Infodizayn, bu - axborotni jihozlashning oddiy usullaridir. Uning asosiy elementi axborot va fon, qora va oq munosabatidir. Fon muhimlikda axborotdan qolishmaydi. Matnga yetarlicha fon bersangiz, unga jon kiradi, mukammallik shaklini oladi.
Informativlik (informativnost) axborot jamiyatida savodli yozma nutqning eng asosiy o‘lchovi hisoblanadi. Shartli aytganda, bu axborot beruvchi signallar miqdorining axborotga nisbatidir.
Informativ bo‘lmagan matnda fikrlar tarqoq, qaytariqlar, o‘xshashliklar, chalkash o‘rinlar ko‘p bo‘lib, oz xabar yetkazadi.
Ushbu jumlaga e’tibor bering:
“Sigaret chekadigan odam o‘zini tegishli gugurt bilan ta’minlab yurishi kerak”.
Buni yozish mumkin: “Chekadigan odam gugurt olib yurishi kerak” (A.Qahhor). Yoki: “Chekadigan odamning gugurti bo‘lishi kerak”
Ruscha matnlarda ham bunday kamchiliklar uchraydi:
V svyazi s nevozmojnostyu proizvesti oboznachennыe rabotы v ukazannыy srok, proshu rassmotret vozmojnost pereneseniya sroka sdachi rabot i korreksii vozmojnogo grafika ispolneniya rabot s uchyotom nevozmojnosti svoevremenno zavershit ix vыpolnenie. Takje vozmojno izmenenie sostava rabot v stronu sokraщeniya ob’yoma ili detalizatsii, chto pozvolilo bы sdat rabotu v srok, no vidoizmenyonnom kachestve, pri soxranenii bazovыx xarakteristik rabotы
Informativ matn toza, lo‘nda va tushunarli bo‘ladi, shuning uchun yuqoridagi matnni quyidagicha tahrir etish tavsiya qilinadi:
K sojaleniyu, mы ne uspevaem sdat rabotu v srok. Mojem li mы perenesti yego ili sokratit ob’yom rabot?
Demak, nutq madaniyati jamiyat madaniy-ma’rifiy taraqqiyotining, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Haqiqiy ma’nodagi madaniy nutq shaxs umummadaniy saviyasining favqulotda muhim unsurlaridan biridir. Shuning uchun ham mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati ko‘nikmalari va malakalarini oshirish, ta’lim jarayonlarining barcha bosqichlarida madaniy nutq muammolarini yetarli darajada nazarda tutish dolzarblik kasb etganligi bejiz emas.
Adabiyotlar:
R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, Yo.Tojiev. Nutq madaniyati va uslubiyat asoslari. -T., O‘qituvchi, 1992.
Yo.Tojiev, M.Mallaboev. O‘zbek nutqi madaniyati va uslubiyat asoslari. -T., Iqtisodiyot, 2006.
Sh.Rahmatullaev. O‘zbek tilining yangi alifbosi va imlosi. –T.: Universitet, 2002. –B. 53.
Mahmudov N. O‘qituvchining nutq madaniyati. -T, A.Navoiy nomli Milliy kutubxona, 2007.
Saidov U. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati. –T.: Akaemiya, 2007.–B. 224.
3-Mavzu Nutq madaniyati va notiqlik tushunchasi. Nutq shakllari va turlari
Reja:
Do'stlaringiz bilan baham: |