Kichik guruhda bolalarda kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga kirishish ko‘nikmasini
hosil qilish yanada murakkablashadi. Kattalar bilan muloqotga kirirshishda, ularning savollariga
javob berish, taqlid qilish, kattalarning tovushiga qarab maqtovni va tanqidni farqlash, ularning
ismi bilan chaqirishga o‘rgatish. Tengdoshlar bilan yonma-yon o‘ynash, tashabbuskorlikni,
mustaqillikni namoyon qilish, o‘z imkoniyatlariga ishonish. O‘zi haqida, kiyimlar haqida
so‘rash, gapirishga o‘rgatish (“Mening ko‘ylagim chiroylimi”, “ Menga bu sharf yoqmaydi”,
“Munisaning tuflisi chiroyli”).
Do'stlaringiz bilan baham: |