Oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari 4 ga bo’linadi:
1)molekulararo ;
2) ichki molekulayr;
3) disproporsiyalanish reaksiyalari;
4) murakkab oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari.
Molekulalaro oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida oksidllanish darajasi o’zgaradigan element atomlari turli moddalar molekulalari tarkibiga kiradi:
0 +6 +2 +4
Cu + 2H2SO4= CuSO4+SO2 + 2H2O
Cu0 -2 → Cu+2 2 1
S+6 -2 e → S+4 2 1
Qaytaruvchi Cu, oksidlovchi S bo’lsa H2SO4 tarkibiga kirgan:
CuSO4+Zn=ZnSO4+Cu
Zn0 -2e → Zn+² 2 1
Cu+2 +2e → Cu0 2 1
Molekulalararo oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari gazlar orasida:
3H2+N2=2NH3
4NH3+5O2=4NO+6H2O
2SO2+O2=2SO3
Qattiq moddalar orasida va gazlar orasida:
2Mg(q)+O2(g)=2MgO(q)
2Sb(q)+3Cl2(g)=2SbCl3(q)
Qattiq moddalar bilan suyuqliklar orasida:
4HCl(S)+MnO2(q)=Cl2(g)+ Mn Cl2(s)+2H2O(s)
16HCl(s)+2KMnO4(q)=5Cl2(g)+2MnCl2(s)+8H2O(s)+2KCl(s)
Faqat qattiq moddalar orasida:
2Al(q)+ Fe2O3(q)=Al2O3(q)+2Fe(q)
C(q)+2PbO(q)= 2Pb(q)+CO2(g)
Aksariyat oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari eritmada ketadi:
3Na3AsO3+K2Cr2O7+4H2SO4= 3Na3AsO4+Cr2(SO4)3+4H2O+K2SO4
2NaCrO2+3H2O2+2NaOH=2Na2CrO4+4H2O
Bunday reaksiyalar qatoriga oksidlanish darajasi turlicha bo’lgan lekin bir xil atomlardan iborat moddalar orasidagi reaksiyalarni ham olish mumkin, ushbu reaksiyalarni sinproprsiatsiya reaksiyalari ham deb ataladi:
2H2S+H2SO3=3S+3H2O
5HCl+HClO3=3Cl2+3H2O
Disproporsiyalanish yoki o’z-o’zidan oksidlanish –qaytarilish reaksiyalarida bitta element atomlarining o’zi ham oksidlovchi va ham qaytaruvchi bo’ladi. Molekula tarkibidagi bir xil element atomining oksidlanish darajasi ham ortadi, ham kamayadi:
3K2MnO4+2H2O=2KMnO4+MnO2+4KOH
3KClO=2KCl+KClO3
3HNO2=HNO3+2NO+H2O
4 Na2SO3=3Na2SO4+Na2S
6NaOH+3S=2Na2S+Na2SO3+3H2O
2KOH+Cl2=KCl+KOCl+H2O
6KOH+3Cl2→5KCI+KClO3+3H2O
Ichki molekulyar-oksidlanish qaytailish reaksiyalarida oksidlanish darajasi o’zgarayotgan turli xil atomlar bitta modda molekulasi tarkibiga kiradi:
2KNO3=2 KNO2+ O2
4HNO3=4NO2+2H2O+O2
2 Ba(NO3)2=2BaO+4NO2+O2
(NH4)2Cr2O7=Cr2O3+N2+4H2O
2HgO= 2Hg+O2
2KClO3=2KCl+3O2
Murakkab oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida ikkitadan ortiq elementlarning oksidlanish darajasi o’zgaradi.
As2S3 ga konsentrlangan HNO3 ta’sirida quyidagi reaksiya sodir bo’ladi :
3Аs2S3+28HNO3+4H2O→6H3AsO4+9H2SO4+28NO
+3 +5
2 As -4e → 2As 3
3 – jadval “Oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari mavzusiga oid masalalari yechish yo’llari” mavzusi bo’yicha 7b – sinfda an’anaviy metodda o’tilgan darsdan so’ng o’tkazilgan sinov natijalari
4 – jadval “Oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari mavzusiga oid masalalari yechish yo’llari”mavzusi bo’yicha 7a– sinfda an’anaviy metodda o’tilgan darsdan so’ng o’tkazilgan sinov natijalari
Xulosa. Shunday qilib, an’anaviy va tayanch sxemalarni qo’llab o’tilgan darslardan so’ng o’tkazilgan sinov natijalariga ko’ra talabalarning o’quv materialini o’zlashtirish ko’rsatkichlari ortdi ya’ni test sinovlarida 7b-sinf 70,2 % dan 73 % ga va 7a-sinf 75,8 % dan 77 % ga oshganini ko’rishimiz mumkin.
Har ikkala guruxda o’tkazilgan sinov natijalarini umumiy qilib olganim quyidagilardan iborat bo’ldi. Endi bu ikki natijadan o’rtacha natijani olishimiz mumkin, ya’ni, 7b- sinfda (70,2 + 73 % ) / 2 = 71,6 % natijani olamiz.7a-sinfda esa (75,8 + 77 %) / 2 = 76,4 % kelib chiqadi
Eksperiment o’tkazilgandan keyingi natijalarni o’zaro taqqoslab ko’ramiz
Bundan ko’rinib turibdiki, guruxlardagi o’quvchilarning foiz ko’rsatkichlari nisbati 74 % ni tashkil etmoqda.
Bitiruv malakaviy ishimizda ko’rib chiqilayotgan muammo – mavzuni zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash muammosini nazariy tahlil qilish va amalda sinab ko’rish gipotezani ilgari surish imkoniyatini berdi:
- bilimlar sifatini oshirish bilim va ko’nikmalarni mustahkamlash metodikalarini takomillashtirishga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir va uning mazmunini maxsus tashkil etishni taqozo etadi, ya’ni: zamonaviy pedagogik texnologiyalardan o’rnida foydalanish, mustaqil ishlar, o’qitishning produktiv va reproduktiv metodlaridan foydalanish;
- bilim va ko’nikmalarni mustahkamlashni yanada to’liqroq amalga oshirishga tayanch sxemalar, takroriy mashqlardan foydalanish imkon beradi.
XULOSA
Bitiruv maklaka ishini bajarish mobaynida oksidlanish – qaytarilsh reaksi- yalari haqida bilimlarning nazariy asoslari o’rganildi.
Oksidlanish -qaytarilish reaksiyasining asosiy qoidalari va eng muhim oksidlovchi va qaytaruvchilar hamda oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari turlari va oksidlanish –qaytarilish reaksiyasi borishiga muhit ta’siri bayon etildi.
3. Masalalar yechish metodlari va turlari haqidagi bilimlarning nazariy asoslari
o’rganilib, oksidlanish –qaytarilishni reaksiyalari tenglamalarini tuzishning
elektron balans va ion-elektron balans usullari asosida misollar yechimi.
4. Oksidlanish –qaytarilishni reaksiyasi tenglamasida miqdoriy hisoblashga
doir masalalar yechildi.
5. “Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarining tenglamalarini tuzish” mavzusi
bo‘yicha dars ishlanma tuzildi.
6. Pedagogik eksperiment o‘tkazib, uning tahlili bayon etildi va qyyidagi natijalar olindi. An’anaviy va tayanch sxemalarni qo’llab o’tilgan darslardan so’ng o’tkazil-gan sinov natijalariga ko’ra oquvchlarning o’quv materialini o’zlashtirish ko’rsat-kichlari ortdi ya’ni test sinovlarida 7b-sinf 70,2 % dan 73 % ga va 7a-sinf 75,8 % dan 77 % ga oshdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |