Elektron davlat xizmatlari Qonunning 18-moddasida belgilab o‘tilgan. Unga ko‘ra, elektron davlat xizmatlari axborot va interaktiv davlat xizmatlari tarzida bo‘linadi.
Axborot davlat xizmati ariza beruvchilarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantirishga qaratilgan, davlat organining faoliyati to‘g‘risidagi axborotni e’lon qilish va boshqacha tarzda tarqatish yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatidir.
Interaktiv davlat xizmati ariza beruvchiga ariza beruvchi va elektron davlat xizmati ko‘rsatuvchi davlat organi o‘rtasida ikki tomonlama elektron hamkorlik yo‘li bilan ko‘rsatiladigan elektron davlat xizmatidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |