Yozma nutq madaniyati, bu – matnlarni tuza bilish mahorati bo‘lib, bunday matnlar yengil o‘zlashtiriladi, ularga qarab qaror qabul qilish oson bo‘ladi, ularni qayta ishlash va qayta tuzish yengil kechadi.
O‘qish madaniyati – bu matnning tub mohiyatini, mag‘zini ajratib olish, idrok qilish, undan asosiy va tayanch dalillarni topa bilish, xulosa chiqarish, matn bo‘yicha qaror qilish mahoratidir.
Informativlikni oshirish, bu -matnni keraksiz so‘zlardan tozalash. Avval biz matndagi ortiqcha tuyulgan so‘zlarni olib tashlaymiz, keyin matn ma’nosiga chuqur kirib borib, uni qisqa va aniqlik, lo‘ndalik holiga keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |