Saylanma diktant
1. Musofir bo'l, ammo Vatan ichra bo'l. (Alisher Navoiy) 2. Menga
Pushkin bir jahon-u, Menga Bayron bir jahon, Lek Navoiydek bobom bor,
Ko'ksim osmon, o'zbegim! (E. Vohidov) 3. Quyosh charaqlab turgan bo'lsa
ham, ammo sovuq izzilatar edi. 4. Namoz bilan Hamdamboyning nigohlari
duch kelib qoldi. 5. Yomon til yo jonga urar, yo iymonga. 6. Na ko'kning
fonari o'chmasdan, na yulduz sayr etib ko'chmasdan... burun turar edi bizning
Jontemir. (Uyg'un)
Bog'lovchilarning turiga qarab jadvalga joylang.
Bog'lovchi turlari
Bog'lovchilar
Teng bog'lovchilar
ammo, yo-yo, lek
Ergashtiruvchi
bog'lovchilar
Vazifadosh bog'lovchilar
bilan, na-na
Uyga vazifa: Takrorlash.
79-dars
TESTLAR USTIDA ISHLASH
Darsning maqsadi:
a) ilmiy maqsad— o'quvchilar bilimini sinash;
b) tarbiyaviy maqsad — o'quvchilarni fikrlashga o'rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad — grammatik tushunchalarni anglash tuyg'usini
rivojlantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |