O‘zbekiston respublikasi xalq ta'limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti


Ushbu tizim orqali quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirish mumkin



Download 11,46 Mb.
bet22/105
Sana18.02.2022
Hajmi11,46 Mb.
#454326
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105
Bog'liq
3.4. Бошқарувда АТ УМК ТБАТ 2020

Ushbu tizim orqali quyidagi faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshirish mumkin:


  • Maktab ta'limini modernizatsiya qilish;

  • Ta'lim jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) integratsiyasi;

  • «O‘qituvchi – o‘quvchi – ota yoki ona» interaktiv kommunikatsiyasini rivojlantirish;

  • Axborot almashinishning yagona muhitini joriy etish;

  • Maktab ekotizimini yaratish va xizmat ko‘rsatish;

  • Masofaviy ta'lim uchun imkoniyatlarini yaratish.

Maktab sahifasi
Kundalik tizimida ta'lim muassasasining biznes kartasi: ma'muriyat xodimlari, aloqa uchun ma'lumotlar, yangiliklar, huquqiy va boshqa hujjatlar, e'lonlar, fotogalereya va forum. Maktab sahifasi va uning bo‘limlarini ommalashtirish uchun sozlash mumkin.
Dars jadvali va darslar
Dars jadvalini oson va tushunarli qilib kiritish. Almashtirish, ko‘chirish va bekor qilishlarni ko‘rsatish. Bir vaqtning o‘zida sinf bo‘yicha bir haftalik dars jadvalini, butun hisobot davri yoki barcha o‘qituvchilar bo‘yicha dars jadvali setkasini ko‘rish yoki chop etish.
Elektron jurnal
Odatiy qog‘oz jurnalining standart turi va bir qator qo‘shimcha ko‘rinishlari: kunlik jurnal, haftalik jurnal, dars sahifasi Ma'muriyat baholash tizimlarini va darslarda ish turlarini tanlashi mumkin. Jurnalning barcha ko‘rinishlari rangli va oq-qora variantlarda mavjud. O‘qituvchi har qanday darsga sharhlar va qo‘shimcha materiallar qo‘shishi mumkin.
Uy vazifalarini boshqarish
Uy vazifalarini boshqarish interaktiv moduli uy vazifalarini butun sinfga yoki alohida o‘quvchilarga berish, turli xil sinflar uchun ulardan nusxa olish, ularga fayllar qo‘shish va bajarilish jarayonini nazorat qilish imkonini beradi.
Hisobotlar
Standart qaydnomalarni va ta'lim muassasasining hisobotlarini hamda qo‘shimcha ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan to‘liq statistika. Oldin qo‘lda to‘ldirilgan maktab hisobotlari endi avtomatik ravishda shakllantiriladi. Barcha ma'lumotlar haqiqiy vaqt rejimida yangilanadi.
Xalq ta'limi vazirligining 2019 yil 28 oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Internet jahon axborot tarmog‘ida milliy kontentni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 21-oktyabrdagi 888-son qarori ijrosini ta'minlash haqida”gi 343-son buyrug‘iga binoan quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan:

  1. Elektron axborot ta'lim web-resurslarini yaratish va ularga Internet jahon axborot tarmog‘i orqali ommaviy kirish imkoniyatini taqdim qilish.

  2. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha mustaqil ravishda o‘quv kursidan o‘tish imkoniyatini beruvchi veb-portalni yaratish.

  3. Umumta'lim muassasalarida “Informatika” fani dasturi va o‘qitish metodologiyasini ilg‘or xorijiy tajribani inobatga olgan holda qayta ko‘rib chiqish.

  4. Ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, Internet jahon axborot tarmog‘ida axborotni yoritish orqali aholi o‘rtasida xalq ta'limi faoliyati sohasiga taalluqli media-resurslarni targ‘ib qilish.

  5. Interaktiv materiallar va dasturlar bilan to‘ldirish orqali “Elektron akademiya” (www.e-academy.uz) web-portalini rivojlantirish hamda uni ommalashtirishga ko‘maklashish.

  6. “Sport bolalar nigohida” multimedia web-portalini yaratish.

  7. Internet jahon axborot tarmog‘ining UZ domenida foydali ta'limiy-ma'rifiy va mavzuli web-resurslarni yaratuvchi mualliflar va dasturchilarni rag‘batlantirish maqsadida bolalar va o‘smirlar uchun yaratilgan Internet-loyihalar respublika tanlovini o‘tkazish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2019 yil 20 noyabrda qabul qilingan “Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va Internet jahon axborot tarmog‘idan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 921-sonli Qarori ijrosini ta'minlash uchun quyidagi chora-tadbirlar bajarilishi belgilangan:

  1. Umumta'lim maktablari o‘qituvchilarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish maqsadida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarida malaka oshirish kurslarini tashkil etish;

  2. Umumta'lim maktablarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi o‘quv qo‘llanmalar bilan ta'minlash;

  3. Umumta'lim maktablarida lokal hisoblash tarmoqlarni tashkil etish.

Umumta'lim maktablari uchun yaratilgan yangi turdagi darsliklardan (“O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi” - 8-sinf, “Texnologiya” – 8-sinf, “Konstitutsiyaviy huquq asoslari” 9-sinf) foydalanish samaradorligini oshirish uchun QR-kodlar yordamida elektron kitoblar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni joylashtirish va ularni mobil qurilmalarga yuklab olish hamda o‘qish imkoniyatlari yaratildi.

Download 11,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish