O‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi a. Avloniy nomidagi xalq ta’limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti



Download 122,74 Kb.
bet25/30
Sana30.12.2021
Hajmi122,74 Kb.
#89127
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
Kosimova Durdona Avazovna

Jamoa bo’lib keys ustida ishlash

  1. Guruhlar taklif qilgan yechimlar variantlarining muhokamasi;

  2. Taklif etgan yechimlaming o’zaro baholanishi;

  3. Taklif etilgan yechimlarning hayotiyligi va amlaga oshirilishi mumkinligiga birgalikda (o’quvchi va o’qituvchi) baho berilishi ham mumkin.

Keysning boshqa muammoli vaziyatlardan asosiy farqi shundaki, keysda muammo hayotiy va real bo’ladi, bunda muammoni muallimning o’zi o’ylab topadi. Mazmunga ko’ra keyslarni ta’limiy, amaliy, tadqiqotga oidturlarga ajratish mumkin. Keysni tahlil qilish uchun yordamchi axborotlar talabalarning analitik fikrlashlari uchun xizmat qiladi. Aniq vaziyatlarni sintez qilish, ulami bir-biri bilan taqqoslash esa talabalarni global fikrlashga undaydi. Keysning o’ziga xos xususiyati uning ’’Muhokama yechimdan ham muhim” tamoyiliga asoslanishidir. Aynan shu nuqtada talabalarda bilim, ko’nikma va malakalarni tarkib toptirishga ahamiyat berilishi kerak bo’ladi. Keyslar o’z navbatida vaziyatli, rolli o’yinlar, muzokaralar tahlili ko’rinishida va sahna ko’rinishida bo’lishi mumkin. Keys bilan ishlash davomida talabalar kichik guruhlarga bo’linadi va keys quyidagi bosqichlarda shakllantiriladi:

  1. Keys bilan tanishtiriladi, maqsad o’rganiladi.

  2. Muammolarga ajratiladi, muhokama qilinadi, tushunish zaruriyati topiladi.

  3. G’oyalar yig’iladi, alternativ fikrlashga o’rgatiladi.

  4. Taqdimo’llar qilinadi.

  5. Yechim va tavsiyalar beriladi.

Keys albatta natija bilan tugallanishi shart bo’ladi, zero innovatsion pedagogik

texnologiyaning aosiy xususiyati ham uning kafolatli natijaga erishganligidadir.

Keysni mashg’ulot turidan qat’iy nazar, fanning mazmun va mohiyatidan kelib

chiqib, didaktik prinsip va qoidalarni hisobga olgan holda qo’llanadi va bu

talabalarda psixologik to’siqni olib tashlashga xizmat qilishi muqarrardir.

Zamonaviy metodlar yoki interfaol usullar, o'qitishning samarasini

oshirishga yordam beruvchi texnologik treninglar o'quvchi talabalarda mantiqiy,

ijodiy, tanqidiy, mustaqil fikrlashni shakllantirishga, qobiliyatlarini

rivojlantirishga, yetuk mutaxassis bo'lishlariga hamda mutaxassisga kerakli

bo'lgan kasbiy fazilatlarni tarbiyalashga yordam beradi. Hozirgi zamon ta’lim

tizimida, ayniqsa, chet tillarini o’qitishda turli xildagi zamonaviy pedagogik texnologiyalardan unumli foydalanib, ulkan natijlarga erishilmoqda.

Zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar sirasiga hozirda bizning fan dunyomizda urf bo’lgan metod ’’KLASTER” metodini misol keltirishimiz mumkin. Bu metoddan nafaqat chet tili darslarida balki, umuman ta’lim jarayonida keng foydalanishimiz mumkin. Ushbu metod dars mavzusining talaba-yoshlar ongida chuqurroq muhrlanishi uchun katta xizmat qiladi. Klaster so’zi “tutam”, “bog’lam”- axborot” degan ma’noni bildiradi. Klaster ya’ni, fikrlarni tarmoqlash- bu pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarning biron bir mavzuni chuqur o’rganishlariga yordam berib, mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bogTangan holda tarmoqlashlariga o’rgatadi. Klaster bog’lamlardan iborat. Klaster metodi bilimlarni faollashtirishga yo’naltiradi, fikrlovchi jarayonga mavzu bo’yicha yangi assosiativ tasawurni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi, o’quv mashg’ulotining hamma bosqichlarida qo’llaniladi. Bu metod fikrlarning tarmoqlanishi bilan ham bog' liq.



Tarmoqlar metodi” (Klaster)- fikrlarning tarmoqlanishi - bu pedagogik strategiya bo'lib, u talabalarni biron bir mavzuni chuqur o'rganishlariga yordam berib, ularni mavzuga taalluqli tushuncha va aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog'lagan holda tarmoqlashga o'rgatadi. Bu metod biron mavzuni chuqur o'rganishdan awal o'quvchilarning fikrlash faoliyatni jaddallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, o'tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o'zlashtirish, umumlashtirish hamda o'quvchilarni shu mavzu bo'yicha tasawurlarini chizma shaklida ifodalashga undaydi.

K


quyidagicha tushuntirish mumkin:

laster metodi orqali olmon tili dars mavzularini o’quvchi-talabalarga tez va oson yetkazish mumkin. Bu metodning afzallik tarafi shundaki, bu metoddan nafaqat chet til darslarida balki boshqa darslarda ham unumli foydalanish mumkin. Bunda Klaster bogTamlari orqali o’tilayotgan mavzu mohiyati ochib beriladi. Masalan: Yangi o’rganishni boshlagan A1 darajadagi o’quvchilar uchun “Salomlashish” mavzusini olmon tili darslarida bu metod orqali





Hozirgi paytda ta’lim tizimimizni zamonaviy ped texnologiyalarsiz tasavvur eta olmaymiz. Ta’lim tizimimizning asosiy bog’ini bu ’’o’qituvchi- muallim” hisoblanadi. O’qituvchilik faoliyati ko’p qirrali, o’qituvchi kasbi esa o’ta mas’uliyatli kasbdir. Ta’limdagi samaradorlik esa ko’p jihatdan uning bilimi, kasbiy mahorati va ijobiy imidjiga bog’liq. Xo’sh, yaxshi o’qituvchi bo’lish uchun nima qilish kerak? O’qituvchi faoliyatining eng muhim qismi dars bilan bog’liq. Eng awalo, darsni shunday tashkil qilish kerakki, undan talabalar rohatlansinlar, vaqtning qanday o’tganini sezmay qolsinlar. Buning uchun esa, ular darsda faol bo’lishlari, ularda mavzuga nisbatan qiziqish, o’qib o’rganishga nisbatan istak-xohish bo’lishi kerak. Malakali o’qituvchi o’z fanini yaxshi bilishi, o’rganilayotgan mavzuni qiziqarli misollar yordamida tushuntirib, ko’rgazmali qurollarni o’z o’mida, maqsadli foydalangan holda namoyish qila bilishi, shu bilan birga chet til o’qitish metodologik asoslaridan yaxshi xabardor bo’lishi, turli yoshdagi kishilarga chet tili o’rgatishni turli zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida olib borishi lozim. O’qituvchining shaxsi, ijobiy imidji va kasbiy faoliyati bilan bog’liq yuqorida qayd etilgan sifatlardan tog’ri va maqsadga muvofiq foydalana olish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi paytda ta’lim samaradorligini oshirishdagi muhim omillardan biri texnik vositalardan foydalanishdir. Bu esa, o’z navbatida, til o’rganishga nisbatan qiziqishni va o’tilayotgan darslaming sifatini oshiradi, о’quvchilaming dars jarayonidag faolligini ta’minlaydi. Ta’lim jarayonida usullar to’g’ri tanlansa, ko’zlangan natijaga qisqa yo’l bilan erishish mumkin. Ta’lim-tarbiya soxasining to'xtovsiz takomillashib borishi, o'quv darslarini pedagogik innovatsiyalar asosida tashkil etish oliy ta’lim muassasalari oldida turgan dolzarb vazifalardan bo'lib uni muvaffaqiyatli amalga oshirish oliy ta’lim professor—o’qituvchilari oldida turgan muhim vazifalardan hisoblanadi.

Hozirga kelib pedagogik amaliyotida shunday ta’lim modellari yaratildiki, ular ma’lum sharoitlarda va belgilangan vaqt ichida ko’zlangan ta’limiy maqsadlariga erishishni kafolatlash bunga keng imkoniyatlarni ochib beradi. Bunday ishlarni amalga oshirish turli chet tillarni o’rgatishda ham samarali natijalarni berishi shubxasizdir.

Pedagogik jarayon sifatida ta’lim-tarbiya bir butun tizim deb ataladigan bo’lsa, uni tashkil etuvchi tarkibi quyidagilardir: Ta’lim maqsadi, kutilayotgan natijalar, ta’lim beruvchi- o'qituvchi va bilim oluvchi-o'quvchi va ularning o'zaro birgalikdagi faoliyati, ta’lim tamoyillari, ta'lim mazmuni, metod, shakli,

vositalari, nazorat va baholash mexanizmlari.

Ta’lim berish jarayoni murakkab, ziddiyatli jarayon bo'lib, o'qituvchidan kuchli bilim, kasbiy mahorat, tashkilotchilik qobiliyati va tinimsiz izlanishni talab etadi. Har bir o'qituvchining o'z oldiga qo'ygan didaktik maqsadiga erisha olishi uning kasbiy mahoratiga, samara beradigan ta’lim shaklini tanlay olishiga, ta’lim vositalaridan unumli foydalana bilishiga, eng muhimi, o'qitish usullarini o'rinli qo'llay olishiga bog'liqdir. O’qitish usullarini tog’ri qo’llay olinsagina, ta’lim samaradorligi kuchayadi. Kelajakdagi ko’zlangan maqsad sari shahdam qadamlar ham aynan shu ta’lim dargohidan boshlanadi.

Ta’lim tizimizga juda ko’p zamonaviy texnoogiyalar kirib keldi. Ammo ulami qaysi paytda, qanday mavzuda foydalanish bu, o’qituvchining zukkoligi, izlanuvchanligiga borib taqaladi. Olmon tili darslarida zamonaviy pedagogik axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o’rni va ulardan foydalanish ham bundan mustasno emas. Zamonaviy pedgogik texnologiyalardan “KEYS STADI” va “KLASTER” metodlarining samarasi bu borada beqiyosdir. Aynan “KEYS STADI” metodi olmon tili darslaridagi muammoli mavzularda qo’llanilsa, mavzuning, muammoning yechimi tez va oson topiladi. Bu metod qo’llanganda o’quvchi-yoshlar mustaqil fikr yuritishga harakat qiladilar. Ushbu metodni global muammoga aylangan, “Umweltschutz”, ’’Osonloch und seine negative Wirkung fuer das Leben der Menschheit” kabi mavzularda foydalanish mumkin. Bu metod orqali talabalarning dunyoqarashi, o’z fikrini isbotlay olish ko’nikmasi, bilim, fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Bundan tashqari “KLASTER” metodidan barcha mavzulami muhokama qilish jarayonida foydalanilsa darsning sifati yuqori bo’ladi.

CEFR (Common European Framework of Reference for Languages – Umumiy Yevropa Til  Ko’nikmasi Qolipi) tizimi butun Yevropa bo’ylab ishlatiladigan tillarni o’rganish, o’rgatish va baholashga doir masalalarni o’z ichiga oladi. Bugungi kundagi globallashuv va zamonaviy texnologik vositalar yordamida odamlarning bir-birlari bilan oson aloqa o’rnatishlari natijasida CEFR tizimi nafaqat Yevropada, balki Kolumbiya va Filippin kabi davlatlarda ham keng tadbiq etilayapti. O’zbekistonda ham Prezidentning 2012-yildagi Qaroridan so’ng ingliz tilini o’rganish va o’rgatishga bo’lgan talab sezilarli darajada ko’tarildi hamda buning natijasi o’laroq yangi, milliy NSFLA tizimi CEFR asosida tashkil etildi.

Tizimning tashkil etilish tarixi Yevropaga ish izlab keluvchilar sonining ortishi bilan bog’liq. XX asrning o’rtalarida Yevropada ishlab chiqarish taraqqiy eta boshlagan va yangi ish o’rinlari yaratilib, ko’proq ishchi kuchiga talab orta borgan sari, Yevropaga ish izlab keluvchi va bu yerda butunlay yashab qolish niyatida tashrif buyurayotganlar soni ortib bordi. O’sha vaqtda Yevropada Ispan, Nemis, Fransuz va Italiyan tillaridan tashqari Ingliz tili ham keng miqyosda ishlatilardi. Yevropaga yashab qolish uchun kelayotganlar Yevropaning mahalliy aholisi bilan bemalol, muammosiz gaplasha olishlari kerak edi.

Shuning uchun Yevropaga ishlash uchun kelayotganlar mahsus imtihonlar topshirishlari kerak bo’lgan. CEFR tizimiga asoslangan imtihonlar dastlab Yevropada amal qiladigan barcha tillar bo’yicha olingan bo’lsa-da, bugungi kunda CEFR tizimidan eng ko’p hollarda ingliz tilini o’qitish, o’rganish va baholashda foydalanilayapti. Chunki butun dunyo ingliz tilida gaplashayapti va bu til birinchi raqamli jahon tiliga aylanib ulgurgan.

CEFR tizimi Yevropa Konsulligi tomonidan 1989-1996 yillarda amal qilgan “Language Learning for European Citizenship” (“Yevropa Fuqaroligi uchun Til O’rganish”) dasturining tarkibiy qismi sifatida to’liq mukammallashtirilgan. 2001-yilning noyabr oyidan boshlab esa CEFR Yevropa tilllarini bilish darajasini baholashda asosiy me’zon sifatida qabul qilingan.

CEFR tizimi tillarni bilish darajasini uchta: A, B va C guruhlarga ajratgan holda baholaydi. CEFR darajalari sifatida berilgan baho quyidagilarni anglatadi:

A1 va A2 darajalar – tilni endi o’rganayotgan, boshlang’ich bosqichdagi foydalanuvchi,

B1 va B2 darajalar – tildan erkin foydalana oladigan, o’rtachadan yuqori darajadagi foydalanuvchi;

C1 va C2 darajalar – tilni mukammal darajada biladigan foydalanuvchilar

CEFR imtixoni IELTSdan farqli o’laroq 5ta bo’limdan iborat. Ular:


Download 122,74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish