Ustki ipning uzilishi. Quyidagi ustki ipning uzilishiga sabab bo‘lishi
mumkin: ipning sifatsizligi, iplarning haddan tashqari tarangligi, ipning noto‘g‘ri
taqilishi, igna nomeriga kelmasligi, ip vaqtida tushmasligi yoki baxyaning tortilib
qolishi, mokining haddan ortiq qizib ketishi, ip yo‘naltirigichlarning yomon
holatdaligi (qirilganligi, g‘adir-budirligi) yoki ip yo‘naltirgichlardan ba‘zilarining
yo‘qligi, igna plastinasi teshigida, moki komplektida tepki tagida qirilgan yoki
g‘adir-budir joylar bo‘lishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |