Algoritmlar va dasturlar
Dastur yaratishning birinchi boskichida qo‘yilgan masalani kompyuterga tushirishdagi boskich va muammolari kurib chikiladi. Masalan, kvadrat tenglamani ildizini xisoblash dasturi. Bunda kvadrat tenglama ildizini topish uchun kerakli malumotlar kiritilishi kerak. Nataja – kvadrat tenglamani ildizi yoki tenglamaning ildizi yo‘q degan ogoxlantirish chiqishi lozim.
Kvadrat tenglamaning yechish usuli formula orkali xisoblanadi. Dastlab formuladan deskriminant natijasini topish kerak. Sungra agar natija nolga teng yoki katta bo‘lsa, u xolda formula bo‘yicha ildiz xisoblanadi.
Algoritm deb, qo‘yilgan masalani yechishga karatilgan, xisoblash jarayonini ifodalovchi, boshlang‘ich ma’lumotlardan izlanayotgan natijani keltirib chiqarishga karatilgan jarayonga aytiladi.
Shuni aniklash kerakki muayyan ketma-ketlik quyidagi 3 ta xossaga ega bo‘lsagina algoritm xisoblanadi:
Bir qiymatlilik;
Umumiylik;
Natijaviylik.
Bir qiymatlilik – masalani yechish uchun bajariladigan amallar ketma-ketligi va bajarish yuli yagona bo‘lishi kerak.
Umumiylik – algoritm o‘zgaruvchilarining turli xil qiymatlari uchun tugri natija olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Natijaviylik – algoritm bajarilishi jarayonida anik natija olinishi kerak.
Quyida kvadrat tenglamaning ildizini topish algoritmining matematik ko‘rinishiga misol keltirilgan.
Kiritiladigan ma’lumotlar – bu tenglama koeffitsienti: a – noma’lumning ikkinchi darajasi; b – noma’lumning birinchi darajasi; s – noma’lumning boshlang‘ich darajasi;
Topiladigan natija – x1 va x2 tenglama ildizlari.
Buyruklar:
Diskriminantni xisoblash formulasi:
d = b2 - 4ac
Agar diskirminant natijasi nolga teng yoki katta bo‘lsa, u xolda quyidagi formula bilan tenglama ildizlari topiladi:
;
Agar diskerminant natijasi noldan kichik bo‘lsa, bu tenglamaning ildizi yo‘qligini bildiradi.
Masalaning yechish algoritmi blok-sxema ko‘rinishida bo‘ladi. Blok-sxemada masalaning mantiqiy va turli qismi standart shakillar bilan yozildai. Blok-sxemaning asosiy elementlari boshlash/tamom, kiritish/chiqarish, kayta ishlash va tanlash(1.1 rasm)
boshlash/tamom kiritish/chiqarish kayta ishlash tanlash
Rasm. Algoritmning blok-sxemasi uchun asosiy shakllar.
Misol uchun, kvadrat tenglamaning ildizini topish algoritmi 1.2. rasmdagi blok-sxema ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Bu blok-sxema ko‘rinishidagi algoritm dasturchiga bajariladigan barcha jarayonni anik kuzatish va taxlil qilish uchun xizmat kiladi.
Algoritmning blok-sxemasi kurilganidan sung, tanlangan dasturlash tilida uning dasturini tuzishi mumkin.
Kvadrat tenglama algoritmining dasturi dastur matni 1.1 da berilgan bo‘lib, dialogli oynasi esa 1.3. rasmda kursatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |