O`zbekiston respublikasi xalq ta`limi vazirligi muqimiy nomidagi qo`qon davlat pedagogika instituti


Ota-onalar bilan hamkorlikda bolani maktabga tayyorlash imkoniyatlari



Download 74,94 Kb.
bet6/10
Sana06.07.2022
Hajmi74,94 Kb.
#746453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DILSHODA

2.2 Ota-onalar bilan hamkorlikda bolani maktabga tayyorlash imkoniyatlari
Bola maktabgacha ta’lim muassasalariga qatnay boshlaguniga qadar ota-onalar unga elementar harakatlardan tortib, to‘p uloqtirishgacha bo‘lgan ko‘pgina narsalarni o‘rgatgan xolda ertak eshitishdan zavq olish ko‘nikmasini hosil qilgan bo‘ladi. Bolaning ilk rivojlanishida ota-onalarning ahamiyatini yetarli baholash juda qiyin. Bolalar ota-onalarda tarbiyalanadi, unda sodir bo‘ladigan voqealar ularga katta ta’sir ko‘rsatadi. Ota-onalar, bu – o‘z bolalari hayotida doimiy ravishda ishtirok etadigan, ular to‘g‘risida qayg‘uradigan, ularni o‘qitadigan, qarorlar qabul qiladigan odamlar.
Ota-onalar turlicha bo‘ladi. Ular kichik, uncha katta bo‘lmagan yoki katta, keng bo‘lishi mumkin. Ularda ko‘plab aka-uka va opa-singillar yoki birgina bola bo‘lishi ham mumkin. Ayrim ota-onalarda bola asrab olingan bo‘ladi yoki qarindoshlari bilan yashaydi. Bola ota-onasidan tashqari, amma-xola, amakitog‘a, bobo va buvi, ota-onalarning yaqin do‘stlari kabi ko‘plab o‘zi uchun hurmatli bo‘lgan katta yoshdagi kishilar bilan mustahkam aloqada bo‘lishi mumkinligi sababli ota-onalar bilan aloqa o‘rnatishni yetarli hisoblamay, bola hayotiga real ta’sir ko‘rsatadigan barcha kishilar bilan hamkorlik qilishi kerak.
Bolalarni va ularning ota-onalarini uylariga ko‘rishga borish tajribasidan maktabgacha tarbiyaga oid ko‘plab dasturlarda foydalaniladi. Odatda yiliga ikki marta – yil boshida va oxirida ota-onalarni ko‘rgani borish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday tashriflardan maqsad turlicha bo‘lishi mumkin, lekin ota-onalarda ko‘pincha tanishish hamda bola va uning ota-onalarsi bilan nisbatan mustahkam aloqa o‘rnatish uchun boriladi.
Bunday vaziyatda ba’zan tarbiyachilar ham, ota-onalar ham noqulay ahvolga tushib qoladilar. Lekin bunday tashriflar odatdagidek, tanishlarnikiga mehmondorchilikka borish sifatida olib qaralsa va o‘zini shunga muvofiq ravishda tutsa, hammasi silliq kechadi. Bolalar odatda tarbiyachining tashrifidan juda xursand bo‘ladilar. Binobarin, ular o‘z tarbiyachisiga ko‘rsatishni istagan barcha narsalarni ko‘zdan kechirish uchun vaqtni maxsus rejalashtirish kerak. Tarbiyachi ota-onalar a’zolari bilan suhbatlashganda andarmon bo‘lib turishi uchun bolaga o‘yinchoq olib kelish uchun.
Tashrifni rejalashtirar ekan, tarbiyachi xushmuomalalik qoidalariga rioya qilishi, tashrif ota-onalar uchun qulay bo‘lgan vaqtda amalga oshirilishi kerak. Iloji bo‘lsa, uni shunday rejalashtirish kerakki, ota-ona uyda bo‘lsin. Tarbiyachi nima uchun kelayotgani va uyda qancha muddat bo‘lishini tushuntirishi lozim, chunki, ota-onalarda tashrif yomon xabar bilan bog‘liq degan xavotir uyg‘otishi mumkinligini hisobga olib, uning maqsadini avvaldan oydinlashtirish, hamda bola bog‘chada yasagan narsalardan birortasini uyga olib kelish maqsadga muvofiq. Tarbiyachi bolaning uyiga kelganda, tashrifni maqsadi haqida yana bir marta eslatishi, agarda asosiy maqsad hatto tashvishga solayotgan qaysidir ishlarni muhokama qilish bo‘lsada, suhbatni hamisha ijobiy jihatlardan boshlashi uning qay darajada mahoratliligidan dalolatdir. Agar ota-onalarga atalgan alohida xabar bo‘lsa, uni yozib qo‘yishi, toki ota-onalar keyinchalik ularning barchasini qayta o‘qish va muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lsinlar. Faqat tarbiyachi gapiribgina qolmay, ota-onalar a’zolari o‘z bolalari haqidagi fikr-mulohazalari va xavotirlari to‘g‘risida so‘zlashlari uchun vaqt qoldirishga imkon yaratish kerak.
Xonadonga tashrif buyurish ota-onalar bilan bir qatorda, tarbiyachilarga ham katta foyda keltirishi mumkin. Ota-onalar shaxsiy e’tiborga loyiq ko‘rildi, ota-onalar tarbiyachi ularning bolasi bilan qanday munosabatda bo‘lishi haqida tasavvurga ega bo‘ldilar. O‘z navbatida, tarbiyachi bola o‘z vaqtining katta qismini o‘tkazadigan uy muhiti bilan yaqindan tanishadi. Agar ota-onalar va tarbiyachilarga tashrifning maqsadi aniq bo‘lsa, u kelgusida bolaning muvaffaqiyatli rivojlanishiga yordam beradigan samarali aloqalarni o‘rnatish va davom ettirishga imkon beradi.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq bola maktabgacha ta’limni uyda, otaonalarning mustaqil ta’lim berishi orqali yoki doimiy faoliyat ko‘rsatadigan maktabgacha ta’lim muassasalarida, shuningdek MTTlariga jalb qilinmagan bolalar uchun MTTlarda, maktablarda, maxallalarda tashkil etilgan maxsus guruhlar yoki markazlarda oladi. Bu yerda ular xaftada 2-3 marta shug‘ullanishadi. Ota-onalarga maktabgacha ta’lim shaklini tanlash huquqi beriladi.
6-7 yoshli bolaning maktab ta’limiga tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanmish – bolaning maktabga tayyorligi maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik vazifasini o‘tashini, ota-onalar yoki MTTdagi ta’lim-tarbiya sharoitlarida maktab ta’limiga ozorsiz o‘tkazishni ta’minlash zarurligini hisobga olishlari lozim.
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning hayoti, axloqi, qiziqishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni yuzaga chiqaradi. Shuning uchun bolani yoki uydayoq maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish kerak bo‘ladi.
Yetakchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra «Maktabga tayyorgarlik» tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi:

  • jismoniy,

  • shaxsiy (ruxiy),

  • aqliy

  • maxsus tayyorgarlik.


Download 74,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish