O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi muqimiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti


Maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyachi va ota-onalar



Download 74,94 Kb.
bet3/10
Sana06.07.2022
Hajmi74,94 Kb.
#746453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DILSHODA

1.2 Maktabgacha ta’lim muassasasi, tarbiyachi va ota-onalar
Bugungi maktab bolasidan aniq bilimlargina emas, fikrlash ko‘nikmasi, kattalar va tengdosh o‘rtoqlarini tushunish, ular bilan hamkorlik qilish ham talab etiladi. Shuning uchun bola maktabga qadam qo‘yayotganida qanchalik bilimga ega ekanligi emas, balki uning yangi bilimlarni egallashga tayyorligi, atrof-olamga moslashishi ko‘nikmasi, voqea-hodisani mustaqil ravishda tahlil etishi va mustaqil harakat qilishi muhimroq hisoblanadi.
Bolani biror narsaga o‘rgatishgina emas, unda o‘z kuchiga ishonchni orttirish, o‘z g‘oyasini himoya qilish, mustaqil ravishda bir qarorga kelish hamda unda “Men” konsepsiyasini shakllantirish ham muhimdir.
O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom” ga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, otaonalarning mustaqil ravishda ta’lim va tarbiya berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek, muassasaga jalb qilinmagan bolalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, mahallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, ahloqi, qiziqish va munosabatlarida jiddiy tub o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolani maktabgacha ta’lim muassasasida yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, bolaning yosh
xususiyatiga doir bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi. Bunday tanishtiruv moslashuv davrining jiddiy qiyinchiliklaridan xalos bo‘lishga yordam beradi.
Mustaqil davlat sifatida Respublikaning jahon mamlakatlari, xususan, rivojlangan davlatlar bilan integratsiyalashuviga erishish, huquqiy jamiyatni barpo etish, ijtimoiy munosabatlarning bozor iqtisodiyoti talablariga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash, shuningdek, barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tarbiyalash kabi masalalarning ijobiy hal etilishi ijtimoiy, iqtisodiy hamda ma’rifiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan sub’ektlarning oldida turgan asosiy vazifalar sanaladi. Mazkur vazifalarning hal etilishi yagona maqsad atrofida birlashish, shuningdek, bu yo‘lda tashkil etiluvchi amaliy harakatlarning izchil, uzluksiz va tizimli bo‘lishiga erishishni taqozo etadi.
Uzluksiz ta’lim tizimida olib borilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatini ta’minlashda ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning roli benihoyat kattadir.
Ma’lumki, bugungi bolalar doimiy ravishda ijtimoiy, siyosiy, ekologiya, ilmiy, texnikaviy va industrial soxalardagi o‘zgarishlar bilan to‘qnash kelishlariga to‘g‘ri keladi, ushbu o‘zgarishlar pirovardida jamiyat uchun zarur kasblar majmuining ham o‘zgarishiga olib keladi. Xozirgi dunyoda sodir bo‘layotgan tezkor o‘zgarishlar bolalarning doimiy ravishda yangi narsalarni o‘zlashtirishini, butun umri davomida o‘qishini taqozo qiladi.
Bugungi kun yoshlardan XXI asr muammolarini hal etish uchun hayotiy zarur qobiliyatlar asosini yaratishga harakat qiladi. Bunday qobiliyatlar jumlasiga biz quyidagilarni kiritamiz:

  • o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

  • tanqidiy fikrlash;

  • tanlashni amalga oshirish;

  • muamolarni qo‘yish va hal etish;

  • ijodni, fantaziyani va ixtirochilikni namoyon etish;

  • odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-muhit to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish.

Har bir bola alohida holda o‘sadi va rivojlanadi, biroq shunga qaramay barcha bolalar rivojlanishning ma’lum ketma-ketlikdagi bosqichlaridan o‘tadilar. Ushbu bosqichlarning har birida bir xil yoshdagi bolalar uchun umumiy bo‘lgan xususiyatlar kuzatiladi. Bola qaysi yosh davridagi psixologik va fiziologik xususiyatlarini boshdan kechirmasin, ular haddan tashqari o‘z ota-onalarsiga bog‘liq bo‘ladi, chunki ota-onalar:

  • yashashi, ovqatlanishi, kiyinishi, sog‘ligi haqida qayg‘urish orqali ularning jismoniy sog‘-salomatligini;

  • mehr-muhabbat, qo‘llab-quvvatlash, nima yaxshiyu nima yomonligi to‘g‘risida doimiy ravishda eslatib turish vositasida histuyg‘ularining jo‘shqinligini;

  • muloqot qilish, emaklash, yurish, yugurish, tirmashish, o‘ynash, shuningdek, yangi taassurotlar olish imkoniyatlari bilan ularning kamol topishi uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydi.

MTT tarbiyachilari ota-onalarning bolani ilk tarbiyachisi sifatidagi ustivor mavqeini e’tirof etishlari juda muhim. Zamonaviy MTT tarbiyachisi ijtimoiy psixolog bo‘lmasligi mumkin emas. Shuning uchun ham o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yo‘lga sola olishi, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.



Download 74,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish