Tabrik nutqi – speech of welcome - to‘ylarda, tantanalarda, yubileylarda, tug‘ilgan kunlarda so‘zlanadigan nutq.
Bayon –account, statement - berilgan matn mazmunini o‘z so‘zlari bilan qayta yozishdir. Bayonda berilgan matn asosida yangi matn yaratiladi.
Otziv (fikr) -thought - saylanma bayonning yana bir turi otzivdir. U badiiy, ilmiy, metodik va boshqa asarlarga berilgan bahodir. Otziv, odatda, asarning yaxshi tomonlarini ko‘rsatishga qaratilgan, unga «Oq yo‘l» tilagan tarzda yoziladi.
Taqriz (retsenziya) - retsenziyada asar tanqidiy tahlil etiladi, shu nuqtai nazardan baholanadi. Acapning yutuqlari ham, nuqsonlari ham ko‘rsatiladi. Taqrizchi o‘zining da’volarini turli dalillar asosida isbotlay boradi, asarga ilmiy izohlar beradi.
Sharh (obzor) -commentary - ilmiy va boshqa asarlarga sharh berish, ya’ni uning umumiy xususiyatlarini qisqacha bayon qilib berish.
Tavsifnoma -character - kishilarning ijtimoiy faoliyati jamiyatda tutgan o‘rni haqidagi muhokama tarzida aytilgan yoki yozilgan bayon.
Do'stlaringiz bilan baham: |