1 Kilobayt (Kb) = 1024 bayt = 210 bayt,
1 Megabayt (Mb) = 1024 Kb = 220 bayt,
1 Gigabayt (Gb) = 1024 Mb = 230 bayt.
Keyingi paytlarda qayta ishlanadigan axborot hajmi ortib borishi munosabati bilan axborotning katta o‘lchov birliklari ham kiritildi:
1 Terabayt (Tb) = 1024 Gb = 240 bayt,
1 Petabayt (Pb) = 1024 Tb = 250 bayt,
1 Eksabayt (Eb) = 1024 Pb = 260 bayt,
1 Zettabayt (Zb) = 1024 Eb = 270 bayt,
1 Yottabayt (Yb) = 1024 Zb = 280 bayt.
Axborot jarayoni – axborot ustida bajariladigan amallar yoki amallar ketma-ketligidir. Axborotni yaratish, yig‘ish, ishlov berish, to‘plash, saqlash, izlash, tarqatish va iste'mol qilish bular axborot jarayoniga taaluqli amallardir.
Axborotlashtirish - yuridik va jismoniy shaxslarning axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun axborot resurslari, axborot texnologiyalari hamda axborot tizimlaridan foydalangan holda sharoit yaratishning tashkiliy ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy jarayoni.
Axborot resursi – bu axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma'lumotlar banki, ma'lumotlar bazasidan iborat.
Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko‘p qirrali obekt sifatida namoyon bo‘lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin:
− axborotlarning mazmuni;
− axborotga bo‘lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki;
− jismoniy shaxs mulki;
− axborotlarga kirish imkoniyatlari bo‘yicha: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir;
− axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, tarkiblashtirilgan ma'lumotlar – ma'lumotlar bazasi, ma'lumotlar banki.
Axborot texnologiyasi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlardir.
Axborot texnologiyalari (AT) infrastrukturasi - tashkilot axborot texnologiyalaridan birgalikda foydalaniladigan resurslar portfelini ta'minlovchi kompyuter qurilmalari, dasturiy ta'minot, ma'lumotlar va tarmoqlar.
Kommunikatsiya lotincha communicatio so‘zidan olingan bo‘lib, aloqa ma'nosini anglatadi. Kommunikatsiya - axborot uzatish, muloqot qilish, bog‘lash vositasi.
Kompyuter tarmog‘i - aloqa kanallari orqali o‘zaro bog‘langan kompyuterlar majmui.
Internet (inglizcha Interconnected Network – ma’nosi o‘zaro tarmoqqa ulangan tarmoqlar) – turli mamlakatlardagi millionlab foydalanuvchilar kompyuterlarini birlashtiruvchi butunjahon tarmog‘idir.
Axborot tizimi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, texnologiyalar va aloqa vositalari.
Web sahifa - HTML formatida tayyorlangan maxsus fayl ko`rinishidagi elektron hujjat.
Web-sayt - Internet tarmog`ida yagona adresga ega bo`lgan shaxsning yoki tashkilotning o`zaro bog`liq bo`lgan Web-sahifalarining tugallangan majmuasi.
Web-portal - Turli xil interaktiv servis xizmatlari hamda manbalar asosida personallashtirilgan ma’lumotlarni taqdim etuvchi web-sayt.
Elektron hukumat (e-government) tizimi – ma’lumotlarni elektron ko’rinishda qayta ishlash, uzatish va tarqatish asosida davlat boshqaruvini amalga oshirish tizimidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |