Kurs ishining maqsadi:Tarbiyachi-o‘qituvchilarning vazifalari bir, lekin ta’lim berish usullari, pedagogik mahorati turlicha.
Kurs ishining vazifasi:Ayni vaqtda pedagogning kasbiy mahorati ularda umumiy madaniyat va aql-zakovatning yuqori darajada rivojlanganligi, ularning pedagogika va psixologiya fanlari sohasida bilimlar bilan qurollanganligi.
Kurs ishining obekti: O‘qitish va tarbiyalash ishlari tajribasidan erkin va ustalik bilan foydalana bilishi, o‘quv-tarbiya ishlari metodikasini mukammal egallaganligi, mutaxassisligiga doir keng va chuqur bilim sohibi bo‘lishi kabilar bilan e’tirof etilmoqda.
Kurs ishining metadologik asosi:Maktabgacha ta’lim muassasasalarida muvaffaqiyatli faoliyat olib borishda mahoratli pedagog bolalar va ularning xatti-harakati yuzasidan ota-onalar bilan samimiy aloqada bo‘lishi nihoyatda muhim. MTT va ota-onalar birbiri bilan mustahkam bog‘liq hamda ular o‘rtasida aloqa qanchalik yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, bola shuncha ko‘p yordam oladi hamda uning dastlabki ta’lim tajribasi muvaffaqiyatli bo‘lishi extimoli ortadi. Tig‘iz ish sharoitida ota-onalar bilan doimiy aloqa uchun vaqt topish hamisha ham oson emas, lekin tarbiyachilar bolaning muvaffaqiyatlari uchun uni juda muhim deb hisoblashsa, u kundalik ishning bir qismiga aylanishi mazkur bitiruv malakaviy ishimizning dolzarbligini belgilaydi va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachilarining ota-onalar bilan hamkorligi jarayonini o‘ziga xosligini e’tirof etish imkonini beradi.
Kurs ishining hajmi: 2 bob 6 paragraf, xulosa va tavsiyalar foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilova
I BOB MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARI
TARBIYACHILARINING OTA ONALAR A BILAN HAMKORLIGI –
IJTIMOIY PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA
1.1Maktabgacha ta’lim muassasasida ta’lim jarayoni qatnashchilari
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin ta’lim tizimini rivojlantirish borasida bir qator islohotlar olib borilmoqda. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, ta’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasidagi isloxotlarning bosh g‘oyasi sifatida etirof etiladi. Shu bois uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassalarida ilg‘or, demokratik hamda insonparvar g‘oyalarga tayangan holda yangicha mazmunga ega bo‘lgan ta’lim jarayonini tashkil etish muhim vazifalardan biridir.
Bugungi kunda amalga oshirilayotgan ta’limiy islohotlar jarayonida maktabgacha ta’lim uchun malakali kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratildi. Uzluksiz ta’lim tizimining dastlabki bo‘g‘ini hisoblangan maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, uni jahon ta’lim standartlari talablari darajasiga olib chiqish davlat siyosatining ustivor vazifalaridan biri bo‘lib kelmoqda. Shu bilan birgalikda, malakali mutaxassislar, ularning intellektual ijodiy salohiyati, kasbiy tayyorgarligi tufayli maktabgacha ta’lim tizimida yuqori samaradorlikka erishish mumkin. MTT tarbiyachilari faoliyat samaradorligini oshirish tarbiyachilar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlarini uzviyligini ta’minlagan holda aniq maqsadga yo‘naltirilgan, izchil, tizimli va uzluksiz tashkil etiluvchi ta’lim jarayonlarini tashkil etish zaruriyatini belgilaydi. Ushbu jarayonning samarali tashkil etilishida ta’lim muassasasining malakali kadrlarga egaligi, metodik ta’minotning boyligi, faoliyat jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etilishi, shuningdek, bo‘lajak tarbiyachilarning amaliy faoliyat asoslarini puxta o‘zlashtirishga bo‘lgan qiziqish darajasi va ta’lim texnologiyalari muhim ahamiyatga ega.
Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xalq ta’limi tizimi faoliyatini me’yorlashtiruvchi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom” kabi muhim davlat hujjatlari qabul qilindi.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasi orqali farzandlar tarbiyasi va ta’lim olishlari, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlari himoyasi borasida ota-onalarning o‘rni va javobgarligi oshirildi1.
Shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasida davlat maktabgacha ta’lim muassasasi to‘g‘risida Nizom” kabi muhim davlat hujjatida MTTda ta’lim jarayonining qatnashchilari quyidagicha belgilab qo‘yilgan: maktabgacha ta’lim muassasasida bolalar, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar va pedagog xodimlar ta’lim jarayonining qatnashchilari hisoblanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari maktabgacha ta’lim muassasalarining ustavlarida belgilanadi. Vasiylik kengashlarining faoliyati belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan vasiylik kengashi to‘g‘risidagi namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda maktabgacha ta’lim muassasasi otaonalarni yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni muassasaning ustavi va uning faoliyatini tartibga soladigan boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart.
Maktabgacha ta’lim muassasasi bilan ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Shartnoma o‘qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish
jarayonida paydo bo‘ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini o‘z ichiga oladi.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar:
o‘z bolalari uchun o‘qitish va tarbiyalashning shakllarini,
maktabgacha ta’lim muassasalari tipini va ta’lim berish tilini tanlash;
maktabgacha ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktabgacha ta’lim muassasasining ustaviga muvofiq bo‘lgan zarur shart-sharoitlar ta’minlanishini talab qilish;
bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qilish;
bolalarning bolalar maktabgacha ta’lim muassasasidagi hayot kechirishini tashkil etishda faol ishtirok etish;
rejim doirasida ular uchun qulay bo‘lgan istalgan vaqtda bolalarni maktabgacha ta’lim muassasasiga olib kelish va undan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar MTT bilan ishlashda quyidagilarga majbur:
bolalarning jismoniy va psixik sog‘lig‘i uchun g‘amxo‘rlik qilish;
bolaning qadr-qimmatiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, unda mehnatsevarlik, ezgulik, mehr-shafqat fazilatlarini, o‘zidan katta yoshdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish tuyg‘ularini tarbiyalash;
belgilangan normativlarga muvofiq bolalar bog‘chasida bolaning ta’minotiga to‘lovni o‘z vaqtida to‘lash;
bolalarni ota-onalarda tarbiyalash uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash;
bolalarning to‘laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiena ko‘nikmalari shakllantirilishini qat’iy kuzatib borish, bolani maktabgacha ta’lim muassasasiga ozoda kiyingan holda olib kelish.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchisi va xodimlari o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiy xususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi.
Tegishli pedagogika ma’lumotiga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo‘lgan shaxslar pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagoglik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyati bilan shug‘ullanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi xodimlarining huquq va imtiyozlari qonun hujjatlarida, maktabgacha ta’lim muassasasi ustavida, shuningdek mehnat shartnomasi (kontrakt)da belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega:
maktabgacha ta’lim muassasasini boshqarishda muassasa ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish;
o‘z kasbiy sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur:
bolalarni yuqori professional darajada o‘qitish va tarbiyalash;
pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, otaonaga hurmat, atrof muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalash;
o‘z malakasini belgilangan tartibda, har uch yilda oshirib borish;
o‘zining kasbiy ko‘nikmalarini va pedagoglik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish.
Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |