Olingan natijalar tahlili.
Oxirgi yillarda o’quv informatsiyasini qabul qilib olish borasida deyarli
revolyutsion o’zgarishlar ro’y berdi, ya’ni, berilayotgan informatsiyaning
hajmi va miqdori kolossal darajada o’sdi, vizual informatsiyaning va uni
uzatishning yangi turlari ishlab chiqildi. Texnik taraqqiyot va yangi vizual madaniyatning shakllanishi pedagoglar faoliyatiga qo’yiladigan talablarga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi, albatta.
“Vizualizatsiya” atamasi lotincha visualis – ko’rib qabul qilish, ko’rgazmali degan ma’nolarni beradi. O’quv informatsiyasini vizuallashtirish hozirgi zamonaviy pedagoglar faoliyatining ajralmas qismidir. Oxirgi yillarda olingan ilmiy natijalarga qaraganda informatsiyani ko’rish analizatori orqali yaxshiroq qabul qiluvchi odamlar, ya’ni “vizuallar”, “audiallar” va “kinestetiklar”dan ko’ra ko’proq ekan. Hozirgi zamon aviymaktab o’quvchilari ham bundan mustasno emas.
Yuqoridagilarni hisobga olsak, o’zlashtirilishi qiyin predmetlar sirasiga kiruvchi kimyo darslarida tayanch sxemalardan, modellardan, jadvallardan foydalanish hozirgi davr talabi ekanligiga shubha qolmaydi. Tayanch sxemalar o’quv materialini strukturalashga, uni ko’rgazmali namoyish etishga, asosiy momentlarni ajratib ko’rsatishga, umuman, predmetga qiziqishni kuchaytirishga imkon beradi.
Masalan, pedagogik eksperiment o’tkazish uchun maxsus ishlab chiqqan tayanch sxemalarimizda biz birxil shablon qo’llaganmiz, bu esa sxemani “o’qish”- da ma’lum algoritm ishlab chiqilishiga, uni yaxshi rasshifrovka qilishga, o’quvchi- ning o’quv informatsiyasini qabul qilishida yaxshi orientat siyalanishiga yordam beradi.
Anorganik kimyodagi barcha reaksiyalarni ikki turga bo‘lish mumkin:
1. Reaksiyaga kirishuvchi elementlarning oksidlanish darajasi o’zgarmay qoladigan reaksiyalar,
2. Oksidlanish darajasi o‘zgarishi bilan boradigan reaksiyalar.
Birinchi tur reaksiyalarga almashinish, parchalanish va birikish reaksiyalari misol bo‘la oladi. Masalan:
НСl+КОН=КСl+Н2O
CaCO3→CaO+CO2
Bu misollarda hech qaysi elementning oksidlanish darajasi o‘zgarmaydi.
Ikkinchi tur reaksiyalarga siqib chiqarish va boshqa reaksiyalar misol bo‘la oladi. Bunday reaksiyalar oksidlanish –qaytarilish reaksiyalari deyiladi. Ularda elektronlar bir atom yoki ionlardan ikkinchi atom yoki ionlarga o‘tadi.
O’ziga elektron biriktirib olgan atom, ion, molekulalar oksidlovchi deb, elektron yo‘qotadigan atom, ion, molekulalar qaytaruvchi deyiladi. Elektron biriktirib olish jarayoni–qaytarilish jarayoni deb, elektron berish jarayoni –oksidlanish jarayoni deyiladi.
Demak oksidlovchi qaytariladi, va qaytaruvchi oksidlanadi. Oksidlanish–qaytarilish bir-biriga bog‘liq jarayonlardir. Masalan:
|-2e-↓ |-2 e- ↓
1) Mg+Cl2= Mg2+Cl-2;
2) H02+Cu2+ O =H+2O+Cu
Bu reaksiyada magniy xlorga elektron berib qaytaruvchi, xlor bu
elektronlarni qabul qilib oksidlovchi, ikkinchi reaksiyada esa vodorod qaytaruvchi, mis ioni oksidlovchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |