O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi namangan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi chortoq tuman xalq bo’limiga qarashli



Download 0,87 Mb.
Sana26.05.2022
Hajmi0,87 Mb.
#609396
Bog'liq
3 manaviyat





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYAT XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

CHORTOQ TUMAN XALQ BO’LIMIGA QARASHLI
42-UMUM TA’LIM MAKTABI
BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHISI
Abduraxmanova shahloxonning
3-sinf uchun “Manaviyat soati”dan
Alisher Navoiy hayoti va ijodi” mavzusidagi




Chortoq sh.
Dars mavzusi: Bobomiz Alisher Navoiy hayoti va ijodi.
Dars maqsadi: O’quvchilarga so’z mulkuning sultoni – Alisher Navoiy haqida, uning hikmatli so’zlari, g’azal va ruboiylari haqida tushuncha berish, buyuk ajdodlarimizdan o’rnak olish, ularning o’gitlarini qadrlashga o’rgatish va vatanparvar ruhida tarbiyalash, og’zaki nutqlarini oshirish, mantiqiy fikrlash malakalrini rivojlantirish
Dars uslubi: savol-javob, sahna, interfaol
Dars jihozlari: A.Navoiy rasmi, multimediali ilovalar
Darsning borishi:

  1. tashkiliy qism:

O’qituvchi: Sinfda kim navbatchi?
Har narsadan xabarchi.
O’quvchi: Sinfda men navbatchi,
Har narsadan xabarchi.
Parta-stollar toza,
Eshik oynalar soz-a?
(o’quvchi sinf haqida ma’lumot beradi)
(O’qituvchi sana, oy, kunni so’raydi?)
O’qituvchi: Ertalab tonggimiz nimadan boshlanadi?
O’quvchilar: Salomdan.
(assalom she’ri o’quvchilar tomonidan aytiladi)
O’qituvchi: Demak darsimiz ma’naviyat.

  1. Ma’naviyat nima?

  2. Vatan nima?

(vatan haqida she’rlar o’quvchilar tomonidan aytiladi)

  1. 2018-Yilning nomlanishi

  2. 2017-2021 yillarga mo’njallangan O`zbekistonni rivojlantirishni beshta ustuvor yo`nalishi, harakatlar srategiyasini aytib bering.

  3. O`quvchilarni odob-axloq qoidalarini aytib bering, qachon qabul qilingan?

  4. O’quvchilar , fevral oyida qanday muhim sanalarni nishonlaymiz?

( Bobakalonlarimiz A.Navoiy va Z.M.Bobur tavvalud topgan kuni haqida aytishdi, fevral oyi matematika va chizmachilik fanlarioyligi, “Fevral - giyohvandllikni oldini olish oyligi” haqida so’raldi )



Yangi mavzuning bayoni: Bobomiz Alisher Navoiyning hayoti va ijodi.

O’qituvchi: Bugun biz darsimizda turk she’riyatining sultoni, o’zbek adabiyotining asoschisi, buyuk matafakkir, davlat arbobi, dunyo klassik adabiyotining benazir namayondasi, buyuk bobokolonimiz Mir Alisher Navoiy hazratlari haqida nimalarni o’rganib keldingiz.

O’quvchilar: A.Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirot shahrida tug’ilgan. U bolaligidanoq ziyrakligi, o’tkir zehni, she’r o’qish,o’qish va yodlash qobilyati bilan ko’pchilikning e’tiborini qozondi. Alisher 10-12 yoshidanoq ilk she’rlari bilan shoir va olimlarni hayratga soldi. Alisherning otasi G’iyosiddin kichkina badiiy adabiyotni sevardi. Ularning uyida she’rxonlik kechalari bo’lib turardi. Bunday badiiy muhit Alisherning yetuk shoir va katta olim bo’lishiga sabab bo’ladi. Ko’p o’tmay Alisher she’rlar yoza boshlaydi. Alisher oz iste’dodi bilan Lutfiy, Sharofiddin Ali Yazdiy kabi shoir va allomalar e’tiboriga sazovor bo’ladi. Alisher kitob bilan do’stlashadi. Oradan yarim asr o’tgach “Hayrat ul-abror” dostoni yaratadi. U davlat arbobi sifatida xalq faravonligi uchun kurashdi. Maktab, madrasa, shifoxona, kutubxonalar qurdirdi,ariq va kanallar qazitdi.

U o’zining o’lmas asari “Xamsa” dostonini 1483-1485 yillarda yaratdi. Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvar kuni Hirotda vafot etgan.

Ekranda A.Navoiy haqida slaydlar ko’rsatiladi.


A.Navoiy haqida o’quvchilari o’z bilganlarini gapirishdi.

O’qituvchi: O’quvchilar birinchi prezidentimiz I.A.Karimov “Yuksak ma’naviyat –yengilmas kuch” kitobida bobomiz Navoiyga qanday ta’rif berganlar?


O’quvchi: “Agar bu ulug’ zotni avliyo desak, avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning soltonidir”.

(sahna ko’rinishi qo’yiladi


Qatnashuvchilar:Shoh, A.Navoiy va muallif)

Endi biz o’zimiz o’qigan va yod olgan Navoiy hikmatlari,g’azallari, ruboiylari, xalq maqollari haqida bilganlarimizni o’rtoqlashamiz.

Tilga ixtoyorsiz-elga e’tiborsiz.

Oz-oz o’rganib dono bo’lur,


Qatra-qatra yig’ilib daryo bo’lur.

O’qituvchi: Qani o’quvchilar bola Alisher ilk bor maktabga qadam qo’ygan paytni eslaylik.
(bola Alisher rivoyati o’quvchilar tomonidan so’zlab beriladi)
Shundan so’ng yangi mavzu mustahkamlandi.Navoiy bobomiz she’ri oqib eshittirildi.
Uyga vazifa: G’azal va hikmatli so’zlardan yod olish.


Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish