Darsning jihozi: qish tasviri tushirilgan rasm.
Darsning rejasi: 1. Imlo xatolar ustida ishlash.
2. Uslubiy xatolar ustida ishlash.
3. Ishoraviy xatolar ustida ishlash.
O'quvchilarga daftarlarni tarqatib, xatolari bilan tanishib chiqish
topshiriladi. So'ng o'qituvchi avvaldan umumlashtirib qo'ygan tipik xatolarga oid
lug'at diktant o'tkazadi. Lug'at diktantda o'quvchilarning bayonida uchragan imlo
xatoga oid qoidalar mustahkamlanishi mumkin bo'lgan so'zlar tanlanadi.
O'qituvchi matnni ko'chma taxtada avvaldan tayyorlab qo'yadi. O'quvchilar ana
shu matnga qarab xatolarni tuzatadilar. Bu keyinchalik ana shunday imlo
xatolarining takrorlanmasligiga asos bo'ladi.
Imlo xatolar ustida ishlab bo'lingach, o'quvchilar bayonida uchragan uslubiy
xatolar va ularning sabablari o'quvchilarga tushuntiriladi. Tegishli nazariy
qoidalar takrorlanadi.
Ishoraviy xatolar ustida ishlashda o'quvchilar qaysi ishoraga oid xato qilgan
bo'lsa, o'sha ishoraning ishlatilishi bilan bog'liq bo'lgan nazariy qoidalar
takrorlanadi.
Uyga vazifa.