61
M U N D A R I J A
1. Kirish---------------------------------------------------------------------3-6
2. 1-bob. Ona tili darslarida matn va uni o‘rganish usullari --------7-27
3.
2-bob. Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini
o‘stirish
--------------------------------------------------------------------28-51
4. Xulosa------------------------------------------------------------------52-55
5. Adabiyotlar ro‘yxati--------------------------------------------------56-58
62
Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti
o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti bitiruvchi kurs talabasi Normonova
Gulshodaning “ Ona tili mashg‘ulotlarida matn ustida ishlash”
mavzusidagi bitiruv malakaviy ishiga
TAQRIZ
Matnda til sathlarining barchasi muayyan darajada ishtirok etar
ekan, ularni ko‘rish va kuzatish asnosida o‘quvchidagi tilni his qilish
va matnni anglash qobiliyati o‘sadi. Har bir kishida tabiiy holda
to‘g‘ri va savodli yozishga ehtiyoj mavjud. Yuqoridagi talablar
asosida ish tutish esa mazkur talab va ehtiyojlar bilan mos tushadi.
Shu manbadan kelib chiqib tayyorlangan. G. Normonovaning Ona
tili mashg‘ulotlarida matn ustida ishlashga bag‘ishlangan bitiruv
ishi dolzarbdir.
Bitiruv ish kirish, ikki asosiy bob, xulosa va adabiyotlar
ro‘yxatidan ibirat bo‘lib, ishning kirish qismida mavzuning
dolzarbligi, maqsadi, vazifasi, metadologik asosi, metodi haqida
ma’lumot bergan.
Ishning asosi ikki bobda ochib berilgan bo‘lib, “Ona tili
darslarida matn va uni o‘rganish usullari” deb nomlangan birinchi
bobda matn yaratish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali o‘quvchilarni
mustaqil fikrlashga o‘rgatish, matn yaratish ustida ishlashning
didaktik prinsiplari hamda ona tili ta’limining yangilangan mazmuni
va unda matn yaratish muammosi haqida fikr bildirib, o‘z
mulohazalarini misollar bilan izohlab bergan.
63
“Matn ustida ishlash orqali o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini
o‘stirish” deb nomlangan. Ikkinchi bobda o‘quvchilarning ijodiy
tafakkurini oshirishda matn ustida ishlashning ahamiyati haqida
to‘xtalib, kichik – kichik matnlar keltirish bilan izohlang.
Umumman olganda G. Normonovaning matn ustida ishlashga
oid muammolarni hal etishga qaratilgan bitiruv ishining kirish qismida
kun tartibiga qo‘yilgan masalalar to‘lig‘icha hal qilingan. Ishda badiiy
matnni tahlil qilish uzviy va uzluksiz jarayon bo‘lishiga, unda
o‘quvchilarning badiiy asarni xis qilish darajalarini e’tiborda tutish
shartligiga tayangan. Shunga bog‘liq holda o‘z fikrlarini bildirib,
misollar bilan izohlab berganki bu ishning umumiy saviyasini yanada
oshirgan. Yuqoridagilarni inobatga olib, ushbu ishni yuqori saviyada
yozilgan ishlar sifatida baholashni YaDA hay’ati a’zolaridan
so‘rayman.
Ilmiy rahbar: f.f.n. Sh.Haydarov