O‟zbekiston respublikasi xalq ta‟limi vazirligi a. Qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti



Download 1,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/75
Sana31.12.2021
Hajmi1,15 Mb.
#227994
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75
Bog'liq
mashina choklarining klassifikasiyasi mavzusidagi mashgulotlarni otish uslubini ishlab chiqish

Dars maqsadi: 

Ta’limiy:  o‘quvchilarga  mashina  ishlari  haqida,  mashina 

ishlariga va ish o‘rniga qo‘yiladigan talablar, ish o‘rnini tashkil 

qilish  haqida  umumiy  ma‘lumotlar  berish.  Asbob-uskunalar  va 

ulardan foydalanishni o‘rgatish. 



Tarbiyaviy: o‘quvchilarni estetik didlarni o‘rgatish va mashinada 

tikish  sifatiga,  tikishning  har  xil  usullaridan  foydalanishga  jalb 

qilish. 

Rivojlantiruvchi: 

o‘quvchilarda 

―Mashina 

choklarini 

bajarish‖mavzusi  bo‘yicha  bilim,  ko‘nikma  va  malakalarni 

shakllantirish. 



Dars tipi: 

Yangi bilim beruvchi 



Dars turi: 

nazariy 


Dars metodlari: 

Og‘zaki, aqliy hujum, munozara. Muammoli ta‘lim 



Moddiy 

texnik 

jihatdan 

jihozlash 

va 

ko‟rgazmali 

qurollar:  

Mashina  choklaridan  namunalar,  mashina  choklariga  doir 

plakatlar, igna, ip, santimetrli lenta, har xil namunalar. 

 

Tikuv  mashinalarida  ish  o‘rganish  davrida  o‘qituvchi  o‘quvchilarga 

quydagilarni o‘rgatishi kerak: ish o‘rnini tashkil etish; turli materiallarga moslab 

ignalar va  iplar nomerini aniqlash va ularni tanlash; igna, angishvona, qaychi va 

boshqa  mashina  asboblarini  ishlata  bilish;  vaqtincha  va  doimiy  puxtalaydigan 

qaviq  va  choklarni  tikishusullaini;  bajarish  va  ularga  qo‘yilgan  texnik  talablarga 

rioya  qilish;  birturli  va  har  xil  gazlamalar  to'g'ri  qirqimlarini  bir-biriga,  qiya 

qirqimlarni to'g'ri qirqimlariga har xil choklar bilan ulash; chok kengligini, qaviq 

yirikligini,  ustki  va  ostki  gazlamalardagi  solqi  miqdorini  ko'zda  chamalab 



 

51 


aniqlashni  rivojlantirish;  tikuvchilik  ishlab  chiqarishi  terminologiyasini  to'g'ri 

ishlatish, xavfsizligi qoidalariga rioya qilish.

 

Har  bir,  dars  rejasini  tuzayotganda  o'qituvchi  ish  dasturiga  amal  qiladi, 



dasturdan  foydalanishda  darslar  ketma-ketligini  inobatga  olishi  zarur.  Darslar 

mavzuini  boshlash  oldidan  o'qituvchi  mashina  ishlarini  bajarish  uchun  kerakli 

asboblarni  tanlab  qo'yadi  (namuna  sifatida  o'zi  uchun  va  mashq  qilishga  har  bir 

o'quvchi  uchun);  furnitura  (har  xil  nomerli  iplar,  ignalar,  temir  ilgak  va  temir 

izmalar,  knopkalar,  uqalar),  turli  artikuldagi  gazlama  parchalari,  qaychilar  bilan 

mashq  qilish  uchun  gazlama;  ko'rgazmali  qurollar,  qaviq  va  chok  namunalari 

ko'rsatilgan  albbom,  turli  qaviqlar,  choklar  va  kiyim  detallari  kb'rsatilib, 

o'quvchilarga tarqatiladigan material, o'tilayotgan qaviq va choklar ishlatiladigan 

tayyor  kiyimlar;  qaviqlarni  va  choklarni  tikayotganda  ish  usullarini  namoyish 

qilish uchun yo'1-yo'riq xaritalari, diafilmlar va hokazo. 

Dars  jarayonida  interfaol  usullarni  mashinalash  o‘quvchilarning    o‘z 

fikrlarini  erkin  ifodalashida  bir  qancha    qulayliklar  keltiradi.  Chunki,  interfaol 

usulda  dars  o‘tilsa,  o‘quvchilarning  bir  nechta  guruhlarga    bo‘lib,  ular  orasida 

o‘zaro  musobaqa  o‘tkazish  orqali  o‘quvchilarni  faollashtiradi  va  har  bir 

o‘quvchining    fikrini  noto‘g‘ri  deb  qaramasdan    ularning  fikrlarini  tinglab,  shu 

fikrlardan umumiy hulosa chiqarishga o‘rgatadi. Natijada darsga hammaning faol 

qatnashishiga olib keladi. O‘z o‘zidan bunday vaziyatda  sinfdagi ayrim uyatchan 

va tortinchoq o‘quvchilar ham darsga faol qatnasha boshlashi mumkin.  

Masalan, faol usullardan biri muammoli vaziyat yaratish orqali dars o‘tishda 

o‘qituvchi o‘quvchilarni kichik guruhlarga bo‘ladi va ularga muammoli savollarni 

beradi.  O‘quvchilar  bergan  savollarga  guruhdagi  a‘zolar  bilan  o‘zaro  fikrlashib, 

umumiy javobni aytishlari kerak bo‘ladi. Bunday usulda o‘tilgan darsda uyatchan 

va tartinchoq o‘quvchilar ham faol qatnasha boshlaganini ko‘rish mumkin. Chunki, 

birinchidan,  o‘quvchilar  musobaqa  tarzida  o‘tilayatgan  bu  darsga  faol  qatnashib, 

g‘olib bo‘lish maqsadida bo‘lsa, ikkinchidan, bunday vaziyatda o‘quvchi doskaga 

chiqib hamma o‘quvchilar oldida mavzuni tushuntirmasdan, faqat kichik guruhga 

o‘z fikrini aytadi. Bu esa o‘quvchida fikrini erkin ayta olishga sharoit tug‘diradi. 



 

52 


Shunday  faol  usullarni  mashinalash  orqali  dars  o‘tish  ko‘proq  mashinalanilsa 

o‘quvchilardagi  uyatchanlik  va  tortinchoqlik  holatlari  bartaraf  etilib,  ular  endi 

nafaqat  kichik  guruhlarda,  balki  hamma  o‘quvchilar  oldida  ham  erkin  fikrlarini 

ifodalay olishlari mumkin. 

Shunday  ekan,  bugungi  kun  pedagogikasi  o‘quvchilarning  o‘z  fikrlarini 

erkin, tortinmay aytish imkonini beradigan yangi interfaol usullarni hayotga Yana 

ham chuqurroq tadbiq etish yo‘lidan borilsa, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 

 


Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish