II bob. Abdulla Oripov she’riyatining badiiyati va til belgilari.
2.1. A. Oripov she’riyatining o’ziga xos til xususiyatlari.
Iste’dodli shoir Abdulla Oripov adabiyotimizga yangicha badiiy
tafakkur yo’sinlarini olib kirgan ijodkorlardan biri. U inson qalbidagi
murkkab ziddiyatlarni, haq-nohaqliklarni, adolat va razolatni o’ziga xos
betakror kuylayotgan etuk shoirdir. SHoirning «Sohibqiron» she’riy
dramasi Amir Temurning 660 yilligi munosabati bilan yaratilgan bo’lib,
asar mustaqillik adabiyoti xazinasiga bebaho mulk bo’lib qo’shildi.
Dramada badiiy itasviriy vositalar, parafrazalar, shuningdek, tilning
boshqa vositalari qatori frazeologik birliklar moxirlik bilan qo’llangan.
«Soxibqiron» she’riy dramasidagi frazeologik birikmalar ko’proq
personajlar nutqini individuallashtirish, ularda muallif munosabatini ifodalash
vositasi bo’lgan.
Asarda tasvirlanishicha, yoshligidan adolat uchun kurashishni o’ziga
maqsad va maslak qilib olgan Amir Temur ezgulik yo’lida jahoning qariyb
yarmini zabt etib, Buyuk Turon saltanatini barpo etadi. Orttirgan behisob
boyliklarini faqat adolat uchun, yaxshi ishlar uchun sarflaydi, el-yurtni obod
qildiradi, yangi shahar va qishloqlar, masjid-madrasalar bunyod ettiradi, yangi
yo’llar ochdirib, kanallar qazdirib, cho’lda bog’u rog’lar yaratadi, yangi yo’llar
ochdirib, kanallar qazdirib, cho’lda bog’u rog’lar yaratadi.
Dramada Sohibqironning orzu-o’ylari, intilishlari, jamiyatdagi kurash,
mamlakat va xalq oldidagi buyuk xizmatlari birin-ketin ochila boradi, natijada
Amir Temurning buyuk va salobatli, jonli va tabiiy obrazi sahnaviy usullarda
yaqqol namoyon bo’ladi.
15
Asarda Amir Temur obrazi bilan birga Sulton Boyazid, Bibixonim, Amir
Husayn, Ahmad YAssaviy kabi obrazlar ham realistik bo’yoqlarda jonli va
ishonarli qilib tasvirlangan.
Dramadagi har bir personaj xarakterining biron qirrasini bo’rttirib
ko’rsatishda frazeologik birliklar asosiy vosita vazifasini bajargan. Masalan:
Bibixonimning Amir Temurga bo’lgan cheksiz hurmati quyidagi misralarda
yorqin namoyon bo’ladi:
Olam yukki qadar buyuk qudratingizni,
Kiprigimda ko’targayman muhabbat bilan
5
.
Keltirilgan baytda kiprig()i ko’tarmoq iborasi yuksak darajada izzat-hurmat
qilmoq ma’nosini ifodalaydi. Amir Temurning sartarosh bilan muloqoti va unga
Sohibqiron o’zining yuragidagi istak, dardini aytmoqchi ekanligini ko’ngil
ochmoq iborasi orqali bayon qiladi:
Har qandayin bandaga ham kerakdir sirdosh,
Senga ko’ngil ochsam bo’lar…
6
Bu iboraga sinonim sifatida dramada yuragini to’kmoq iborasi ham
ishlatilgan:
YUragimda tomchi-tomchi gaplar yig’ilmish,
Men ularni to’kay derman Sizga, Sizlarga
Sen ularga yaqinroq kel, Mirzo Ulug’bek.
7
Muallif dramada o’lim ma’nosini anglatuvchi umri barham topmoq mangu
orom olmoq – kuni bitmoq – boqiy dunyoga ketmoq – qazo qilmoq – jon bermoq
kabi frazeologik sinonimlardan o’rinli foydalangan:
Mana bugun barham topdi ikkita umr,
Ikkisi ham bir onadan tug’ilgan edi.
Biri, singil, biri aka – izma-iz ketdi.
5
Абдулла Орипов. Соҳибқирон. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996. 52-б
6
Абдулла Орипов. Соҳибқирон. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996 8-б
7
Абдулла Орипов. Соҳибқирон. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996 134-б
16
Agar qo’yib yuborsalar ko’zimni bog’lab,
Hech adashmay shahri Keshni topib kelardim.
U joydadir ota-onamni hoki poylari,
Mangu orom olar unda o’g’lim Jahongir.
Allaqachon ketgan ul zot boqiy dunyoga,
Olam bo’ylab kezib yurar ruhlar lekin.
SHuningdek, asarda hayot pardasini ko’tarmoq, ikki o’t orasida jizg’anak
bo’lmoq, ajal bekinmochoq o’ynar, og’iz(i)ni hidlab ko’rmoq, Azroil qilichini
qaynarmoq, zuvalasini pishitmoq kabi ohori to’kilmagan iboralar qayd etilgan:
Xo’sh, ularning halokati men tufaylimi?
Agar hayot pardasini ko’tarib boqsang
Orasida ikki holat ko’ringay ro’y-rost:
Biri Rahmon qiyofasi,
Unisi-shayton.
Nega ko’pdir nayrangbozu kazzob kimsalar?
Nega bosgan er yuzini buncha ko’p illat?
Men zamini tozalashim kerak ulardan.
Ajal mudom bekinmachoq o’ynar biz bilan.
Men o’limdan qo’rqamanmi?
Ko’p chigal savol…
Vaqti kelib, qilichini qayrab Azroyil
Saltanatim tepasida paydo bo’lgan chog’,
Maqbaramni ko’rib, ortga qaytib ketgaydir:
Allaqachon buning jonin olibman-ku, deb.
SHoir dramada iboralar bilan birga so’zlarni ko’chma ma’noda qo’llash va
tasviriy vositalardan ham mahorat bilan foydalangan:
Foniy dunyo Iskandarga vafo qildim?
YOki vafo qilganmidi CHingizxonga u?
17
Vujudimni mudhish og’riq tamom chulg’adi,
Borib etidi u miyaning tubiga qadar.
G’oyat aniq ko’rinmoqda umrning shomi.
8
Misradagi umrning shomi birikmasida so’zlar ko’chma ma’noda qo’llanib,
so’z ma’nosini metafora yo’li bilan ko’chgan. Asarda Amir Temur tilidan
Bibixonimning aziz, mo’’tabar, olijanobligi ko’chma ma’nodagi so’zlar bilan
shunday ta’riflanadi:
Saltanatni oltin uzuk desam men agar,
Uning oliy bezagi – Siz,
YOqut ko’zi Siz.
SHuningdek dramada o’xshatish:
Afsuski, men shamshir bilan do’st
bo’ldim ko’proq,
Mash’alaga o’zin urgan parvonalardek.
Kuyib ketdi qancha odam gunoh-begunoh
Inshoolloh, yuvgaydirman, dog’larim bo’lsa…
9
Antonim:
Men g’olibmen!
Ayni chog’da mag’lubdirmen ham.
Qulluq, Hazrat!
Menga zafar tilang, yaxshisi,
Gadolik ham qismat erur, shohlik ham qismat.
Sinonim:
Muborakbod etmoq uchun hazratimizni, YAqin-yiroq o’lkalardan mehmonlar
kelmish.
Olampanoh, shahri Keshdan – ota makondan
8
Абдулла Орипов. Соҳибқирон. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996. 135-б
9
Абдулла Орипов. Соҳибқирон. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996 105-б.
18
Qutlagali qarindoshlar tashrif buyurmish,-
10
kabi uslubiy vositalarni ham shoir ustalik bilan qo’lagan.
Drama so’ngida Sohibqiron umr bo’yi qilgan savobu gunohlarini sarhisob
etib, shunday deydi:
Tinsiz jangu jadal bilan o’tdi hayotim,
Balki qancha umrlarga zomin bo’lganman.
Oxiratda etagimdan tutmasmi ular?
11
Xullas, drama tili sodda, aniq, qisqa va lo’nda bo’lib, unda chuqur
mazmunli va obrazli baytlar ko’p va ular chuqur hayotiyligi, falsafiy teranligi,
jozibadorligi, shoirona fikr-mushohadalarga boyligi bilan ibratlidir
12
.
Abdulla Oripovning «Sohibqiron» dramasi maktab, litsey, kollejlarda
o’rganilmoqda. O’qituvchi o’quvchilarga bu asar mustaqillik davri o’zbek
adabiyotining yirik namunalaridan biri ekanligi, asarning syujeti, kompozisiyasi
haqida ma’lumot berarkan, uning til xususiyatlarini ham o’quvchilar ongiga
chuqur singdirish lozim. SHunday paytda dramada qo’llanilgan frazeologizmlar,
shakldosh, ma’nodosh, zid ma’noli so’zlarning uslubiy xususiyatlarini dars
jarayonida yuqoridagidek, asardan olingan misollar asosida ko’rsatish o’zbek
adabiy tilining tasviriy vositalar haqida boy ma’lumotlar beradi.
Ma’lumki, Abdulla Oripov qadim an’analarimizni yaxshi o’rgangan,
ulardan puxta oziqlangan san’atkor.
Abdulla Oripovga ma’naviy-ruhiy madad va ilhom bag’ishlagan manbalar
faqat YAssaviy, Navoiy, Bobu ryoki Mashrab kabi buyuk daholarning meroslari
bilan cheklanmaydi.
«Xalq og’zaki ijodiga bepisandlik adabiyotdan yiroqlikdir»
13
Bu Abdulla
Oripovningqat’iy xulosasi. CHunki, u, birinchidan katta adabiyot dargohiga
tomon odim tashlamasdan avval xalq og’zaki ijodiyotiga nisbatan so’nmas mehr
10
Абдулла Орипов. Соҳибқирон. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1996. 109-б
11
Абдулла Орипов. Соҳибқирон. Т., Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат на шриёти, 1996. 125-б.
12
Тил ва адабиёт журнали. 2002 й. 4-сон. 59-63 б.
13
А. Орипов. Танланган асарлар. 4-том. 74-б
19
va zavq paydo qilgan. Ikkinchidan, eng go’zal va ta’sirli obrazli tasvirlarni
bo’lajak shoir dastlab xalq og’zaki she’riyatini namunalarida uchratgan. «Onam
tabiatan g’oyat ta’sirchan ayol edi», - deya xotirlaydi. A. Oripov – o’choq
boshidami, tandir yonidami ish bilan mashg’ul chog’larida qadimiy mag’zun
baytlarni takrorlashlari hanuzgacha esimdan chiqmaydi:
Gulira’noning tagida yuvma sochingni, yuvma sochingni,
SHahlo ko’zingdan to’kma yoshingni, to’kma yoshingni
SHahlo ko’zingdan to’ksang yoshingni, to’ksang yoshingni,
Olarman-da ketarman yolg’iz boshimni, yolg’iz boshimni
14
.
SHoir boshqa bir o’rinda esa xalq she’riyatiga xos tabiiylik quymalik va
obrazlilik xususida so’zlaydi
15
. Folklor asarlarining Abdulla Oripov ijodiyotiga
ko’rsatgan ta’siri va bu ta’sirning shakllarini yoritish maxsus o’rganishni talab
qiladigan mavzu. Biz bu o’rinda mazkur mavzu uchun material bo’ladigan
«Qasam dara» she’riga to’xtatish bilan kifoyalanmoqchimiz.
«Qasam dara» sof o’zbek xarakterini ko’rsatib berishi bilan ajralib turadi.
Undagi har bir misra, har bir fikr, har bir tasvir o’zbekona. YAnada aniqrog’i,
Abdulla Oripovga bo’lgan uslubiy o’ziga xoslikni o’zida to’la
mujassamlashtirgan. SHe’rda an’anaviy obraz va tasvir bir qarashda ko’zga yalt
etib tashlanmaydigan. I. Haqquloa «Qasam dara» haqida mulohaza yuritarkan,
«Balki Abdulla Oripov ham ishq nimaligini, u odam ruhida qanday imkonlar
ochishini dastlab xalq og’zaki ijodiyoti yoki Mahkam momodan eshitgan
ertaklaridan anglab olgan»
16
- deb yozadi. «Qasam dara» to’g’risida so’zlagan
boshqa olimlarning fikrlari ham yuqoridagidek qayd xarakteridadir.
Agar o’zbek xalqi ham mansub bo’lgan turkiy qavmlar hayot tarziga, shu
hayot tarzi taqozo etadigan an’analarga e’tibor beriladigan bo’lsa, ushbu
14
Ўша китоб, 140-б.
15
Ўша китоб, 231-б
16
Иброҳим Ҳаққул. Бадиий сўз шукуҳи. Тошкент. Ғ.Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти. 1987.
134-б.
20
she’rning qadimiy o’zanlar ohangiga naqadar uyg’un ekanligini his etish
mumkin bo’ladi.
Ma’lumki, turkiy xalqlarda ov va ovchilik bilan bog’liq tasvir hamda
motivlar chuqur ildizga ega. Hatto, butun boshli obrazlar tizimi ham ayni shu
mavzu bilan bog’liq. O’q, yoy, sayd, sayyod kabi obrazlar alohida izohni talab
qilmaydi. YUsuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asaridagi ov va ovchilik
motivlari undan oldin yaratilgan «Devoni lug’otit-turk» dayoq ko’zga
tashlanadi:
Yigitlarig ishlatu,
Yig’ach, emish irhatu,
Qulan, keyik avlatu,
Bazam qilib avnalim.
Mazmuni:
Yigitlarni ishlatib,
Daraxt mevalarini qoqtiraylik
Turli yovvoyi hayvonlar:
Qulon kiyiklarni ovlatib,
Bir necha kun bayram qilib ovunaylik
17
.
Bu erda biz uchun muhim bo’lgan bir detal bor. Bu kiyik va kulon ovidir.
Navoiy tasviridagi shoh Bahrom ham Ayni shu ov bilan mahliyo bo’ladi. Furqat
tasviridagi sayyod ham kiyik ovi bilan mashg’ul bo’lgani yaxshi ma’lum. Xalq
og’zaki ijodi ham ushbu motivlarga boy. «Qorachoy» xalq og’zaki ijodida bir
namuna bor. «Qorachoy xalq adabiyotining xarakteristik bir parcha o’lan bu
she’r ovchi Binagarning falokatini tasvir etadi». Ovchi taqdiridagi falokat
tasviri Abdulla Oripov uchun ham xos. SHoir bir o’rinda dunyoni quvg’in ohuga
o’xshatgan edi:
Biylar(r) ni(ng)biyi Gezdo’g’ni(ng) o’g’li Binagar,
17
Маҳмуд Қошғарий. «Девони луғатит турк» 1том. Тошкент. 1963. 262-б.
21
Sening qardoshing Umar it og’rig’idan og’riydi.
Unga chora oq maralni(ng) sutidi (r).
Binagar o’sha qardoshidan itini so’rash uchun bordi.
Ular uni u erda qo’noq kabi ko’rmadilar.
Kiyik tutish uchun bir it, kuchukni (ham)
bermaydilar.
Qarindoshdan it so’ragan it bo’lsin, ey,
Mening dushmanim ham Binagarday yo’q bo’lsin.
U o’sha erdan kiyiklar turgan tog’larga chiqdi.
U o’sha erdan kiyiklar turgan tog’larga chiqdi.
Birdaniga uch oyoqli maral ro’parasidan chiqdi.
Xudo mening etti dushmanimga ham shunday o’ng
qilsin.
U kiyikni quvib, qoya tepasiga chiqdi.
U erga chiqanida tuman tushdi, atrofni qorong’ilik bosdi.
Oq marali ko’z o’ngidan g’oyib bo’ldi.
Zotan, Binagar uni ko’rganida
Oddiy kiyik emasligini ham esladi…
Kiyik uni qarg’adi…
O’n besh kun u qoya qo’ynida yashadi.
Son etidan qoldirmay kesib edi.
Bu vahimali hodisaga qishloqlar
Qalqidi, aholi oyoqqa turdi.
…Umar unga boqib shunday dedi:
Katta qizingni eltib Kunchiqarga
sotaman.
Kichik qizingni eltib Kunbotarga
sotarman.
22
Ko’z oldingda xotining bilan yotaman.
Binoagar aytdi: Bu so’zlarda xayr yo’q.
Kelib ko’rasan, ki bu erdan chiqishiga
mador yo’q.
… Xotini sevgilisi o’lajak erda
jonini berishga ont ichdi.
YAqinlashib Binagarga shunday dedi u:
Biylarning biyi, sevgilim, sen beparvo bo’libsan
… Yigit yuqoriga talpindi va chiqdi…
Endi har ikkala matnni qiyoslaylik. Qorachoy folkloridagi variantda voqeani
asoslash mifologik vaziyatda sodir bo’lmoqda. Aniqrog’i, ovchining kiyik
ortidan quvib chiqishi, bu quv-quvning og’ir kechgani, xususan, tog’ tepasida
tuman tushib qolgani asoslanmoqda. Bularning barchasi uchun bosh sabab esa,
ovchining kiyik sutini izlab chiqqanidir. Abdulla Orpov esa asoslash uchun
o’zgacha yo’l tutadi. Mana o’sha asos:
-Ana, ovchi, ohu quvadi,
Uchadilar toshlar aro tik.
Qochqin ohu toqqa qo’nadi,
So’ng daraga sakraydi, sho’rlik!
Qasam dara-daralar sheri
O’lja kutib uvlarkan pastda,
-Hay – deydi-yu (o,sen,ov,mehri)
Tashlanadi ovchi ham pastga.
Demak, umumiy kontekstdagi maqsad o’zaro uyg’un. Folklor variantidagi
kiyik suti Abdulla Oripov ijodida kiyik aniqrog’i ov mehri bilan tenglashadi.
Zero shoir uchun «kiyik suti» motiviga zarurat yo’q.
23
Folklor namunasida kiyik qismati muhim emas. U ovchini qarg’ash bilan
«vazifasini bajarib bo’ladi». SHoir esa ovchining keyingi faoliyatiga kiyikni
«sherik qiladi»:
Botirini saqlaydi omon,
Tasodifga to’la bu dunyo.
Ovchi ovin aylar saranjom,
Ovuliga chog’lanar ammo.
Ammo, birdan qotadi karaxt…
Asr etmish uni bu makon.
Atrofida toshlaru faqat,
Tepasida yulduz va osmon.
18
Folklor namunasida o’tgan fursat mubolag’ali tasvirda beriladi. U o’n
besh kunga teng. O’n besh kunda ovchining o’lmasligi uchun emish ham o’ylab
topilgan: u o’z sonidagi etlarni kesib eydi.
Tabiiyki realistik tasvir bunday asosni ko’tarmaydi. SHunga ko’ra A.
Oripov boshqacha yo’l tutadi:
Alvonlarin yoyib ufqqa
CHiqqunicha zar kokil quyosh
SHo’rlik ovchi intilar ko’kka.
So’ng ilojsiz to’kar yum-yum yosh.
Fol’klor namunasida ovchi izlab ketganlarning tafsiloti berilmaydi.
Aksincha, ovchi uni deb yo’lga chiqqani Umar paydo bo’ladi.
Bu quvg’indi ellar qo’pdilar,
Xalq keldi.
Qarindoshi Umar uni qoya tubida ko’rdi.
Uzatsalar-da ip-arqon unga etmadi.,
18
А. Орипов. Танланган асарлар. 84-б
24
Umar uning xotinidan uzoq ketmaydi. Ayni shu Umar unga bir
qator noqulay shartlarni ro’baro’ qiladi.
Abdulla Oripov talqinida esa bu real vaziyat kasb etadi:
Botirini axtari shu zum
Kelar yori, ovuldoshlari.
-Ayting,ota,ne qilmoq lozim?! –
Keksa cholga yuzalanar beri.
Bundan keyingi harakatlar ham ana shu ovuldoshlari orasidagi tajribali
keksa otaxon faoliyatiga bog’langan:
- Bolalarim, ov mehri uni
Tushiribdi daraga oson,
Xotin mehri, yor mehri, ko’ring,
Olib chirdan begumon.
Folklor namunasida ana shu qism yo’q. Uning o’rnida to’g’ridan-to’g’ri
ovchining g’ururiga tahdid bor. Unda ovchining ikki qizi va umr yo’ldoshi
haqidagi fikrlar beriladi.
SHe’rning boshlanishidagi misralar uning yakunlovchi qismida yana
takrorlanadi:
Qasam dara shovullaydi mast,
Guvullaydi tubi yo’q makon.
Ana shundan keyin lirik chekinish beriladi. Unda bayon etilgan
voqealarga muallif fikr bildiradi:
… Qasam dara kezdim sahningda,
Kiprikdagi yoshday omonat.
Qasam dara, sening bag’ringga
Qasam ichgan tusharmish faqat.
Hayrat bilan senga boqurman,
Hali qasam ichmaganim rost.
25
Na ovchiman va na botirman,
Kezib yurgan oshiqman, xolos.
Ko’rinadiki, Abdulla Oripovning «Ohu»si yangicha poetik mazmun va
talqinga ega. Folklor namunasidan faravishda shoir asosiy e’tiborni ikkita
nuqtaga qaramoqda. Bular – ov mehri va yor mehri. Bu ikki tushuncha she’rda
bir-birini to’ldirib, izohlab keladi va yagona – ishq degan tushunchaga
aylanayotir. SHoirning mahorati ishq har qanday ishga qodir, degan g’oyani
ifodalash, o’ziga xos poetik manzara va obrazlar tizimini yaratishda namoyon
bo’ladi. SHoir ijodini sinchiklab o’rganish nihoyatda keng va chuqur
umumlashmalar qilishga imkon beradi. Abdulla Oripov qiyofasida shoirning
ijodiy faoliyati turkiy xalqlarning juda qadimiy, ko’z ilg’amas sarhadlari bilan
chambarchas bog’lanib ketganligini ko’rsatadi. Bu o’rinda millat, xalq
ruhiyatiga xos bo’lgan milliy xususiyatlar ba’zan bevosita, ba’zan bilvosita
keyingi avlodlar siymosida qayta jonlanishi, yangidan yuz ko’rsatishi
mumkinligini ko’rish mumkin. Muhimi ana shu an’analar o’zanida shoir
shaxsiyatining ulug’vor qiyofasi, takrorlanmas, faqat ijodkorga xos bo’lgan
«Men»ligi yanada mukammalroq namoyon bo’ladi.
Inson taqdiri, uning jamiyat va batiat bilan aloqasi masalalari she’riyatni
doimo qiziqtirib keladi. Boisi, hayot qanchalik sehrli mo’jiza bo’lsa, inson ham
shunchalik sirli xilqatligidir. Abdulla Oripov to’rtligida inson fe’li-faoliyatidagi
mo’’jio’akor ko’rinishlar qalamga olinadi. SHafqat va qabohatni, olijanoblik va
tubanlikni, yaxshilik va razolatni inson fe’li-faoliyatidan ayri tushunish mumkin
emas. Faqat ijtimoiy voqeliklar mohiyati, inson ongi va estetik saviyasi,
dunyoqarashi ushbu boqiy tushunchalarga chuqur mazmun baxsh etib kelayotir.
Koinot gultoji insondir azal,
Undadir eng oliy tafakkur, amal.
Hatto u tubanlik ichra ham tanho,
26
YO falak, ijoding muncha mukammal.
A. Oripov to’rtligida inson shaxsiyatida zuhur topgan xislat va illat
ko’rinishlari mustasar ifodasini topgan. Unga biron so’z qo’shish yoki olib
tashlash ham mumkin emas. Inson har bir davrda ijtimoiy-siyosiy, madaniy
voqelikning ko’zgusi bo’lib kelgan. Odamlarning hayot tarzida tasavvur va
tushunchalarga ega bo’lamiz. SHu boisdan ham shoir uchun so’z qadri nimadan
iborat, deb so’ralgudek bo’lsa, A. Oripov, so’z – bu olamgir sehnatidir, deb
javob bersa kerak. Negaki, uning o’zi, har bir she’r ustida ishlash – men uchun
jang maydoniga kirgandek gap, deb e’tirof etadi. Darhaqiqat, A. Oripov
tafakkur tarzida o’zbek tilining shirali, serbo’yoq, tarovatli, purhikmat boyliklari
namoyish topayotganligini ko’ramiz.
Demak, badiiy-estetik tafakkur tabiatiga ko’ra, A. Oripov ijodi so’z
zimmasiga yuklagan ijtimoiy-falsafiy mazmun ko’lami, millat ongi va
dunyoqarashiga olib kirgan erk g’oyalarining salmog’i jihatidan XX asr o’rtalari
- XXI asr boshlari she’riyati taraqqiyotida alohida bosqich bo’lib qoldi. Olam
bilan odam fe’li-faoliyatini, jamiyatning sir-sinoatini tushunish hamda
tushuntirishda realistik tasvir madaniyatining yangi sahifasini ochdi.
Imkoniyatlarining adoqsizligi turkiy lison misolida tasdiqladi. Poetik janr va
shakllar (doston, she’riy fojia, drama, ertak, sonet, g’azal, ruboiy, to’rtlik,
sakkizlik), badiiy tafakkur tiplari (romantik, realistik, ertak va afsonalar asosiga
qurilgan ramzli tafakkur tarzi) – barcha-barchasi hayotni haqqoniy idrok va
ifoda etish vositalaridir.
Abdulla
Oripovning
ijodiy
tajribasi
isbotlanayotirki,
estetik
yo’nalishlarning xilma-xilligi, falsafiy-badiiy umumlashmalarning teranligi va
turfaligi she’riy san’atni hayotga yaqinlashtiradi. Ko’ngil deb atalgan qorong’u
dunyoga nigoh tashlash, botinidagi Rahmon bilan SHaytonning abidiy kurashini
ko’rish va ko’rsatish uchun ignaning ko’zidek tuynuk ochadi.
Men kuyladim bu olam aro,
27
Sobit turgan xalqimni faqat.
Sifatlash, o’xshatish kabi badiiy tasvir vositalari A. Oripov she’riyatida
muhim o’rin tutadi.
Saraton chog’i bu zarra shamol yo’q,
Tutlar kavagida mudrar g’urraklar
Nogahon falakka urgan kabi do’q
Isiz qotib turar bo’ychan teraklar.
Satrdagi misralarga e’tibor bersak, tanlangan so’zlarning marjon
tizilishidagi uyg’unlikni ko’ramiz. «Zari shamol» iborasidagi «zarra» so’zi
tasodifan yoki mantiqan xato ishlatib yuboribdi deb, o’ylash noto’g’ri. SHoir
atayin qidirib ehtimolki, izlab sifatlashlar ichidan aynan shunisini topib
qo’llaydi.
U badiiy mantiq jihatidan shoir maqsadini satrdagi holatni nihoyatda tiniq
va mo’jaz ifodalashga xizmat qiladi.
Iliq tomchilagan yomg’ir ham hatto
Tuyular onamning ko’z yoshi bo’lib
Onam turganday tepamda go’yo
Bahorning mehribon quyoshi bo’lib
SHoir «Oftobshuvoq» nomli she’rida yomg’irning iliq, yumshoq, billur
tomchilarini onasining mayusgina ko’zidan sezib oqayotgan ko’z yoshiga,
bahorning iliq quyoshni uning tepasida turgan onasiga qiyoslaydi. Abdulla
Oripov o’zbek she’riyatiga yangi to’lqin, zalvorli salmoq sermiqyos qudrat
bilan bir qatorda yangi ruh, serohang kuy, rangli zarb olib kirdi.
Uning she’rlaridagi intonatsion rang-tasvir g’oya va lirik qahramon
xarakteridagi tiniqlikka putur etkazmaydi, aksincha ularning har bir harakat bu
holatidagi o’ziga xosliklarni ochishga bo’ysundiriladi.
Sino aytgan ekan
CHang bo’lmasa gar
28
Mingga kirardi deb,
Inson bolasi
Doriga urgangan
Qovunday qaysar
CHangga ham ko’nikib
Qoldik chamasi
Hakim bo’lmasam ham
Men aytay sizga
Uzoq yashamoqqa
Bor bitta yorliq:
Mingga bormasak ham,
Kirardik yuzga,
Dunyoda bo’lmasa
Gar dilozorlik
SHoir «Tilak» deb ataluvchi ushbu she’rida chang havodan nafas
olayotgan inson bolasini xuddi doriga o’rgangan qovunga o’xshatyapti.
SHe’rning oxiri ham mazmunli,ham chiroyli misralar bilan yakunlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |