O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi davlat umumta’lim maktablarida 2021/2022-o‘quv yilining dastlabki kunida o‘tkaziladigan “Mustaqillik darsi”dan o‘rin olgan mavzularni o‘qitishda foydalanish tavsiya etilayotgan tezislar


-mavzu “Tadbirkorlar – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari”



Download 99,5 Kb.
bet4/4
Sana12.02.2022
Hajmi99,5 Kb.
#445175
1   2   3   4
Bog'liq
ТЕЗИСЛАР лотинда

3-mavzu
Tadbirkorlar – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz tadbirkorlari bilan olib borgan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda so‘zlagan nutqi asosida)

- Yangi O‘zbekiston — bu, avvalo, yangicha iqtisodiy munosabatlar, yangicha iqtisodiy dunyoqarash demakdir. Shu bois mamlakatimiz iqtisodiy tizimi to‘liq qayta qurilmoqda, qanchalik og‘ir bo‘lmasin, bozor mexa-nizmlarini amalda joriy etish boshlandi;


- Islohotlar aholining barcha qatlamlari manfaatlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda: tadbirkorlar o‘z biznesini rivojlantirish uchun erkinlik va yangi-yangi imkoniyatlarga ega bo‘lmoqda, dehqon va fermerlar, klaster xo‘jaliklari o‘zlari yetishtirgan hosilning haqiqiy egasiga aylanmoqda;
- Iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda alohida ahamiyatga ega bo‘lgan xususiylashtirish jarayonida faqat davlat korxonalarini sotish emas, balki ularning raqobatdoshligini oshirish, iqtisodiy sohadagi milliy manfaatlarni mustahkamlashga xizmat qiladigan mutlaqo yangi yondashuvlarni qo‘llashga ustuvor ahamiyat berilmoqda;
- Yangi O‘zbekistonda kichik va xususiy biznes sub’ektlari soni keyingi paytda ikki barobar ko‘paydi, ushbu tarmoqdagi 50 foizdan ziyod korxonalar faqat keyingi uch yilda tashkil etilgan. Bu esa mamlakatda muhim ijtimoiy qatlam — o‘rta sinfning kuchayishi uchun puxta zamin bo‘lmoqda;
- so‘nggi to‘rt yilda 30 yoshgacha bo‘lgan tadbirkorlar soni 5 barobar ko‘payib, 500 mingdan oshdi, 2021 yilning o‘zida 92 mingdan ziyod yoshlarning tadbirkorlik loyihalari uchun 2 trillion 300 milliard so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi;
- tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash — fuqarolar, xalqimiz farovonligini oshirishning eng samarali yo‘li, Yangi O‘zbekistonni barpo etishning pirovard maqsadidir;
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishi etib belgilangan. So‘nggi besh yilda bu sohani rivojlantirishga qaratilgan 2 mingga yaqin qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Ularga asosan, 114 ta litsenziya va ruxsatnoma bekor qilindi, 33 ta faoliyat turi xabardor qilish tartibiga o‘tkazildi. Ruxsatnomalarni rasmiylashtirish tartiblari soddalashtirilib, muddatlari o‘rtacha 2 baravarga qisqartirildi;
- Prezident o‘z nutqida tadbirkorlarning mavjud muammolarini hal qilishga qaratilgan 7 ta muhim yo‘nalishni ko‘rsatib o‘tdi. Birinchi yo‘nalish – biznesni moliyalashtirish, ikkinchisi – soliq tizimini takomillashtirish va biznesga soliq yukini kamaytirish, uchinchisi – yer ajratish, to‘rtinchisi – infratuzilma, beshinchisi – eksportyor korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, oltinchisi – transport-logistika, yettinchisi – sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish masalalariga qaratildi;
- Oxirgi besh yilda tadbirkorlar soni qariyb 3 baravar oshdi. Ko‘p ishbilarmonlar o‘z biznesini butun mamlakat miqyosida kengaytirib, minglab ish o‘rinlari yaratib, nufuzli yirik kompaniyalarga aylandi. Ichki va tashqi bozorda o‘z nufuzi va brendiga ega tadbirkorlar sinfi shakllana boshladi;
- kelgusi 2 yilda respublika bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonalari tashkil etilib, ularga ham kommunal va yo‘l infratuzilmasi davlat tomonidan yetkazib beriladi. Ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda budjetdan 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi;
- kelgusi yilda banklarga Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan bozor tamoyillari asosida qo‘shimcha 600 million dollar ajratiladi. Xalqaro moliya bozorlarida 5 trillion so‘mlik milliy valyutada yevrobondlar chiqariladi. Xorijiy banklar kirib kelishiga keng imkoniyatlar yaratiladi;
- banklar resursni qanday valyutada jalb qilishidan qat’iy nazar, tadbirkorlarga kreditni so‘mda va maqbul foizlarda berish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Shu maqsadda Moliya vazirligi huzurida Valyuta xatarlarini boshqarish kompaniyasi va hududlarda uning filiallari tashkil etiladi;
- so‘nggi uch yilda soliqlar turi 16 tadan 9 taga qisqardi. Yaqingacha Pensiya, Maktab va Yo‘l jamg‘armalariga biznes uchun og‘ir yuk bo‘lgan 3,2 foizli yig‘imlar to‘lanar edi. Ushbu yig‘imlar korxonalarning foydasidan qat’iy nazar, oborotdan olinib, ularning miqdori korxonalarning kamida 25-30 foiz foydasiga teng edi. Molk-mulk, daromad solig‘i va ijtimoiy soliqlar stavkalari 2 barobarga kamaytirildi;
- chetdan olib kelingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini 120 kun davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lashda tadbirkorlarga foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi;
- qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarga yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga kamaytiriladi;
- joriy yil 16 avgust kuni “Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek, yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” qonun qabul qilindi. U bilan yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov ob’ektiga aylantirish uchun mustahkam huquqiy zamin yaratildi;
- kelgusi 2 yilda respublika bo‘yicha qo‘shimcha 200 ta sanoat zonalari tashkil etilib, ularga ham kommunal va yo‘l infratuzilmasi davlat tomonidan yetkazib beriladi. Ushbu maqsadlar uchun kelgusi yilda budjetdan 2 trillion so‘m mablag‘ ajratiladi;
- Prezident bunday ochiq muloqotni an’anaga aylantirib, har yili tashkil etish, 20-avgustni mamlakatimizda “Tadbirkorlar kuni” deb e’lon qilish taklifini bildirdi.
4-mavzu

Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimidagi ma’ruzasi asosida)


Mazkur mavzuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali marosimidagi ma’ruzasi asosida o‘quvchilarga yetkazish tavsiya etiladi.




Download 99,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish