O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vaziriligi qo’qon davlat pedagogika instituti



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi0,69 Mb.
#218772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
neftdan azotli asoslarni ajratish va tadqiq etish masalalari

Kirish  

 

Neft  eng  muhim  energetik  manbalardan  bo’lishi  bilan  birga  sanoatning 



boshqa  yo’nalishlari  uchun  undagi  boy  komponentlar  muhim  hom  ashyo 

hisoblanadi.  Bu  komponentlarni  tarkib  jihatdan  tadqiq  etish  va  guruhlash  hamda 

individual  tarzda  ajratib  olish    neft  tarkibining  o’ta  murakkabligi  bilan  bog’liq 

bo’lib, tadqiqotchidan chuqur  bilim, yuqori malaka  va doimiy izlanishda bo’lish 

taqozo etiladi. SHu sababli neftni o’rganilmagan jihatlariga yosh mutahasislarning 

jalb etilishi bu sohaga qiziqish ortib borayotganligini tasdiqlaydi. 

 

O’zbekiston  Respublikasida  er  usti  va  er  osti  boyliklaridan  oqilona 



foydalanishga  e’tibor  kuchaytirilgan,  lekin  oqilona  foydalanish  to’la  yo’lga 

qo’yilmayotgan  hom  ashyolardan  biri  neftning  yuqori  temperaturada  qaynovchi 

fraktsiyalari  bo’lib,  ulardan  asosan  ikkilamchi  maqsadlarda  foydalanib 

kelinmoqda. Bunday fraktsiyalarni tadqiq etishning samaradorligini oshirish motor 

yoqilg’ilari, surkov moylari va  neft ximiyaviy sintezi zahirasining oshishiga olib 

keladi. 


 

Bu masalalarni hal etish uchun qayta ishlashning ikkilamchi usullarini, ya’ni 

gidrokreking  va  gidrotozalashni  takomillashtirishdan  lozim.  Neftning  yuqori 

temperaturada  qaynaydigan  fraktsiyalarida  geteroatomli  birikmalar,  smolasimon-

asfalьten  moddalarning  asosiy  massasi  to’plangan  bo’ladi,  bu  moddalar  qayta 

ishlash  jarayoniga  va  mahsulot  sifatiga  salbiy  ta’sir  ko’rsatadi.[1,2]  Ular  katalitik 

zahar  va  havo  bilan  ta’sirlashishi  natijasida  tez  smola  hosil  qiluvchi  moddalar 

hosoblanadi.  SHu  bilan  birga  ular  intsektitsid[3],  fungitsid[4],  o’sish 

stimulyatorlari,  antioksidlovchi,  oltin,  platina,  palladiy  uchun  selektiv  ekstragen 

hossalariga ega. 

 

Bulardan  tashqari  geteroatomli,  hususan  azotli  asoslarning  tabiatini  bilish 



ularning  neftdagi  uglevodorod  komponentlari  bilan  munosabatini,  tabiiy  faktorlar 

ta’sirida  tarkib  va  tuzilishning  o’zgarish  qonuniyatlarini  aniqlash  imkoniyatini 

beradi, bu esa neft genezisi muammolarini hal etishga olib keladi. 

Yuqorida bayon qilingan holatlar mavzuning dolzarb ekanligini tasdiqlaydi. 




 

Mavzuning o’rganilganlik darajasi. 



Yuqori  fraktsiyalarda  azotli  asoslar  tarkibining  murakkabligi  uni  neftning 

quyi  fraktsiyalarini  o’rganishda  qo’llanilayotgan    usullar  bilan  tadqiq  etishni 

qiyinlashtiradi.  SHu  sababli  neftning  yuqori  temperaturada  qaynovchi 

fraktsiyalaridagi  azotli  asoslarni  tadqiq  etishda  guruhlarga  to’plash  va  ularning 

tarkibini tekshirish bilan chegaralanmoqda. 

 

Farg’ona  tovar  neftining  320-400



o

C  da  qaynovchi  yuqori  fraktsiyasining 

azotli  asoslari  etarli  darajada  o’rganilmaganligi  va  undagi  oltingugurt,  azotli  

birikmalar  miqdoriga  ko’ra  tadqiqot  ob’ekti  sifatida  olindi.  Ushbu  tadqiqotlardan 

maqsad  neft  azotli  asoslarini  tadqiq  etishning  kompleks  tizimini  ishlab  chiqish 

hamda  takomillashtirilgan  kislotali  ekstraktsiya  usulida  ularni  ajratib  olib  kichik 

fraktsiyalarga 

bo’laklash,  shuningdek  azotli  asoslarni  yupqa  qatlam 

hromatografiyasi  usulida  tadqiq  etishning  shart-sharoitlarini  model  birikmalarda 

yaratish  va  ularning  tuzilishini  gidrogenoliz  jarayonlari  yordamida  o’rganishdan 

iborat. 

Ishning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:  

 

-adabiyotlar  va  ilmiy  manbalarni  o’rganish  va  tahlil  etish  natijasida  neft 



yuqori fraktsiyalari azotli asoslarning tadqiq etish tizimini ishlab chiqildi; 

-o’tkazilgan  tadqiqotlar  natijasida  neftdan  azotli  asoslarni  kislotali 

ekstraktsiya  usulida  ajratib  olish  usuli  takomillashtirildi  va  samarasi  oshirildi. 

Ajratib  olingan  asoslarni  kontsentratsiyalash  va  guruhlash  ishlarida  bufer 

eritmalardan va eritmalarning elyuatrop qatoridan foydalanildi; 

-azotli  asoslar  va  ular  bilan  birga  uchraydigan  ba’zi  aromatik 

uglevodorodlarning  alyuminiy  oksidda  yupqa  qatlam  hromatografiyasi  tadqiq 

etilib, har bir  modda uchun ushlanish vaqtida  aniqlandi.  Model  azotli  asoslarning 

ushlanish vaqtiga asoslangan holda, neftdan ajratib olingan azotli kontsentratlarni 

tadqiq etish belgilandi; 

-zaharlangan  Al-Co-Mo  katalizatoriga  titan  (III)-oksidi  qo’shish  natijasida 

qayta  tayyorlangan  katalizator  azotli  asoslarning  tuzilishini  aniqlashda  qo’llash 

mumkinligi asoslab berildi.  



 

Ishning amaliy ahamiyati. 



Model 

azotli 


asoslarning 

yupqa 


qatlam 

xromatografiyasi 

va 

mikrogidrogenoliz  usullari  yuzasidan  berilgan  tavsiyalardan  neftdan  ajratib 



olingan asoslarning sifat va miqdor analizini o’tkazish hamda tarkibini, tuzilishini 

aniqlashda foydalanish mumkin. 

Referatda  keltirilgan  ilmiy  natijalar  neft  azotli  asoslarni  tadqiq  etishda 

tuzilishini aniqlashda foydalanilishi mumkin. Ajratib olingan azotli asoslarni keng 

ko’lamda o’rganishni davom ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 

 

  



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish