5. Olmosh so‘z turkumi
Olmosh — ot, sifat, son oʻrnida qoʻllanuvchi mustaqil soʻz turkumi. Olmoshlarning asosiy maʼnosi va qaysi soʻz turkumi oʻrnida qoʻllanishi matnda oydinlashadi. Olmoshlarning maʼnosi noaniq va umumiy boʻladi. Maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, Olmosh umumlashgan predmet (Olmosh - ot: men, sen, u, kim, nima, hech kim, hech nima), umumlashgan belgi (Olmosh - sifat: bu, shu, oʻsha, qaysi, allaqanday, hech qanday), umumlashgan miqdor (Olmosh - son: qancha, necha, shuncha, oʻshancha) bildi-ruvchi Olmoshlarga boʻlinadi. Olmoshlar noaniqligi, soʻz yasalishining yoʻqligi bilan boshqa soʻz turkumlaridan farqlanadi. Olmoshlar maʼno va grammatik xususiyatlariga koʻra, kuyidagi turlarga boʻlinadi:
kishilik olmoshlari — men, sen, u, biz, ular boʻlib, shaxslar oʻrnida ishlatiladi,
oʻzlik olmosh — oʻz soʻzidan iborat boʻlib, predmet maʼnosini kuchaytirib, taʼkidlab koʻrsatadi;
koʻrsatish olmosh — bu, shu, oʻsha, u, ana, mana kabilar predmet va uning belgilarini koʻrsatadi;
soʻroq olmosh — kim? nima? qancha? qanday kabilar predmet, belgi va miqdor haqida soʻroqni bil-diradi;
belgilash-jamlash olmosh — hamma, bari, baʼzan, har nima, har qanday kabilar predmet va uning belgisini umumlashtirib, jamlab koʻrsatadi;
boʻlishsizlik olmosh — hech kim, hech qanday, hech qanaqa, hech qaysi kabilar inkor maʼnosini bildiradi;
gumon olmosh — allakim, allanima, nimadir, kimdir kabilar predmet va uning belgisi, miqdorini taxminiy bildiradi.
6. Fe’l – mustaqil so‘z turkumi
Shaxs va predmet ish-harakatini ifodalaydigan mustaqil so'zlar fe'l deyiladi. Qiyoslang: Yoshlar ilm-fan cho'qqilari sari intilmoqdalaravish Mashina tog' yo'li tomon burildi.
Shuningdek, fe'l turli holatlarni, o'zgarishlarni (m: uyalmoq, uxlayapti; Sarg'aymoq, zanglagan va b.); harakat, holatning yuzaga kelish jarayonini (m: gul ochildi, kuz keldi, Urug' undi(ko'kardi)) ham harakat tarzida anglatadi. Shuning uchun nutqda (gap tarkibida) fe'l turkumiga kiruvchi so'zlarga nisbatan, odatda, nima qildi? Nima qilyapti? Nima qiladi? kabi so'roqlar beriladi.
Morfologik jihatdan fe'l o'ziga xos xususiyatlarga ega, chunonchi:
a) -o'timlilik va o'timsizlik tushunchasi (masalan: uxlamoq, yugurmoq, yaltiramoq - o'timsiz fe'l; bezamoq, olmoq, anglamoq - o'timli fe'l);
b) -bo'lishlilik va bo'lishsizlik tushunchasi (m: o'qi-bo'lishli, o'qima-bo'lishsiz, qiziqib-bo'lishli, qiziqmay-bo'lishsiz);
v)-harakatning ob'yekti bilan sub'yekti orasidagi munosabat tushunchasi, ya'ni nisbat tushunchasi (masalan: yasadi-aniq nisbat, yasandi-o'zlik nisbati, yasaldi-majhullik nisbati, yasashdi-birgalik nisbati, yasatdi- orttirma nisbati);
g)-harakatning voqelikka munosabati tushunchasi, ya'ni mayl tushunchasi (masalan: bajardi, bajarmoqda, bajarmoqchi, bajarganmiz-aniqlik yoki ijro mayli; bajaray, bajarsin, bajar-buyruq-istak mayli; bajarsak, bajarilsa shart mayli);
d)-zamon tushunchasi (masalan: ishladim, ishlaganman-o'tgan zamon, ishlayapman, ishlamoqdaman-hozirgi zamon; ishlamoqchiman, ishlarman-kelasi zamon);
ye)-shaxs-son tushunchasi-tuslanish xususiyati (qiyoslang: qiyinchiliklarni yengdim, yengdik, qiyinchiliklarni yengding, yengdingiz kabi). Shular jumlasiga kiradi.
Yuqoridagilardan tashqarii, fe'llarda ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi singari maxsus vazifadosh-funksional shakllar mavjud (masalan: yozib, yozgach -ravishdosh; ko'zlangan maqsad-sifatdosh; ishlash, ishlamoq foydali- harakat nomi). Bunday shakldagi fe'llar gapda turli gap bo'laklari vazifasida qo'llana oladi.
Fe'l-maxsus fe'l yasash tizimiga ega bo'lgan so'z turumiga (qiyoslang: o'qimoq, olgan, o'tkaz, kel-tub; ishladik, uyqisiramoq, sog'aymoq - affiksasiya usuli bilan ot va sifatlardan yasalgan fe'llar; imzo chekmoq, qo'l qo'ymoq, xafa bo'lmoq - kompozisiya usuli bilan yasalgan yasama fe'l).
Fe'llarda qo'shimcha ma'no qo'shilishini aks ettiruvchi shakllar – modal formalar ham mavjud (qiyoslang: tutdi – titkiladi, oqargan – oqarqiragan kabilada ajratib ko'rsatilgan fe'llar affiksasiya usuli bilan modal forma (nokategorial forma)ga misol bo'la oladi. Shuningdek, fe'lda modal ma'no ifodalash mayl formalari orqali shakllanishi, ko'makchi fe'llarni va to'liqsiz fe'llarni qo'llash orqali hosil qilinishi mumkin (masalan: aytgan bo'ldi, aytib ko'r; borgan emish, aytar edi kabi).
Do'stlaringiz bilan baham: |