar. O`zbekiston xalqlari etnografiyasi va folklori.”o`qituvchi” nashriyot matbaa uyi, T,,.- 2007y.




  1. Hamidov A.P. O`zbek an’anaviy musiqa ijrochiligi xrestomatiyasi. “O`qituvchi”, -T., 1995 y.

55

N a v o i y d a v l a t p e d a g o g i k a i n s t i t u t i P e d a g o g i k a fakulteti bitiruvchisi Bobojonova Sevara Erkinovnaning 5111100 musiqa ta’limi yo`nalishi bo`yicha bakalavr malakaviy darajasini olish uchun yozgan bitiruv malakaviy ishiga



YAKUNIY XULOSA
Davlat ta’lim standartida nazarda tutilgan yangi ta’lim mazmuni o`quvchilarning musiqiy bilim va malakalarini o`stirish bilan birga ularda kuzatuvchanlik, ijodiy fikrlash, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi individual xislatlarni rivojlantirishni ham maqsad qilib qo`yadi. Davlatimiz tomonidan musiqa madaniyatini ommaviy rivojlantirish maqsadida keyingi yillarda keng ko`lamli tadbirlar ishlab chiqildi va ular muntazam izchillikda hayotga tatbiq etilmoqda.

Musiqa madaniyati darsi o`quvchilarda dastlabki musiqa madaniyatini, nafosat tuyg`usini shakllantitishning asosiy omilidir. Bundan tashqari o`quvchilarda darsda olgan bilimlarini sinfdan tashqari musiqa va xor to`garaklarida, shuningdek, maktabdan tashqari turli musiqa va raqs to`garaklarida takomillashtirish imkoniga ham egadirlar.

O`zaro uyg`unlikdagi musiqiy tovushlar, musiqiy obrazlar, tafakkur va hissiyotlar dunyosi kishi ruhini ko`taradi, uni borliq bilan birlashtiradi, gohida tasavvurlar, hayollarning tushuntirib bo`lmas imkoniyatlarini ochadi, dunyoning cheksiz cheksiz kengliklariga olib ketadi, haqiqatga, idealga yaqinlashtiradi, hayotimizni ma’noli, mazmunli, ma’naviy boy va go`zal qiladi. Musiqiy iste’dod va zakovat o`zining cheksiz imkoniyatlari, mo`jizaviy tabiati bilan bizni hayratga soladi va maftun etadi.
56

Musiqa san’atining bunday mo`jizakor tabiatidan bahramand bo`lish uchun uni tom ma’noda chuqur idrok eta olish kerak. Buyuk musiqachilar – motsart, Betxoven, Shopen, List, Chaykovskiy, Rimskiy-korsakov, Raxmaninov, Toskanini hamda o`zbek musiqasi ijrochilari, bastakor va kompozitorlari – Yunus Rajabiy, Mutal burxonov, Mirsodiq Tojiyev va boshqalar musiqiy asarlarni o`ta chuqur idrok eta olishlari bilan ajralib turishgan6.


O`rta umumiy ta’lim maktablaridagi musiqa va xor to`garaklari hamda madaniyat saroylari, madaniyat uylari va yoshlar ijodkorlik uylari kabi maktabdan tashqari tarbiyaviy-madaniy muassasalarda tashkil etilgan musiqa to`garaklarida o`quvchi yoshlarga milliy qadriyatlarimiz, musiqiy an’analarimizni targ`ib qilish uchun yetarlicha imkoniyatlar mavjudligi quvonarli holdir.

O`quvchilar o`rtasida sog`lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni biz uchun yot bo`lgan diniy va ekstremistik ta’sirlardan, tuban “ommaviy madaniyat” xurujlaridan himoya qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda musiqa san’ati, musiqa madaniyatining ta’sir kuchi beqiyosdir. Insonning tarbiyasida, uning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritar ekanmiz, bu sohada musiqa san’atining, xususan, “Musiqa madaniyati” darslarining va turli san’at to`garaklarining ulkan imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo`lib turibdi.

“Kadrlar tayyorlash milly dasturi”ning sifat ko`rsatkichi bosqichi davom etayotgan hozirgi davrda musiqa madaniyatiga Prezidentimiz



  1. Yanov-Yanovskaya N.S. Mutal Burxanov. Vremya, jizn, tvorchestvo. “Muzika” T.., - 1999.

57

va Hukumatimiz tomonidan yanada ko`proq e’tibor berilayotgani, bu sohada yoshlar uchun yangi-yangi imkoniyatlar yaratilayotgani ham jamiyatning madaniy rivojlanishida va yoshlarning ma’naviy kamol topishida musiqa madaniyati qanchalik muhim ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatadi. Milliy madaniyatimizning ulkan tarixiy yutuqlari milliy ma’naviy qadriyatlarimiz, musiqiy an’analarimiz va musiqiy pedagogika bilan chambarchas bog`liqdir.

Ko`p yillik pedogogik tajribalar shuni ko`rsatmoqdaki, musiqa san’atining, musiqa madaniyatining yoshlar tarbiyasiga, didiga qay yo`sinda ta’sir ko`rsatishi ularning musiqani idrok eta olish salohiyati bilan chambarchas bog`liq. Talabaning mazkur bitiruv malakaviy ishi hozirgi davrda o`ta dolzarb bo`lgan mana shunday muammoga – musiqani idrok etishni to`g`ri tashkil qilish va bundan yoshlarni to`g`ri yo`nalishda tarbiyalash yo`llaridan maqsadli foydalanish uslublarini ishlab chiqish muammosiga bag`ishlangan, bo`lib bunda talaba bir qator ijobiy natijalarga erishgan.

Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`lib, ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishlanganlik darajasi keng tahlil etilib, bitiruv malakaviy ishining maqsadi, vazifasi, nazariy va amaliy ahamiyati har jihatdan yoritib berilgan.

Talaba Bobojonova Sevara bitiruv malakaviy ishiga musiqani idrok etishni tashkil etish ishlari bo`yicha qilingan va qilinayotgan izlanishlarni, bu boradagi ilg`or pedagoglarning ish tajribasini o`rganish, tahlil qilish hamda musiqani idrok etishni tashkil etish bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqishni, shuningdek, milliy
58

musiqamiz mazmunini idrok etish orqali milliy qadriyatlar, tarbiyaviy-ta’limiy g`oyalar va qarashlarni aniqlash, tahlil qilish hamda ulardagi insonparvarlik va vatanparvarlik kabi dolzarb g`oyalarni yoshlar ongiga singdirish yo`llarini ishlab chiqishni maqsad qilib olgan.


Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobi “Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlari” deb nomlanadi. Unda maktabgacha ta’lim muassasalarida va o`rta umumiy ta’lim maktablarida musiqa mashg`ulotlarining tashkil etilishi tahlil etilgan. Shuningdek, bobning uchinchi paragrafida sinfdan tashqari va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida musiqa mashg`ulotlarining tashkil etilishi ham har tomonlama yoririb berilgan.

Bitiruv malakaviy ishining ikkinchi bobi “Musiqa msdhg`ulotlarida musiqani idrok etishni o`rgatish uslublari” deb nomlangan bo`lib, unda talaba “Musiqa madaniyati” darslarida hamda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish muammolari haqidagi qarashlari va fikr-mulohazalarini bayon etgan. Shuningdek, bu bobda talaba tomonidan mavzu yuzasidan bajarilgan tadqiqot natijalari amaliy vositalar bilan birgalikda bayon etilgan.

Mazkur bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida ishning amaliy sinov-tajriba natijalarini bayon etish bilan bir vaqtda “Musiqa madaniyati” darslarida hamda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish muammolarining yechimi haqida to`xtalib, bu boradagi o`z tavsiyalarini bayon qilgan. Talabaning ushbu tavsiyalaridan “Musiqa madaniyati” darslarida hamda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg`ulotlarda,
59

shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida foydalansa bo`ladi, degan fikrdaman.

Talaba mavzu bo`yicha ishlash jarayonida shu mavzuga tegishli bo`lgan ko`plab ilmiy, uslubiy va pedagogik adabiyotlardan foydalangan hamda ulardan ba’zilarini dalil sifatida ko`rsatib o`tgan.

Yoshlar tarbiyasida pedagogikaning, musiqa san’atining, shu jumladan musiqiy pedagogikaning va musiqiy psixologiyaning naqadar katta ahamiyatga ega ekanligi Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan doimiy ravishda ta’kidlanishi ushbu bitiruv malakaviy ishining mavzusi qanchalik dolzarb ekanligini bildiradi.

Bitiruv ishining maqsadi “Musiqa madaniyati” darslarida hamda sinfdan tashqari va maktabdan tashqari mashg`ulotlarda musiqani idrok etishni tashkil qilish muammolari haqidagi qarashlar va fikr-mulohazalarnig o`rganilish darajasini aniqlash, bu boradagi ilg`or ish tajribalarini tahlil qilish hamda musiqa idrokining yoshlar tarbiyasida tutgan o`rnini tahlil qilish va bu borada yangi ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat bo`lib, ish jarayonida bu maqsadlarga qisman erishilgan va bitiruv malakaviy ishini bajarishga yetarli darajada mas’uliyat bilan yondoshgan degan fikrdaman.

Bitiruv malakaviy ishi mustaqil ishlangan, xulosalangan, yakunlangan va mavzu bo`yicha belgilangan maqsadlarga erishilgan. U O`zbekiston Respublikasi OAK talablari asosida bajarilgan va 5111100-musiqa ta’limi yo`nalishi bo`yicha bakalavr malakaviy darajasini olish uchun qo`yilgan talablarga mos keladi.

Ushbu bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.
Ilmiy rahbar: katta o`qituvchi Sh.I. Jalilov
60

Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti bitiruvchisi Bobojonova Sevara Erkinovnaning 5111100-Musiqa ta’limi yo`nalishi bo`yicha bakalavr malakaviy darajasini olish uchun yozgan bitiruv


m a l a k a v i y i s h i g a
TAQRIZ
Yosh avlod tarbiyasida, uning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekanligi haqida fikr yuritar ekanmiz, bu sohada musiqa san’atining, xususan, “Musiqa madaniyati” darslarining va turli san’at to`garaklarining ulkan imkoniyatlaridan yanada samaraliroq foydalanish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo`lib turibdi.

Talabaning bitiruv malakaviy ishi “Musiqa madaniyati” darslarini o`tishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali metodlarini o`rganish, uni amalda sinab korish, ulardan yanada samaraliroq foydalanish yo`llarini izlash va ishlab chiqish, yoshlar ongida musiqa idrokini shakllantirish muammolarining yechimiga bag`ishlangan.

Mazkur bitiruv malakaviy ishi ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.

Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishlanganlik darajasi keng tahlil etilib, bitiruv malakaviy ishining maqsadi, vazifasi, nazariy va amaliy ahamiyati yetarli darajada ta’riflangan.

Bitiruv ishining “Ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlari” deb nomlangan birinchi bobida maktabgacha ta’lim muassasalarida va umumiy o`rta ta’lim maktablarida hamda maktabdan tashqari ta’lim

61

muassasalarida musiqa mashg`ulotlarining strukturasi va tashkil etilishi tahlil etilgan.



Bituruv malakaviy ishining ikkinchi bobi esa “Musiqa mashg`ulotlarida musiqani idrok etishni o`rgatish uslublari” deb nomlangan. Unda ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida musiqa idrokini shakllantirish tajribalari va muammolari, musiqa idrokining yoshlar tarbiyasiga, dunyoqarashiga ijobiy ta’siri haqidagi qarashlar bayon etilgan.

Bitiruv malakaviy ishining xulosa qismida ishning amaliy sinov-tajriba natijalarini bayon etish bilan bir vaqtda musiqa mashg`ulotlarida yangi pedagogik texnologiya metod va vositalaridan yanada samaraliroq foydalangan holda musiqa idrokining tarbiyaviy ta’siridan rejalashtirilgan holda, kengroq foydalanish yuzasidan bir qancha tavsiyalar berilgan.

Ushbu bitiruv malakaviy ishi to`liq yakunlangan va qo`yilgan maqsadlarga erishilgan.U O`zbekiston Respublikasi OAK talablari asosida bajarilgan va 5111100-musiqa ta’limi yo`nalishi bo`yicha bakalavr malakaviy darajasini olish uchun qo`yilgan talablarga mos keladi.

Bobojonova Sevara Erkinovnaning bitiruv malakaviy ishini himoyaga tavsiya etaman.

Musiqa” kafedrasi dotsent v/b s.f.n. S.B.Saidiy

62

Navoiy davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti bitiruvchisi Bobojonova Sevara Erkinovnaning 5111100-musiqa ta’limi yo`nalishi bo`yicha bakalavr malakaviy darajasini olish uchun yozgan bitiruv


m a l a k a v i y i s h i g a
TAQRIZ
Barcha ta’lim muassasalarida, ya’ni maktabgacha ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarida, umumiy o`rta ta’lim maktablarida “Musiqa madaniyati” darslarini o`tishda, shuningdek, sinfdan va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning samarali metodlarini o`rganish, uni amalda sinab korish hamda bu metodlarning oldingi an’anaviy dars o`tish uslublaridan farqli va afzal jihatlarini tadqiq etib, ulardan yanada samaraliroq foydalanish yo`llarini izlash va ishlab chiqish,ayniqsa ta’limning hozirgi sifat bosqichida o`ta muhim ahamiyatga egadir.

Masalaga shu nuqtai nazardan qaraganda bitiruv malakaviy ishining mavzusi aynan hozirgi zamon talab-ehtiyojiga mos bo`lgan juda dolzarb masalaga – musiqa idrokini yoshlar tarbiyasiga maqsadli yo`naltirish masalasiga bag`ishlangan.

Tuzilishiga ko`ra mazkur bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, beshta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat. Ishning kirish qismida mavzuning dolzarbligi, ishlanganlik darajasi, bitiruv malakaviy ishining maqsadi, vazifasi ko`rsatilgan.

Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida ta’lim muassasalaridagi musiqa mashg`ulotlarining tashkil etilishi tahlil etilgan.

63

Ikkinchi bobda esa musiqa mashg`ulotlarida musiqani idrok etishni o`rgatish uslublari haqidagi va musiqa idrokining yoshlar tarbiyasiga ta’siri haqidagi qarashlari, fikrlari o`z ifodasini topgan.



Ishning xulosa qismida bitiruv malakaviy ishining amaliy sinov-tajriba natijalari bayon etilgan va “Musiqa madaniyati” darslarida va to`garak mashg`ulotlarida yoshlar orasida musiqa idrokini to`g`ri tashkil etish orqali undan kuchli tarbiya vositasi sifatida keng foydalanish bo`yicha aniq, qiziqarli tavsiyalar berilgan bo`lib ushbu fikr va

xulosalardan madaniyat va san’at kollejlarida ham qisman foydalanish


mumkin.
Talabaning bitiruv malakaviy ishi hozirgi zamon talablari darajasida yozilgan va kelajakda bu talaba yaxshi musiqa o`qituvchisi bo`lib yetishishiga ishonch bildiraman.

Bitiruv malakaviy ishi O`zbekiston Respublikasi OAK talablari asosida bajarilgan va 5111100-musiqa ta’limi yo`nalishi bo`yicha bakalavr malakaviy darajasini olish uchun qo`yilgan talablarga mos keladi.



Bobojonova Sevara Erkinovnaning bitiruv malakaviy ishini
himoyaga tavsiya etaman.

Navoiy Madaniyat va san’at kolleji “Fortepiano va xor dirijyorligi” bo`limi katta o`qituvchisi:


L.N.Nosirov



64

Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish