3.2-rasm. SmartArt obyekti ko‘rinishi.
Doiralar ko‘rinishlarini 3.2-rasmdagi singari ellips shakliga keltirish uchun doiralarni Ctrl klavishasini bosib turgan holda belgilab, rasm o‘lchamini o‘zgartirish markerini sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda o‘ng tomonga siljiting;
Ellipslar ichini yashil rang bilan to‘ldirish uchun menyuning Формат lentasi Стили фигур panelidagi Заливка фигуры tugmasini bosib, ochilgan ranglar ro‘yxatidan yashil rangni tanlang;
SmartArt sxemasidagi bosh doira ichiga General Motors korporatsiyasi logotipini qo‘yish uchun ko‘rsatkichni doira ichidagi rasm piktogrammasiga keltirib, sichqoncha chap tugmasini bosing;
Ochilgan Вставка рисунка muloqot oynasida logotip faylini tanlab, Открыть tugmasini bosing. Logotip rasmi o‘lchamlarini doira ichiga joylashtirish zarur bo‘lsa, uni o‘zgartiring;
Taqdimotga bir necha yangi slaydlar qo‘shing;
Uchinchi slayd sarlavhasi sifatida “Avtomobillar narxlari” matnini kiriting;
Текст слайда ramkasi ichiga avtomobil narxlari haqidagi quyidagi jadvalini kiriting:
Do'stlaringiz bilan baham: |