Kelish va ketish vaqti. Ertalab ota- onalarning bolalarini olib kelishi kechqurun olib ketishi
vaqtida tarbiyachilar ularning imkoniyatlaridan kelib chiqib norasmiy vaqt belgilanadi. Ularning
ko`p vaqtini olmasdan qisqa suhbat o`tkaziladi.Agar vaqtlari bo`lsa oilaviy xonani tartibga
solishga, o`yinchoqlarni joy-joyiga qo`yishga, farzandi bilan birgalikda o`yin o`ynashga taklif
qilish mumkin.
Maktublar va kundaliklar. Tarbiyachi ota-onalarga maktub jo`natish orqali oilalar bilan
peragoglar jamoasi o`rtasidagi yaqinlikni ta’minlashga yordam beradi. Maktub bolaning yangi
muvaffaqiyatlari to`g`risidagi qisqagina xabar yoki mashg`ulotdagi ishtiroki uchun ota-onalarga
raxmatnoma bo`lishi mumkin. Ota-onalar ham o`z navbatida tarbiyachilarga maktub yo`llaydi.
Masalan, farzandining tarbiyasi, ovqatlanishi bo`yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |