O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 54,59 Kb.
bet7/8
Sana22.06.2021
Hajmi54,59 Kb.
#73786
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
malaka ishi qarshi

Xulosa va tavsiyalar

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, bugungi kunda o’qituvchi, muallim, domla, ustoz, murabbiy degan so’zlarni xalqimiz samimiy hurmat, minnatdorchilik bilan tilga oladi. Bu, albbata, bejiz emas. Zero odam aqlini tanigandan boshlab kattalardan, bilimli, tajribali, kishilardan tarbiya, tahsil, odob o’rganadi. Inson yozuvni ixtiro qilgan qadim zamonlardan beri muallim yosh avlodga xat-savod, ilm-hunar o’rgatadi.

Hayotda endi kirib kelayotgan, kun sayin bo’y cho’zib, to’lishib, balog’atga yetib, atrofdagi narsa va hodisalarni, tabiat va jamiyat sirlarini bilib olishga zo’r ishtiyoq bilan intilayotgan bola uchun o’qituvchi “eng bilimdon”, “eng donishmand” kishi inson kamolotining oliy namunasidir. O’qituvchi-avlodlarni bir-biriga bog’lovchi “tilla halqa”, o’qituvchilik esa, boqiy kasbdir.
O’qituvchi jamiyatda juda muhim, ma‘suliyatli ish bajaradi. Muallimning mehnati shu bilan qadrliki, u odamni, uning, ma‘naviyati, dunyoqarashi, axloqiy e‘tiqodini shakllantiradi. O’qituvchidan ta‘lim olgan bola hayotda ishchimi yoki davlat arbobimi-kim bo’lib yetishmasin, o’zining sevimli muallimini, ta‘lim olgan maktabini minnatdorlik hislari bilan eslab turadi.
Darhaqiqat o’qituvchi axloq tarbiyasidir. U matematika yoki jamiyatshunoslikdan, biologiya yoki tarixda, fizika yoki adabiyotdan har bir fandan dars berayotganida, sinfdan-maktabdan tashqari, tarbiyaviy ishlarda o’quvchilarda turmushda zarur bo’ladigan bilimlarni o’rganish bilangina kifoyalanmaydi. U yoshlar ongida milliy g’urur, Vatanparvarlik, iymon e‘tiqod, halolik, mehnatsevarlik yaxshilik qilish, rost gapirish, mehr-oqibat, savol-uvol, halol bilan haromni farqlash kabi umuminsoniy va milliy qadriyatlarini, odob-axloq qoidalarini singdiradi; mustaqil O’zbekistonimizning buyuk kelajagini yaratishga, Vatanim, xalqim deb kuyib, yonib yashaydigan kishilar bo’lib ulg’ayishga da‘vat etadi. Pedagoglik odobiga doir bilim, ko’nikma va malakalarini; pedagogik axloqning qonuniyatlari va tarixiy ildizlarini; o’qituvchining axloqiy fazilatlari va pedagogik faoliyatning axloqiy xarakterini; muomala odobining o’ziga xos xususiyatlari, tamoyillari, qoidalari, talablari, mezonlarini puxta egallagan o’qituvchigina O’zbekiston Respublikasi rahbariyati ta‘lim-tarbiya sohasida maktablar, o’quv yurtlarini oldiga qo’yayotgan vazifalarni samarali bajara oladi.

O‘qituvchi – shunchaki kasb emas, balki butun umrini, taqdirini kelajak avlodni tarbiyalashga bag‘ishlagan qalb me’moridir. Barchamizga ma’lumki, azaldan o‘qituvchini hurmat qilgan jamiyat hamisha taraqqiyotga erishgan. Xalq o‘rtasida “ustoz otangdek ulug‘” iborasining tez-tez qo‘llanishi ham bejiz emas. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bu maqom yana o‘z o‘rniga qaytmoqda. O‘qituvchiga hurmat-e’tibor oshdi, ularning mavqeni yuksaltirish maqsadida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, berilayotgan imtiyoz va huquqlar, bildirilayotgan ishonch va hurmat tez orada o‘z samarasini beradi, albatta. O‘qituvchilar kelajagimiz bunyodkorlari hamda vorislari bo‘lmish yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga sidqidildan yondashib, fidoyilik bilan xizmat qiladi. Natijada, kelgusida yurtimizdan dunyo tan oladigan mutaxassislar yetishib chiqadi.

Uzluksiz ta’limda o`qituvchi pedagogik faoliyatning yuqoridagi komponentlaridan qanday foydalanishni, ya’ni ta’lim-tarbiya maqsadini to`g`ri qo`yib, subekt va obektni yangi pedagogik texnologiyalar asosida faollashtiradi hamda shunga mos vositalarni to'g'ri tanlay va qo'llay oladi. Aynan shundagina o`qituvchining kasbiy mahorati yuzaga chiqadi. Demak, o`qituvchining mahorati uning kasbiy pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishiga doir shaxsiy sifatlar majmui bilan belgilanadi. Bu sifatlarga o`qituvchining:



  • pedagogik bilimi;

  • pedagogik zakovati;

  • pedagogik qobiliyati;

  • pedagogik texnikasi kiradi.

O`qituvchining faoliyati asosan uchta obektga yo`naltirilgandir. Birinchidan, shaxs sifatida o`qituvchi faoliyatining o`z-o`ziga yo`naltirilganligi. Bunda o`qituvchining: - «Men» obrazi nazarda tutiladi, ya’ni o`qituvchi o`zining qanday inson ekanligini anglab etadi. Masalan, «Men juda qattiqqo`lman, shuning uchun bolalarga nisbatan e’tiborli va tuzimli bo`lishim kerak»,

- singari o`z nutai nazariga ega bo`lishi;

- mustaqil bo`lishi, ya’ni u uz kuchi va bilimiga ishonishi va uni takomillashtirib borishi lozim;

- psixologik va fiziologik salomatligi, o`z-o`zini himoya qila olishi. Bunda masalan, o`qituvchining darsda xis-xayojonlarini bartaraf etishi, darsni yuqori kayfiyat bilan olib borishi, har kanday sharoitda ham asab tolalarini saklagan xolda o`zining tetik holatini buzmaslik va x.k;

- o`z qadriga etishi, ya’ni o`zi va o`z kuchiga ishongan holda mohir o`qituvchi ekanligini anglashi;

- o`z mahoratini doimiy ravishda oshirib borishi.

Ikkinchidan, o`qituvchi faoliyatining boshqa shaxslarga, jumladan, o`quvchi shaxsiga yunaltirilganligidir. Bunda o`qituvchining:

- o`quvchilarga insonparvarlik nuqtai nazaridan munosabatda bo`lishi;

- o`quvchilarning ishonchiga kirishi; - o`quvchilarga turli xil vaziyatlarda yordam berishi;

- o`quvchilarni qo`llab-quvvatlashi; bir-birini tushuna bilishi;

- o`quvchining fikrlarini tulik yoritishiga sharoit yaratishi;

- o`z qobiliyatlari, imkoniyatlari va o`zligini anglashiga yordam berishi;

- hokimlik qilishi, ya’ni o`quvchilarni boshqara olishi;

- muloqotga kirisha olishi.

Uchinchidan, o`qituvchining o`z faoliyatiga yo’naltirilganligi. Bunda o`qituvchi o`zining pedagogik faoliyati jarayonida pedagogik jamoa orasida:

• o`z bilimi va tafakkurini oshirib borib, yangilik sari intilishi;

• samarali natijalarga erishishi;

• o`z faoliyatini samarali tashkil etishi;

• tajriba orttirishi;

• ish sharoitini yaratishi;

• ijod etishi.


Download 54,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish