O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI TIZIMI RAHBAR VA MUTAXASSIS XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
“XALQ TA’LIMI SOHASIDAGI MENEJERLIK KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH KURSIDA”
“Umumiy o‘rta ta’lim maktab direktorlari”
MALAKA ISHI
Mavzu
|
|
|
|
Malaka yo‘nalishi va guruhi
|
|
|
|
Ish joyi
|
Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 7-umumiy o’rta ta’lim maktabi
(viloyat, tuman (shahar), ta’lim muassasasi)
|
|
|
Tinglovchi FISH
|
|
2020 yil, iyun
|
Mavzu rejasi (mundarija)
|
|
|
Kirish ........................................................................................................
|
|
|
O'qituvchilik odobi predmeti va vazifalari.
|
|
|
|
O'zbek xalq pedagogikasi-o'qituvchi odobining bebaho manbai sifatida.
|
|
|
|
O'qituvchining axloqiy fazilatlari.
|
|
|
|
Pedagogik faoliayatning axloqiy jihatlari.
O'qituvchining muomala odobi.
|
|
|
|
Xulosa va tavsiyalar
|
|
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Kirish
Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga alohida e’tibor qaratilib, farzandlarimizning jahon andozalari darajasida zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallashi, jismonan va ma’nan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishi, ularning qobiliyat va iste’dodini, intellektual salohiyatini yuzaga chiqarish, yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat va fidoyilik tuyg‘ularini yuksaltirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2017-yil 7-fevraldagi "O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida"gi farmonida ijtimoiy soha, xususan, ta’lim va ilm-fan sohalarini takomillashtirish borasida qator vazifalar belgilangan.Hujjatda ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yangi ta’lim muassasalari qurish, mavjudlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash barobarida ularni zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, komputer texnikasi, o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash nazarda tutilgan. 2017-2021-yillarda xalq ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish dasturini ishlab chiqish, o‘quv dasturlarini yanada zamonaviylashtirish masalalari bo’yicha keng ko’lamli islohotlar nazarda tutilgan.Ta’lim sohasini isloh qilish, xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish orqali ta’limda kreativ yondoshuvga innovatsion texnologiyalardan foydalanish, ta’minlash asnosida o‘quvchilar bilimi samaradorligini oshirishimiz lozim. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning 29-aprel kuni "O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida"gi Farmonni imzoladi. Farmon bilan Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga oshirish uchun yo’l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta’lim tizimini rivojlantirishning quyidagi yo’nalishlarini belgilab berdi:
O’zbekiston Respublikasining 2030 yilga kelib PISA (The Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o’quvchilarni baholash dasturi reytingi bo’yicha jahonning birinchi 30 ta ilg’or mamlakati qatoriga kirishiga erishish;
uzluksiz ta’lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
o’qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish;
xalq ta’lim sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion loyihalarni joriy etish;
xalq ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va budjetdan mablag’ bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish;
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta’minlashda maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo’nalishlarini joriy etish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta’lim tizimida raqobat muhitini kengaytirish;
yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq etish;
xalq ta’lim tizimida faoliyat ko’rsatishning jozibadorligini oshirish maqsadida umumiy o’rta ta’lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to’lash, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich oshirib borish.
Farmonga ko’ra, konsepsiya tegishli davrga mo’ljallangan maqsadli parametrlar va yo’nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo’l xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.
Maktab ostonasiga birinchi marta qadam qo’ygan o’quvchining ruhiyatini bir ko’z oldingizga keltiring. Bola yetti yoshga kirguncha bu soniyani-maktabga borish, o’qituvchisi, tengdoshlari bilan uchrashishni qanchalar orziqib kutadi. Muallim, sinfdoshlari bilan yuzma-yuz bo’lish, birinchi muloqot bolada o’chmas taassurot qoldiradi, uning maktabga bilim egallashga munosabatini belgilaydi. Muallimning ochiq chehrasi, yaxshi muomalasi bola qalbida bir umrga muhrlanib qoladi.
O’quv yilini boshlash tashvishlari-yu, quvonchlari bilan band bo’lgan o’qituvchilar, tarbiyachilarning hammasi ham o’zlaridagi his-hayajonni to’g’ri boshqarib, o’quvchining ruhiy holatini ko’z oldiga keltirib muomala qilish zarurligini his etayotirlarmi? Pedagogik madaniyat, muomala odobi qoidalariga hamma ham amal qiladimi? Pedagogik amaliyotini muntazam kuzatish o’qituvchi odobining shakllanish sohasida ko’p yillar davomida o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, bo’lajak o’qituvchi, tarbiyachilar ijtimoiy-gumanitar, ixtisoslik, pedagogik-psixologik bilimlarni bir muncha mukammal o’zlashtirgan bo’lsalar ham, lekin kasb axloqining mavjud qonun-qoidalari, mezonlariga doir bilim, ko’nikma, malakalari juda kamligi har qadamda sezilib turadi. Bu esa pedagogik jarayonda qator chalkashliklar, xatoliklarga olib kelib, tarbiyaviy ishlarning ta‘sirchanligini pasaytiradi.
Ma‘lumki pedagogik jarayon juda murakkab bo’lib, turli sharoitlarda va turli ko’rinishlarda sodir bo’ladi. Unda takrorlanmas holatlar tez-tez uchrab turadi. Qoidalarni umumlashtirilib keltirilgan va tahlil etilgan professional- pedagogik axloqiy normalar va talablarni har bir pedagog bilishi, o’sha qoidalardan oqilona, ijodiy foydalanishi lozim.
Asosiy qism
Axloq ijtimoiy ong shakllaridan biri bo’lib, inson turmushining barcha sohalarida kishining hulqi, xatti-harakatlarini tartibga solib, boshqarib turuvchi, Vatanga, mehnatga, mulkka, odamlarga munosabatini bildiruvchi (yo’naltiruvchi) qonun-qoidalar,tamoyillar, yo’l-yo’riqlar,mezonlar, (normalar), pand-nasihatlar majmuidan iborat. Axloq umuminsoniy va milliy xarakterga ega bo’lib, kishilarning tarixan qaror topgan va har bir odam egallashi lozim bo’lgan axloqiy ideallari, orzu-umidlari to’g’risidagi tasavvurlar tushunchalari, bilimlari, qarashlarini o’z ichiga oladi.
Odob deganda rasm-taomil, xulq-odatlar majmui, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum taqozosi bilan turmush sharoitining alohida tarzi, an‘analari negizida odamlar o’rtasida paydo bo’ladigan muomala-munosabatlarning xususiyatlari tushuniladi. Odob kishilarning amaliy xatti-harakatlari, muomala-munosabatlari deb ham qaraladi. Axloq esa mazkur rasm-taomil, xulq-odatlarining bir qadar umumlashgan shakli bo’lib, ular pand-nasihatlar, qoidalar, normalar, talablar shaklida ifodalab berilgandir. Etika deganda axloq haqidagi fan, nazariyalar tushuniladi.
Shuni ta‘kidlash lozimki, odob va axloq tushunchalarini bir-biridan farq qilish msalasi hali uzil-kesil hal etilmagan. Ruscha-o’zbekcha lug’atlarda, o’zbek tilining izohli lug’atida, shuningdek, etika sohasidagi bir qancha asarlarda axloq-odob ba‘zan bir xil tushuncha deb ham qaraladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |