Texnika xavfsizligi
Texnika xavfsizligi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratishga qaratilgan chora-tadbirlar sistemasidan iborat. Sexlarda qo’lga igna kirib ketishi, qo’lni nimadir kesib olishi, mashinalarning kiyim yoki sochni o’rab ketishi, dazmol yoki presslarda biron joy ko’yib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi natijasida ishlovchilar jarohatlanib qolishi mumkin. Texnika xavfsizligi qoidalari noxushlik va baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat
qiladi.
Qo’l va mashina operatsiyalarida ishlovchilar quyidagi qoidalarga rioya qilishlari lozim:
Ish bajarayotganda ziyrak bo’lish kerak.
Mashina asbob va moslamalarning ishga yaroqligini tekshirib turish lozim.
Simlarga ip, latta, simchalar osmaslik kerak.
Tugma qadash mashinasida ishlaganda saqlash ekranidan foydalanish
zarur.
Elektr dvigatelni o’chirmasdan mashinaga moy surtish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kiydirish man etiladi.
O’z ish o’rnini toza tutish lozim. Asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning aylanayotgan qismlari yoniga qo’yilmasligi kerak;
Ish o’rinlari orasidagi yo’lni to’smaslik lozim.
Elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyatsiyasini tekshirish lozim.
II-BOB QIZLAR MILLIY KО‘YLAGINI BICHISH VA TIKISH O`LCHOC OLISH
2.1 Ayollar milliy kо‘ylagini bichish va tikish
Ayollar milliy kо‘ylagini andozalarini tayyorlash
Ayollar milliy kо‘ylagi gavdada erkin turishi, bichish va tikilish texnologiyasining soddaligi bilan boshqa kо‘ylaklardan ajralib turadi. Bu model mavsumbop bо‘lib, har mavsumda faslga qarab turli xil gazlamalardan tikib kiyiladi. Ushbu model о‘zining qulayligi, inson gavdasida erkin turishi, gigiyenik talablarga javob berishi va har qanday yoshdagi xotin-qizlarga yarashib turishi bilan boshqa kiyimlardan ajralib turadi. Kо‘ylakni yozgi mavsumlarda paxta, ipak, lavsan tolali, havo о‘tkazuvchanligi bor gigiyenik talabga javob bera oladigan har xil turdagi gazlamalardan tikish mumkin. Qishki mavsumlarda issiq tutuvchi gazlamalardan (sherst, jerst, vilyur va paxmoq gazlamalardan) yengi uzun, yoqali qilib tikilishi mumkin. Modelning asosini saqlagan holda yoqa о‘mizi, yeng, koketka shakllari, etak kо‘rinishlarini turlicha modellashtirishi mumkin.
Q uyidagi holda xotin-qizlar milliy kо‘ylaklari modelini asosini tashkil etuvchi old va ort tomondan umumiy kо‘rinishi keltirilgan.(48-rasm)
a ) b)
b)
48-rasm. Ayollar milliy kо‘ylagi kо‘rinishi
(a) - Kо‘ylak modelining old tomondan kо‘rinishi. (b) - Kо‘ylak modelining ort tomondan kо‘rinishi
Bu modelda milliy kо‘ylak koketkasi ovalsimon shakldadir, yoqa о‘mizi shakldor bо‘lib, etakning yuqori qismida burma hosil qilinadi. Kо‘ylakning yengi kalta bо‘lib, yeng boshida burma hosil qilingan, yeng uchi esa bukma yopiq chok bilan bukib tikilgan. Kо‘ylakning ort qismi ham koketkali bо‘lib, ovalsimonroq shakldadir. Ort koketkaning yoqa о‘mizi ham modelga muvofiq botiq ovalsimon shaklda olinadi.
Ort etakning yuqori qismida burma hosil qilinadi. Kо‘ylak etagining pastki qismi bukib tikiladi. Ushbu modeldagi kо‘ylakni har qanday yoshdagi xotin-qizlar mavsumga mos holda gazlamalarning xususiyati va turiga qarab tikib kiysa maqsadga muvofiq bо‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |