O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi хоrazm vilоyati xalq ta’limi xodimlarini


II.“Kichik  guruhlarda  ishlash”.  Tinglovchilar  qaysi  guruhda  ishlashlariga  qarab  guruhlarga



Download 2,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/273
Sana10.09.2021
Hajmi2,11 Mb.
#170649
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   273
Bog'liq
mt-137 mtm tarbiyachilari kursi mutaxassislik fanlari uchun

II.“Kichik  guruhlarda  ishlash”.  Tinglovchilar  qaysi  guruhda  ishlashlariga  qarab  guruhlarga 
ajratiladi. Tarqatma beriladi. Har qaysi guruh dasturda berilgan ta’lim  –tarbiya vazifalarini 
qachon,  qaysi  paytda,  qanday  usullar  bilan  amalga  oshirishni  ochib  berish.    Taqdimot 
o‘tkaziladi.  
 Darsturda ko‘rsatilgan   bunday vazifalarni   tarbiyachi  bolalarning   yoshini   nazarda  tutgan 
holda  mashg‘ulotlar  va kun  tartibining  barcha qismlarida  kattalar va tengdoshlari  bilan muloqot  
qilishga o‘rgatadi.  
 
Bolalar mashg‘ulot  paytida tarbiyachi  va tengdoshlari bilan  o‘zaro munosabatga kirishadi. 
Mashg`ulotdan  tashqari  paytlarda    birgalikda  o‘yin  va    mehnat  faoliyati  bilan    shug‘ulanishi  
jarayonida ham  tengdoshlari va  kattalar bilan  muloqotga  kirishish  ta’minlanadi. Ertalab bolalar  
guruh  xonasiga    kirib  kelishda    salom  berib    kelishi,    onasi  bilan  xayrlashishi    muloqotning  
boshlanishidan    darak    beradi.    Tarbiyachining    muayyan    mavzu  asosida  suhbat    uyushtirishi,  
ertalabki  badan  tarbiya    mashqlarini    bajartirishi  jarayonida  bolalar    bilan    tarbiyachi  o‘rtasida  
muloqot  o‘rnatiladi.  Bunda tarbiyachi  bolaning ismini  aytib  murojaat  qilsa,  bola  ko‘ziga qarab  
yaxshi  so‘z  aytib  rag‘batlantirilsa,  imo-  ishoradan    foydalangan    holda    minnatdorchilik  bildirsa  
muloqot  jonli  kechadi.   Bolalarning mustaqil faoliyati  ya’ni  burchaklarda  hohlagan o‘rtog‘i  bilan  
faoliyat  ko‘rsatishi    chog‘ida    bir-biri  bilan    munosabatga    kirishishadi.  Ayrim  bolalar  burchak 
tanlashda,  qaysi  o‘yinni  o‘ynashda    mustaqillik  yetishmasligidan  qiynalishi    mumkin.  Bunday  
paytlarda  tarbiyachining  yordamiga    muhtojlik  sezadi.  Tarbiyachi  masalan    “keling  uchalamiz  
qurulish  burchagida ko‘chamizni  quramiz. Uylar, ko‘cha,  daraxtlar,  mashinalar  tuzatamiz. Qani 
kim  nima  tuzatadi” deb  ishni  boshlashga  ko‘maklashadi.  Bolalar ishga  sho‘ng‘ib  ketganidan  
keyin    tarbiyachi    sekin    o‘yindan    chiqib  ketadi.      Ikki    bola  o‘zaro    muloqotga  kirishadi,  ishini 
oxiriga  yetkazadi.  Sekin-sekin  bolalarda  birgalikda  faoliyat  ko‘rsatish,  muloqotga  kirishish  ko 
‘nikmasi shakllanadi. Ertalabki soatdagi  bolalarning  mehnatini tashkil qilish  jarayonida ham o‘zaro 
bir-birlari  bilan  muloqotga  kirishishadi.  “Xona  gullarining  barglarini  changdan  tozalash”, 
“O‘yinchoqlarni  tartib  bilan  joy-joyiga  qo‘yish”,  “Yirtilgan  kitoblarni  yamash”,  “O‘yinchoqlarni 
yuvish”  kabi  mavzularda  bolalarning  mehnat  faoliyati  tashkil  qilinadi.  Muayyan  mavzuda  bolalar 
mehnatini  tashkil  qilishda  kerakli  jihozlarni  topish,  ishni  taqsimlash,  ishni  bajarish,  yig`ishtirish 
jarayonida tarbiyachi-bola, bola-bola o`rtasida muloqot kechishi ta’minlanadi. Masalan:  
-  xona  gullarining  barglarini  changdan  tozolash  uchun  nimalar  kerak  bo`ladi  (tog`ora,  suv, 
lattachalar)? 
-  Xonada jami  nechta gul bor? 
-   Har kimga nechta guldan to‘g‘ri keladi? 
 Tarbiyachi  bu  kabi  muammolarni    o‘zi  hal  qilmasdan    bolalar  bilan    birgalikda  hal  qilgani  maqul. 
Agar  3  bolaga    bitta  gulni    tozalash  to`g`ri  kelsa,  ish    jarayonida  3  ta    bola  o‘zaro  muloqotga  
kirishadi. 


 
62 
Bolalar    bir-birining    ishlariga  baho  beradi,    elementlar    mehnat  ko‘nikmasini    egallaydi,  
muloqotchanlikka  o‘rganadi,  nutqi rivojlanadi. 
 
Voqyaband    ijroli    o‘yinlarni    o‘ynash    paytida    ham  bolalar  o‘zaro  bir-birlari    bilan 
munosabatga    kirishishlari  uchun    imkon  yaratiladi.  Ro‘llarni    taqsimlashda,    ijro  etishda    o‘zaro  
kelishish  jarayoni  kechadi. Masalan ‘Mehmon-mehmon”, “Xola-xola”, “Do‘xtir-do‘xtir” o‘yinlarni  
o‘ynash  jarayonida    bolalarda    shunday  holatni    kuzatish  mumkin.    Faol  bola  ro‘llarni  o‘zi  
taqsimlaydi.  Men-otasi,  sen-tog‘asi,  sen-onasi,    sen  qiz  bolasi,  sen-o‘g‘il  bolasi,  sen-xolasi  va 
hakoza. Sen  mehmonlarni  o‘tirishga  taklif  qilasan, sen  choy  keltirasan,  xolasi  bunday deydi, 
tog‘asi    unday    deydi  deb  o‘yin    jarayonini    boshidan  oxirigacha    boshqaradi.  Kichik    guruhlarda  
o‘yinni  asosan    tarbiyachi    boshqaradi.  Katta,    maktabga  tayyorlov  guruh    bolalarida    o‘zlari  
mustaqil o‘yin  tanlash,  ro‘llarni  taqsimlash,  o‘yinni  boshqarish  ko‘nikmasi  shakllangan bo‘ladi.  
Bunday ko‘nikmaning  shakllanishi  tarbiyachining ilk  yoshli  davridan  boshlab o‘zi  boshchiligida  
voqyaband ijroli  o‘yinlarni  muntazam  tashkil  qilishi  bilan bog‘liqdir. Ertalabki soatning  mustaql   
faoliyat    qismida,  kechki  saotlarda    tarbiyachi  bunday    o‘yinlarni    o‘ynashlariga  ko‘proq  e’tibor  
qaratishi    maqsadga    muvofiq.  Kunning  ikkinchi  yarmida  badiy  adabiyot  mashg‘ulotlarda 
o‘rganilgan  ertaklarni  bolalar  ijrosida  “Qo‘g‘irchoq  teatri”  tashkil  qilish  yoki    ertakni  inssinirovka 
qilish ham  muloqotchanlikka  o‘rgatadi va  bolalarning nutqini  rivojlantiradi.  
 
Mashg‘ulotlar paytida  tarbiyachi bilan  bolalar,  bolalar o‘zaro  bir-birlari bilan  munosabatda  
bo‘lishlari  uchun    sharoit    yaratiladi.  Juftlikda,    kichik    guruhlarda    ishlashlari    tashkil  qilinadi.  
Suhbat,  kichik  guruhlarda    ishlash,  ro‘lli  o‘yin    metodlaridan    foydalanish  jarayonida  muayyan 
bilim,  ko‘nikma    malakalarni    egallashlari  bilan    birgalikda    tarbiyachi  va    tengdoshlari    bilan 
muloqotga    kirishadi.    Topshiriqni,    vazifani    bajarishda    tengdoshlari  bilan    kelishishlariga,  o‘z 
fikrini    o‘tkazishga,    isbotlashga,    o‘rtog‘ining    fikrini    inobatga    olishlariga  to‘g‘ri    keladi. 
Bolalarning kattalar  va tengdoshlari  bilan  muloqot qilishlariga ko‘maklashadigan  mashg‘ulotlar  
matnlaridan  namunalar.      “Bolajon”  dasturidagi    ijtimoiy-hissiy    rivojlanish    yo‘nalishi  bo‘yicha  
ko‘rsatilgan ta’lim-tarbiya  vazifalarini to‘laqonli ravishda  amalga oshirish uchun  faqat MTM dagi  
ishlar  yetarli    emas.  Ota-onalar  bolalarining  MTM  da  olgan  bilimlarini  to`ldirishda  va 
mustahkamlashda  ko`maklashadi.  Shu  bois,tarbiyachi  bolalarning  oilada  kattalar  va  tengdoshlari 
bilan  muloqotga  kirishishlari  bo`yicha  ota-onalarga    tegishli  maslahatlar,      tavsiya  berish  ishlarini  
rejalashtirishlari  lozim.  Ota-onalar yig‘ilishida  anketa  savollarini tarqatib  javob olish orqali  ham  
ota-onalarda  farzandini    muloqotchanlikka    o‘rgatish    bo‘yicha    tasavvur  hosil    qilishga  
yordamlashadi. Anketada quyidagi  savollar ko‘rsatiladi. 
-Farzandingiz  oilada kimlar bilan  munosabatga  kirishadi. 
-Kiyimlar o‘yinchoqlar haqida  boshqalarga  gapirib bera  oladimi? 
- Bog‘chadagi o‘rtoqlari  haqida so‘zlab beradimi? 
-Ko‘changizdagi boshqa bolalar bilan muloqotga  kirishadimi? 
-Birgalikda o‘ynaydimi? 
- Xonadoningizda  o‘rtoqlari bilan  o‘ynashlari uchun  sharoit yaratilganmi? 
- Mehmonga borganda  tortinmasdan qarindoshlar  bilan muloqotga  kirishadimi? 
-Uyga kelgan mehmonlar  bilan-chi? 
-Farzandingizga ertak  aytib berasizmi? 
-Farzandingiz sizga ertak aytib  beradimi. 
„Bolajon“ dasturida ijtimoiy rivojlanish bo’yicha turli yosh guruhlarida quyidagi ta’lim-tarbiya 
vazifalari berilgan.  

Download 2,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish