1. Xalq ta’limi tizimidagi axborot tizimlari va ta’lim portallarini belgilang:
№
|
Axborot tizimlari va ta’lim portallari veb manzillari
|
Xalq ta’limi tizimida
|
Bilmayman
|
Ha
|
Yo‘q
|
1
|
uzedu.uz
|
|
|
|
2
|
avloniy.uz
|
|
|
|
3
|
edu.uz
|
|
|
|
4
|
makala.avloniy.uz
|
|
|
|
5
|
eduportal.uz
|
|
|
|
6
|
lex.uz
|
|
|
|
7
|
xt.uzedu.uz
|
|
|
|
8
|
attestat.uzedu.uz
|
|
|
|
9
|
www.uz
|
|
|
|
10
|
my.gov.uz
|
|
|
|
11
|
kundalik.com
|
|
|
|
12
|
regulation.gov.uz
|
|
|
|
13
|
gov.uz
|
|
|
|
14
|
mfond.uz
|
|
|
|
15
|
masofa.uz
|
|
|
|
2. xt.uzedu.uz – Maktab ta’lim jarayonini boshqarish tizimi orqali siz rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasi to‘g‘risida ma’lumot oling.
a) Google Chrome brauzerini ishga tushiramiz va adres qatoriga xt.uzedu.uz ni yozib tizimga kiramiz:
b) Umumiy ma’lumotlar bo‘limi ustiga sichqonchaning chap tugmasini bosish orqali quyidagi sahifani ochamiz.
c) CHap tarafdan o‘zingiz hududingiz bo‘yicha tumanlar kesimida va muassasalar kesimida ma’lumotlarni olamiz.
d) Olingan ma’lumotni klaviaturadan Ctrl + S tugmalarini bosish orqali tashqi tashuvchi (fleshkaga)ga yoki kompyuter xotirasiga saqlang.
Vazifa: xt.uzedu.uz - Maktab ta’lim jarayonini boshqa-rish tizimidan hududingiz bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishib chiqing. Siz rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasada kadrlarga ehtiyoj mavjud bo‘lsa, tizimga login va parol orqali kirib, ular haqida ma’lumotlar kiriting.
Quyidagi “QR code” ni telefon yordamida o‘qitish orqali xt.uzedu.uz - Maktab ta’lim jarayonini boshqa-rish tizimi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
|
|
2. «Kundalik» avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimi (kundalik.com) bilan tanishib chiqing.
|
Siz rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasasida «Kundalik» avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimini joriy qilish bo‘yicha mavjud kamchiliklar va shart sharoitlar haqida fikrlaringizni keltirib o‘ting:
|
«Kundalik» avtomatlashtirilgan ta’lim axborot tizimi(kundalik.com)ni joriy etishdagi
kamchiliklar va shart sharoitlar
|
|
SHart sharoitlar
|
Kamchiliklar
|
1
|
|
|
2
|
|
|
3
|
|
|
4
|
|
|
5
|
|
|
3. Xalq ta’limi vazirligi axborot ta’lim portali (eduportal.uz )dan fanga oid videodarslarni Yuklab olish.
|
eduportal.uz - axborot ta’lim portalidan Informatika faniga oid videodarslarni yuklab oling.
|
a) Google Chrome brauzerini ishga tushirib adres qatoriga eduportal.uz ni yozib tizimga kiramiz va “Fanlarga oid videodarslar” bo‘limiga kiramiz.
b) “Informatika” faniga oid videoroliklarni qidirish uchun “Fan” bo‘limidan “Informatika” fanini tanlab olamiz va “Saralash” tugmasini bosamiz
c) Natijadan kerakli videorolikni tanlab, ustiga bir marta sichqonchaning chap tugmasini bosamiz.
d) Videodarslikni Yuklab olish uchun “Yuklab olish” tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi.
4. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasidan ta’lim sohasiga oid me’yoriy hujjatlarni qidirib, tashqi tashuvchilar(fleshka)ga yuklash. (3907, 5538, 5712, 5812, 823)
a) Brauzerni yuklang (Internet Explorer, Google Chrome, Opera, Mozilla).
b) Brauzerning adres qatoriga “lex.uz” veb manzilini kiritib qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasini ochamiz:
Меъёрий ҳужжат рақами
c) Hujjat raqami orqali qidiramiz. Buning uchun me’yoriy hujjat raqami (misol uchun “5538”) ni “Hujjat raqami” bo‘limiga kiritib, “izlash” tugmasini bosamiz.
d) Izlash natijasidagi ro‘yxatdan o‘zimizga keraklisining ustiga sichqonchani chap tugmasini bosish orqali me’yoriy hujjatni ochamiz.
e) Me’yoriy hujjatni chop(pechat)qilish, quyidagi belgilar orqali PDF yoki WORD ko‘rinishida saqlab olishimiz mumkin.
PDF ёки WORD
кўринишида сақлаш
f) Yuklab olingan faylni “Файл - > сохранить как” orqali tashqi tashuvchilar(fleshka)ga Yuklab olamiz.
Vazifa: Xuddi shunday 5712, 5812, 823 raqamli me’yoriy hujjatlarni “Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi”dan fleshkaga Yuklab oling.
Quyidagi “QR code” ni telefon yordamida o‘qitish orqali www.lex.uz portali bo‘yicha ma’lumot olishingiz.
|
|
5. QR kod dasturi va ular bilan ishlash
Zamonaviy texnologiyalarni ta’lim sohasiga, o‘quv jarayonlariga joriy etish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ana shunday texnologiyalardan biri QR kod bo‘lib, u maxsus tarzda kodlangan qandaydir bir ma’lumot, kvadrat ko‘rinishidagi tasvir. Bu oddiy matn, internet manzili, telefon raqami, ma’lum bir joyning joylashgan o’rni va boshqa shu kabilar bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda kameraga ega zamonaviy telefonlar kvadrat ko‘rinishidagi tasvir ostida yashiringan ma’lumotlarni oson o‘qish imkoniyatini bermoqda. Buning uchun telefon kamerasini QR - kodga yo‘naltirgan holda, unda kodlangan ma’lumotga ega bo‘lishimiz mumkin.
QR - kod – inglizcha “Quick Response” so‘zlaridan olingan bo‘lib, “tezkor javob” (bыstrыy otklik) ma’nosini beradi. Ushbu tizim 1994 yilda YAponiyaning Denso-Wave kompaniyasi tomonidan yaratilgan.
Hozirda QR - kodni o‘qish uchun juda ko‘p dasturlar mavjud. QR kod o‘qiydigan dasturni telefonga o‘rnatish uchun qidiruv tizimiga “QR code” ni kiritib intenet tarmog‘idan Yuklab olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |