Narvon yordamida tepalikka chiqa olish va pastga tusha olish;
Bruss ustida o‘tirib oldinga siljiy olish;
5 sekund davomida arqonda osilib turish;
Arg‘imchoq ucha olish;
Cheklangan saf va chiziq bo‘ylab yura olish;
Qiya qo‘yilgan taxta ustidan yurib o‘ta olish;
Bir oyoqda qaldirg‘och bo‘lib tura olish;
Oyoq uchlari bilan buyumlarni qisib ko‘tarish, pastga surish va bir joydan ikkinchi joyga ko‘chira olish;
Joyidan turib 15-20 marta sakray olish, 70-8- sm uzunlikka sakray olish, 30 sm balandlikdagi tusiqdan sakrab o‘tish;
Xulosa va tavsiyalar Xulosa o‘rida maktabgacha ta’lim muassasasalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan ota-onalar bilan samimiy aloqada bo‘lishi nihoyatda muhim. MTT va ota-onalar birbiri bilan mustahkam bog‘liq hamda ular o‘rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, bola shuncha ko‘p yordam oladi hamda uning dastlabki ta’lim tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lishi extimoli ortadi. Tig‘iz ish sharoitida ota-onalar bilan doimiy aloqa uchun vaqt topish hamisha ham oson emas, lekin tarbiyachilar bolaning muvaffaqiyatlari uchun uni juda muhim deb hisoblashsa, u kundalik ishning bir qismiga aylanishi zarur.
“O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom” kabi muhim davlat hujjatida MTTda ta’lim jarayonining qatnashchilari quyidagicha belgilab qo‘yilgan: maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Bolalarni qabul qilishda maktabgacha ta’lim muassasasi otaonalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnoma o‘qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Tavsiyalar 1.MTT tarbiyachilari ota-onalarning bolani ilk tarbiyachisi sifatidagi ustivor mavqeini e’tirof etishlari juda muhim.
2.Zamonaviy MTT tarbiyachisi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
3.Bola vositasida ota-onalar bilan muloqot qilish – murabbiylar jamoasi majburiyatlarining muhim qismi hisoblanadi. Barcha ota-onalar o‘z bolalarining baxt-saodatidan manfaatdor va ularning yaxshi va mamnuniyat bilan o‘qishlarini istaydilar. Shuning uchun ota-onalar a’zolari uning yutuqlaridan xabardor bo‘lishni xohlaydilar.