O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi muammolarini o‘rganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti


Bitiruv ishining amaliy ahamiyati



Download 214,4 Kb.
bet4/22
Sana11.03.2022
Hajmi214,4 Kb.
#490704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Bog'liq
Жамолова Камола

Bitiruv ishining amaliy ahamiyati. Bitiruv ishi natijalari asosida ishlab chiqilgan rivojlantiruvchi ta'lim texnologiyalarini qo‘llash asosida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini shakillantirish metodikasini o‘qitishning o‘quv-uslubiy ta'minotidan pedagogik va psixologik fanlarni o‘qitish jarayonida foydalanish mumkin.
Ishning tuzilishi: Kirish, 3 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
Mazkur ishning I bobi mustaqil ishlarning barcha turlarining asosiy xususiyatlarini ko‘rsatishga shuningdek, davlat ta’lim standartlari talablarini o‘rganishga, mustaqil ishlarning maqsadiga ko‘ra turlarini asoslashga qaratilgan.
II bob esa mustaqil ishlarini tashkil qilish usullarini asoslashga qaratilgan bo‘lib, darsda mustaqil ishlarni tashkil qilish usullari, 1-sinf o‘quvchilarini mustaqil ishlashga o‘rgatishning xususiyatlarini, darsdan tashqari paytlarda mustaqil matematikani o‘rganishni tashkil qilish usullari, shuningdek, uy ishlarini tashkil qilishning metodik usullarini ishlab chiqqan.
III bobda ushbu metodik uslublar asosida tashkil qilingan tajriba ishlari na’munalarini ishlab chiqishga qaratilgan. Shuningdek, o‘quvchilar mustaqil ish uchun qiziqarli matematik misol va masalalar na’munalari, yangi pedagogik texnologiyaga asoslangan dars ishlanmasi tayyorlangan.
Shu bilan birga o‘quvchi bo‘sh vaqtlari o‘rtoqlari, ukalari, akalari bilan o‘ynaydigan va bu o‘yin orqali matematik hisoblash, fikrlash, fanga qiziqish ruhini tarbiyalaydigan, fanni o‘rganish xarakteridagi o‘yinlar na’munalari ishlab chiqilgan.


I.Bob. Boshlangich sinflarda tashkil qilinadigan mustaqil ishlarning tasnifi.

    1. Mustaqil ish tushunchasining mazmun─mohiyati.

Mustaqil ish – yangi bilimlarni o‘zlashtirishning dastlabki tekshirish usulidir. Mustaqil ishni bajarish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarga yakka tartibda yordam berishi qaralayotgan usulning xususiyatini yana bir bor aytib berishi mumkin. Mustaqil ishga ma’lum vaqt ajralishi mumkin. Topshiriq hajmi o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lishi lozim.2
Agar bu o‘quvchining vaqti baribir ortib qolsa, u holda uni bo‘sh o‘quvchining ishini nazorat qilishga unga yordam berishga jalb etish mumkin. O‘qituvchining vazifasi ni bajarayotgan o‘quvchi tushunturishni tinglash juda qiziqarlidir.
Mustaqil ishni albatta shu darsning o‘zida tekshirish lozim. Bir ikkita misol doska oldida o‘quvchilarga batafsil tushuntiriladi. Boshqa misollarning faqat javoblari tekshiriladi. Javoblarni kartochkalarga yozib qo‘yish mumkin. O‘quvchilar ularni tartib bilan terib qo‘yib, orqa tomonini og‘darganlarda bunday so‘zlarni o‘qiydilar: “Yasha”, “Yaxshi”3, “A’lo” va h.k.
O‘quvchilarning o‘qish jarayoniga qo‘shiluvchi, mustaqil ishlari bu o‘qituvchi qatnashishuvisiz maxsus ajratilgan vaqt davomida bajariladigan ishdir. Bunda o‘qivchilar topshiriqda qo‘yilgan maqsadga erishishga o‘z kuchlarini sarflaydilar. Aqliy yoki jismoniy harakatlar natijasini biror shaklda ifodalab, ongli ravishda intiladi.
Mustaqil ishlar maqsadiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:
a) Didaktik maqsadga bo‘yicha;
b) O‘quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo‘yicha (darslik,daftar, didaktik materiallar)
v) O‘quvchilardan talab qilinadigan faoliyat xarakteri bo‘yicha;
g) Tashkil qilish usuli bo‘yicha.
a) Didaktik maqsad bo‘yicha. Bunday ishlar o‘quvchilarni yangi materialni qabul qilishga, tayyorlashga, yangi bilimni o‘zlashtirishga, o‘tilgan mavzuni takrorlashga yo‘naltirgan bo‘lishi kerak.
b) O‘quvchilar mustaqil ishlayotgan material bo‘yicha. Bunda masalan darslik bilan didaktik o‘yinlarda zarur bo‘ladigan didaktik materiallar bilan bosma asosli daftar ustida ishlash.
v) O‘quvchilardan talab qilinadigan faoliyat bo‘yicha. Bunda ishlarni berilgan namuna, qoida bo‘yicha bir-biridan farqlashadi.
g) Tashkil qilish usuli bo‘yicha, bunda umum sinf ishi, gruppaviy ishi, individual ish.
Darsda mustaqil ishlashning mazmuni quyidagicha:
- Darsda yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan, oldin o‘tilgan materialni darslik yoki boshqa manba bo‘yicha mustaqil takrorlash;
- Darsda o‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun mashqlar;
- Olingan bilimlarni amaliy qo‘llaniladigan turli xildagi mashqlar.
Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o‘qituvchi maktabdagi birinchi darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshitiqlar kichik hajmli va ergashish xarakterida bo‘ladi.4
Mavjud geometrik figuralardan uncha murakkab bo‘lmagan naqshlar yoki rasmlar yig‘ish, masalan,






Darsda berilgan har bir mustaqil ishni albatta tekshirilishlari lozim. Bu o‘rinda o‘zini – o‘zi nazorat qilish, o‘zaro tekshirish katta ahamiyatga ega.
O‘zini – o‘zi nazorat qilish bu o‘quvchining o‘z ishini ushbu ikki nuqtai nazardan baholashidir: “Men tog‘ri javob beradimmi? Men hammasiga javob berdimmi?”
O‘zini o‘zi nazorat qilish malakasining rivojlanishi darsda vaqtni tejaydi, topshiriqni bajarishda o‘quvchilarning mas’ulyatini kuchaytiradi, ularni xatosiz ishlashga, xatolikka yo‘l qo‘yilganda esa uni shu zahoti tuzatishga o‘rgatadi, shu bilan birga ta’lim jarayonini faollashtiradi, bilimga qiziqishni orttiradi.



Download 214,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish