1) mustaqil so'zlar;
2) yordamchi so'zlar;
3) oraliqdagi so'zlar (undov, modal, taqlid so'zlar).
Mustaqil va yordamchi so'zlar ham o'z ichida bir necha turlarga bo'linadi: Mustaqil so'zlar: ot, sifat, son, fe'l, ravish, olmosh; yordamchi so'zlar: ko'makchi, yuklama, bog'lovchi kabi. So'zlarning turkumlarga bo'linishi quyidagicha bo’ladi:
Savol va topshiriqlar
1. So'z turkumlari deganda nimani tushunasiz?
2. So'zlarning mustaqil va yordamchi so'zlarga bo'linishida ularning qaysi belgisiga tayaniladi?
3. Oraliqdagi so'zlarning o'ziga xos xususiyatini tushuntiring.
Topshiriq
Berilgan matndagi so'zlarni turkumlarga ajrating.
Asal mijozni tozalaydi, tomir yo'llarini ravon qiladi, unda ho'llik va gazakni shimdiruvchi quvvat boravish U ho'llik va gazakni badanning chuqur yerlaridan tortadi, go'shtni sasish va buzilishdan saqlaydi, yaralarni bitiradi, ko'z xiraligini ketkizadi.
Savollarga_javob_bering'>Savollarga javob bering
1. Morfologiya deb nimaga aytiladi?
2. So'zlarni turkumlarga ajratishda ularning qaysi xususiyatlariga diqqat qilinadi?
3. Mustaqil so'z turkumlari qaysilar?
4. Yordamchi so'z turkumlariga qaysi so'zlar kiradi va nima uchun?
5. Oraliqdagi so'zlar qaysilar?
IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – T.: Oʻzbekiston, 2017.
2. I. Karimov “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch”. – T., Ma’naviyat 2008-y.
3. I. Karimov “Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga kelajakka e’tibor”. – T., Oʻzbekiston., 2009.
4. Uzviylashtirilgan oʻquv dasturini joriy etish boʻyicha tavsiyalar, oʻquv mavzular (5-9 sinf. ona tili va adabiyot)
5. R.H. Joʻrayev, A. Zulunov “Ta’lim jarayonida oʻquv fanlarini integratsiyalash omillari. Oʻqituvchilar uchun oʻquv qoʻllanma”. – T., Sharq., 2006.
6. J.Gʻ. Yoʻldoshev, L. A. Usmanov “Pedagogik texnologiya asoslari” – Toshkent., 2001.
7. R. Ishmuhammedov “Oʻquv jarayonida interfaol uslublar va pedagogik texnologiyalarni qoʻllash uslubiyati”. – Toshkent, RBIMM-2008.
8. A. Gʻulomov, M. Qodirov “Ona tili oʻqitish metodikasi”. – T., Sharq., 2001.
9. N. Yoʻldasheva “Zamonaviy ta’limda interfaol dars” – Toshkent., 2008.
11. D.V.Safin, R.G. Musina “Ta’lim berish va oʻqitishning interfaol usullari” oʻquv qoʻllanma, 1-modul.
12. Mengliyev B.R. Hozirgi o‘zbek tili. Morfemika. Derivatsiya. Morfologiya. II qism. Qarshi-2005.
13. Abuzalova M.Q. Hozirgi o‘zbek tili. Morfologiya, 1-qism. Mustaqil so‘z turkumlari. (Ma‘ruza matnlari). Buxoro-2003.
14. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh., Iskandarova Sh. va boshqalar. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya.-T.: Yangi asr avlodi. 2001.- 182 b.
15. ziyoNET.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |