Geometriya
Ona tili
Biologiya
Geografiya
Teng hadli
Sifat
Hujayra
G'arb
Berilgan so'zlarni qaysi kasb-hunarga doirligini bo'sh kataklarga joylash
talab etiladi.
Duradgorlik
Chevarchilik
Dehqonchilik
Chorvachilik
Randa
Qaychi
Shudgor
Suruv
Qaychi, randa
so'zlarini boshqa so'z bilan almashtirsa bo'ladimi?
Atamalar necha turli bo'ladi? (Ilmiy, kasb-hunar).
Shevaga xos so'zlar.
G'o'ra — dovuchcha, shakarob — achchiq-chuchuk, bargak — turshak
so'zlarining qaysilari shevaga xos so'zlar? (So'zlarning ikkinchisi).
Eskirgan so'zlarni o'qituvchining o'zi tushuntirgani ma'qul.
Geometriya — handasa, astronomiya —falakiyot, matematika-riyoziyot,
askar — cherik, do ppi — bo’rk.
Bugungi kunda qo'llanmaydigan, uning o'rnida
boshqa so'zlar qo'llaniladigan so'zlar eskirgan so'zlardir.
O'zbek tiliga nima sababdan boshqa tillardan so'zlar o'zlashgan?
1. Arablarning Markaziy Osiyoni bosib olishi sababli:
maktab, a'lo, kitob,
dars, rais, shoir.
2. Rossiyaning Markaziy Osiyoni bosib olganligi uchun:
parta, ruchka.
3. Tojiklar bilan yonma-yon yoki bir hududda yashaganligimiz tufayli:
dastarra, dastyor, jahon.
4. Qadimda rivojlangan mamlakatlardagi kashfiyotlar sababli:
dekada (fr),
dekan (lot), delegatsiya (lot), soldat (nem).
Chetdan kirgan so'zlar savol-javob asosida aniqlansa, maqsadga muvofiq
bo'ladi.
O'qituvchi beshala savol va topshiriqqa berilgan javoblarni xulosalaydi.
Quyi sinflarda tasviriy ifoda, iboralar, uyadosh so'zlar va paronim so'zlar ham
leksikologiyada o'rganilgani eslatiladi.
18-mashq og'zaki bajariladi.
19-mashq mustaqil bajariladi.
Mavzuni mustahkamlash maqsadida 20-mashq yozma bajariladi. Bajarilgan
mashq o'qitiladi. Tekshirish uchun so'zlar tartibi quyidagicha:
osmonda,
qoqayotgan, nolib, saylashini, jimjit, boshini, oldida.
Mashq o'qilayotganda
ma'nodosh so'zlar ta'riii, ma'nosi savollar orqali aniqlanadi.
«Ma'nodosh so'zlar» mavzusini yanada mustahkamlash maqsadida, sinf
o'quvchilari kayfiyatlarini ko'tarish niyatida «Kim ko'p ma'nodosh so'zlarni
aniqlaydi» o'yinini tashkillash mumkin. Sinf jamoasi uch guruhga bo'linadi.
Uchala guruhga bir xil topshiriq berih'b, bir daqiqa vaqt ajratiladi. 1-turda inoq
bosh so'zi beriladi (sinonimlari:
inoq, ahil, qadrdon, totuv, ittifoq, qalin, apoq-
chapoq
tekshirish uchun). Qaysi guruh nechta to'g'ri so'z topsa, o'shancha ball
oladi. Oxirida g'oliblar aniqlanadi. 2-turda
unadi (unadi, ko'ndi, rozi bo'ldi),
3-
turda
osmon (osmon, ko'k, samo, falak, gardun)
bosh so'zlari beriladi.
Darsning so'ngida har bir guruhning darsga ishtirokini izohlab ball qo'yiladi.
Har bir guruh o'z ishida o'zaro olgan ballarini taqqoslaydi, ya'ni har bir ishtirokchi
14
o'zining ishtirokiga yarasha ball oladi.
Uyga 21-mashqni bajarish va nazariy ma'lumotni o'qib kelish topshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |